Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
Ikki-uch jamoat-ibodat va savdo binolarini guruhlashning rejaviy usuli. Ikki-
uch mustaqil binoni bir guruhga-majmuaga birlashtirishning me‟moriy- kompozitsion usullari O„rta Osiyo me‟morlari tomonidan bir necha variantlarda, o„zaro joylashish belgilari bo„yicha qo„llanilgan. Ulardan asosiylari: 1) ikki-uch bino bevosita bir-biriga tutashadi va ikki o„zaro perpendikular o„qlar bo„yicha qo„yilgan; 2) ikki-uch bino bevosita bir-biriga tutashadi va ularning o„qlari parallel; 3) ikki mustaqil binolar bir o„q bo„yicha qo„yilgan yoki uch mustaqil bino ikki o„zaro perpendikular o„qlarga qo„yilgan. Bu variantlardan har biri o„z badiiy 152 ta‟sirini nazarda tutgan, shuningdek boshqa xususiyatlarga ega, ammo ularning hammasi me‟moriy ifodaviylikning umumiy prinsipidan kelib chiqadi, ularning hammasi alohida binoning yetakchi ahamiyatiga mo„ljallangan. Ko„plab tor egri-bugri ko„chali shahar katta ibodat yoki jamoat binosi uchun ozroqqina joy qoldira oladi. Turar joylarning tartibsiz ayqash-uyqashligi chegaralangan ko„rish nuqtalaridan faqat uning oldi qisminigina ochiq qoldirgan xolos. Ajratib qo„yish prinsipi, yalpi qurilishlarning tartibsiz muhitiga qarama- qarshi qo„yilgan mahobatli binoning aniq va oddiy shakllarini ochiq ko„rsatish prinsipi mana shundan. Jamoat-diniy binolar o„z shakllari va shahar rejasidagi holati bilan hukmdor va oddiy odam orasidagi ijtimoiy masofa hissini tarbiyalash va tasdiqlashga da‟vat qilardi. Mahobatli jamoat va ibodat binosi o„z qiyofasi va asosiy bo„linishlari bo„yicha mustaqil berk hajm sifatida talqin qilinadi. U xotirjam mushohada uchun mo„ljallangan. Uning o„qi, odatdagidek, tutash ko„cha bo„ylab harakat o„qiga mos tushmagan. Ochiq maydonlar va to„g„ri o„qli ko„rinishlar ba‟zida hatto binoni idrok qilish sharoitlarini yomonlashtirgan, chunki uzoq masofadan frontal qaraladigan uning tarzi o„z ifodaviylik kuchini yo„qotgan. Oliy diniy maktab-madrasani jome masjidi bilan birlashtiruvchi Samarqand Registonidagi Tillakorini birinchi variantga tegishli deyish mumkin. Hujralar katta hovlining faqat uch tomonini egallaydi. To„rtinchi- g„arbiy tomon bo„ylab markaziy gumbazli xona va unga o„ngdan va chapdan tutashuvchi hovli tomonga ochiq qaratilgan baquvvat ustunlarga ega galereyalardan iborat masjid joylashgan. Madrasada ham, masjidda ham alohida qaraganda tarh va asosiy hajmlarning qat‟iy simmetrikligi saqlangan. Bosh bino (masjid) o„qi asosiy kirish (madrasa) o„qiga perpendikular. Shuning uchun bosh bino darhol namoyon bo„lmaydi. Xuddi o„sha prinsiplarga asoslangan bo„lsada, Buxorodagi Xiyobon madrasasi bir qancha o„zgacharoq kompozitsiyani namoyon qiladi. Bu- hujralarning ikki qavatli qatori va ikki cheti minorali baquvvat kirish peshtoqiga ega yirik bino. Asosiy kirish joyiga qarama-qarshi g„arbiy tomondan madrasaga masjid binosi tutashgan. Madrasa hovlisi bilan bir o„qda joylashgan masjid binosi 153 unga yon tomoni bilan qaratilgan. Ko„chadan bevosita masjidga kirish shimol tomondan. Shunday qilib, bu yerda bir qancha o„zgacha variantda Tillakori madrasa-masjidining kompozitsiyasi takrorlangan. Xivadagi Olloqulixon qurdirgan karvonsaroy va usti yopiq bozor-tim tarh sxemasini Xiyobon madrasa-masjidi tarhi bilan taqqoslab, bino ikki qismi (karvonsaroy va tim)ning rejaviy tuzilishida to„liq o„xshashligini ko„ramiz. Ikki binoni o„zaro perpendikular o„qlar bilan birlashtirishning kompozitsion usulini kichik guruhlarda ham kuzatish mumkin. Hamma joyda - Xorazmda ham (Said Olovuddin maqbara honaqohi), Marv vohasida ham (Muhammad Hanafiy masjid-madrasasi), qadimgi Termizda ham (Zul-Kifl masjid-maqbarasi) Samarqandda ham (Shohi Zinda guruhidan Qozizoda Rumiy va Tuman oqo), uzoq Sayramda ham (Abdulaziz bobo maqbaralari guruhi) - majmua sistemasida asosiy binoga katta ahamiyat beruvchi ikki binoni guruhlashning bu birinchi varianti tarqalgan edi. Ikki binoni kompozitsion guruhlashning ikkinchi varianti ilgarigisidan kam qo„llanilmagan. Uni Polvon darvoza oldidagi madrasa va usti yopiq bozordan iborat Xiva guruhida yoki Buxoro yaqinidagi Chor Bakr majmuasi asosiy binolarida kuzatish mumkin. Majmuani tashkil qiluvchi binolarning me‟moriy ifodaviyligi o„sib boruvchi masshtab qatorlarida, xujralar xonalari oldidagi kichik o„lchamli ravoqlardan ulkan peshtoqqachadir. Mahobatlilik taassurotiga o„sha motivlar, o„sha kattaliklarning oddiy takrorlanishi orqali erishiladi. Ba‟zida bu, taxminiy qo„yilgan, faqat umumiy qiyofasi va bir xil uslubiy belgilari bilan birlashgan (masalan, O„zgan, Koson, Norinjondagi maqbaralar guruhlari, Samarqanddagi Abdi-Darun yoki Xivadagi Paxlavon Maxmud) alohida binolarning birikuvidir. Ba‟zida bu markaziy binoni ajratgan holdagi (masalan, Sulton Saodat majmuasidagi binolar guruhi) hajmlarning bir-biriga mos birikuvi. Uchinchi variant majmuaviy binolarni tashkil qiluvchi mustaqil binolarning juft joylashuvini (qo„sh madrasa sistemasi) namoyon qiladi. Masalan, Buxorodagi Ulug„bek-Abdulazizxon, Abdullaxon-Modarixon, Kalon-Mir Arab madrasalari kabi. Bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ikki binoning peshtoqi ular oldidan 154 o„tgan ko„cha maydonini kompozitsion tashkil qiladi, ba‟zida uni hatto kichik shahar maydoniga aylantiradi. Bu maydonning anchagina oddiy fazoviy tuzilishidir. Qachonki maydon ikki o„zaro perpendikular o„qlarga joylashtirilgan uchta mustaqil binolar bilan tashkil etilgan bo„lsa, shundagina u anchagina mustaqil va tugal ko„rinadi. Uning maydoni yonidan o„tgan ko„chadan ajralib turadi va teran rivojga ega bo„ladi, masalan, Samarqanddagi Registon va Buxorodagi Labihovuz majmualari singari. Uch binoning har birining simmetriya o„qi peshtoq bilan ajratilgan va chegaralari burchak minoralar-guldastalar bilan qat‟iy belgilangan. Tashqi tarzlarning nayzasimon ravoqlari ritmik qatori markaziy katta ravoq-peshtoqqa butunlay bo„ysundirilgan. Majmuaga kirgan binolarning har biri tugallangan hajmni tashkil etadi. Inshootlar uslubiy shakllarining bir xilligi butun guruhga kompozitsion birlik va yaxlitlik beradi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling