Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

Guzar masjidlari va shahar tashqarisidagi qabriston– nekropollar rejasi. 
Qabristonlar turar joy xonalari - ibodat qiluvchilar va xizmat ko„rsatuvchi kishilar 
uchun xujralar bilan o„ralgan ko„plab guzar (kvartal) masjid-maqbaralari o„sha, 
yuqorida ta‟riflangan planirovka usullari bo„yicha qurilgan. Bir qancha misollar 
keltiramiz. Samarqanddagi Qo„rg„oncha guzar masjidi hovuz va sufali uncha 
katta bo„lmagan hovlining janubi-g„arbiy burchagida joylashgan. Hovli, oldidagi
o„ralgan hovlichalar bilan almashingan hujralar bilan to„silgan. Bu yerda bu 
turdagi inshootlarning ko„plariga xos bo„lgan tarhning aniqligi yo„q, ammo 
shakllar tasodifiy tuyulsada, butun majmua qurilishining umumiy qoidasini 
osongina payqash mumkin. 
Samarqanddagi “Qizil Sharq” mahallasining guzar masjidi tarhi ancha oddiy. 
Burchakka surilgan kirish qismi, kirish qismi o„qiga 90o burchak ostida burilgan 
masjidning asosiy o„qi - bularning hammasi majmua fazoviy qurilishining sevimli 
usullarini ko„rsatadi. Buxorodagi Xo„ja Zayniddin masjidi hovli o„rtasini egallagan 
holda unga alohida joziba beruvchi katta hovuz bilan ajralib turadi. 
Norinjon-bobo maqbarasi (qadimgi Xorazm) yonidagi binolar guruhida turar 
joy xonalari va xo„jalik xonalari yopiq bo„g„im-bo„g„imli yo„lak bo„ylab 
joylashtirilgan. Uning to„g„ri burchak ostidagi burilishi “avliyo” qabri va uning 


155 
oldidagi kichik masjidli maqbaraga olib boradi. Majmuaning kompozitsion 
markazi, inshootlar o„rtasiga kirib borish bilan, asta-sekin ochilib boradi.
An‟anaga aylangan xuddi shu kompozitsion qoidalar bo„yicha XVI-XVIII 
asrlar Buxoro va Samarqanddagi shahar va shahar tashqarisi madrasa-masjidlari 
bunyod etilgan. Masalan, Eshon-Imlo, Xalif-Xudoydod, Xo„ja Abdi-Darun, Xo„ja 
Doniyor va boshqalar. Eshon-Imlo masjidi uch tomonidan hujralar qurilgan kichik 
hovlining anchagina qismini egallaydi. Ichki hovliga boshi va oxirida kichik 
murabba shaklidagi gumbazli xonalar bo„lgan ochiq yo„lak orqali kiriladi. Kirish 
yo„lagi boshidanoq masjid ko„ndalang o„qiga qarama-qarshi qo„yilgan hovlining 
bo„ylama o„qini ajratib ko„rsatadi. 
Xalif-Xudoydod masjidi hujralar bilan o„ralgan hovlining janubi-g„arbiy 
burchagida. Tarh qurilishi xuddi Eshon-Imlodagi kabi, faqat hovli ancha keng va 
kichik qabristonga to„ppa-to„g„ri boradigan yo„lga ega. Ichki hovlida masjiddan 
shimolga tomon tarhda aylana va usti gumbaz bilan yopilgan sardoba-suv ombori 
o„rnatilgan. 
Xo„ja Abdi-Darun masjid maqbarasi Samarqandda joylashgan. Uzun tor 
yo„lak-o„tish joyi ichki hovlini transport yuradigan ko„chadan ajratib turadi. Tashqi 
dunyodan bunday ajratish-izolatsiya, O„rta Osiyo me‟morlari tomonidan turli 
variantlarda ko„p qo„llaniladigan ongli usullardan biridir. O„ymakor yog„och 
ustunlarga ega masjid, maqbara, kichik hujralar, hovuz atrofidagi necha asrlik 
daraxtlar sirlilik va osoyishtalik hissini beradi. 
Tabiat bilan yaqin bog„lanish, rel‟yef va tabiiy o„sib chiqqan o„simliklardan 
foydalanish alohida binolari me‟moriy fazilatlari bilan unchalik ko„zga 
tashlanmaydigan Xo„ja Doniyor masjid-maqbarasi uchun ham xarakterli. Butun 
guruh ikki kichik maydonchada joylashgan: yuqorida asosiy inshootlar-kirish 
pavilyoni, masjid, qiyalikda qazib o„rnatilgan maqbara va hujralar joylashgan; 
pastki maydonchada, Siyob qirg„og„i yonida yordamchi qurilmalar: choyxona va 
chashma oldidagi maydoncha-pavilyon mavjud. Rel‟yef xarakteridan kelib chiqqan 
binolar o„zaro joylashuvidagi ba‟zi tasodifiy holatlar ham har holda planirovkaning 
an‟anaviy usullarini berkita olmaydi. 


156 
O„rta Osiyo shaharlarining yaqin atroflarida ibodat va dafn inshootlari, turar 
joy xonalari-diniy kishilar, xizmat ko„rsatuvchi xodimlar yashaydigan va 
ziyoratchilar yashab turishi uchun hujralar va honaqohlardan iborat katta 
majmualarni o„z ichiga oluvchi ulkan nekropollar paydo bo„lgan. Bu inshootlarga 
odatda qabristonlar tutash bo„lgan. 
O„z masshtablari, alohida qurilmalar kattaligi va binolarning o„zaro 
joylashuvi bo„yicha bu nekropollar XV-XVII asrlarda ular uchun yagona, umumiy 
kompozitsion usullarda shakllangan bir butun guruhlarni tashkil qilgan. Shahar 
bilan aloqasiz, paydo bo„lgan aholi yashash joylarining qiyinchilik tug„diradigan 
sharoitlari ta‟sirisiz yuzaga kelgan va rivojlangan bu majmualarda katta izchillik 
va aniqlik bilan O„rta Osiyo me‟morlarining badiiy va kompozitsion usullarini 
kuzatish mumkin. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling