Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
Chorbakr katta ko‘lamli nekropol-qabristoni. XVI-XVII asrlarda Buxoro
yaqinida bunyod etilgan. Uning asosini o„zaro xujralarga ega peshtoq bilan birlashuvchi masjid va Abdullaxon xonaqohi tashkil etadi. Ikki mustaqil hajmni peshtoq bilan birlashtirishning bosh tarzni namoyon qilishga mo„ljallangan bu 159 qoidasi XVI-XVII asrlarda ancha keng tarqalgan. Sulton Saodat majmuasi shu asosda qurilgan; u Chorbakr bosh binolari kompozitsiyasining asosida yotadi. Chorbakr majmuasi ikki qismdan - xujralar bilan o„ralgan masjid va xonaqoh, mahobatli binolar oldidagi katta hovli hamda ochiq yo„lak bilan birlashgan maqbaralar guruhidan iborat. Masjid-xonaqoh va qarshisidagi xujralar kichik minora bilan ajralib turuvchi umumiy o„q bilan birlashgan. Shunisi xarakterliki, hovliga kirish qismi markazdan bir tomonga surilgan; u atayin bosh binolarga nisbatan tasodifiy joylashgan va ko„zga tashlanmaydi. Umumiy kompozitsiyada unga juda oddiy joy ajratilgan. Kompleksning ichki hovlisi shu bilan tashqi dunyodan aniq ajralib turadi. Bu O„rta Osiyo me‟morlari tomonidan doimiy takrorlanadigan ongli, puxta o„ylangan usullardandir. Bu usul Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasida birmuncha boshqa xarakterda qo„llangan. Qabristonning ko„p sonli qabrlari orasidagi o„tish yo„li ikki masjid, ayvonlar, maqbara va kichik hovuzli ichki hovliga olib keladi. Bu yerda xuddi o„sha usul tashqi dunyodan ko„proq ajralgan ko„rinishda takrorlanadi, chunki ichki hovliga kirish yaqqol ko„zga tashlanmaydi. Ichki hovli oldida majmuaning bosh binosi – bir qancha chetroqda joylashgan Abdulazizxon xonaqoh-masjidi joylashgan. Uning o„qi bosh kirish qismiga perpendikular. Taxminan kirish qismi va bino kesishuviga qo„yilgan oddiy minora qo„shimcha belgi bo„lib xizmat qiladi. Kattaligi, xarakteri va alohida binolarni guruhlash sistemasi bo„yicha turlicha bo„lgan yuqorida ko„rib chiqilgan majmualar qurilishi asosiy kompozitsion usullarda o„xshash va tugal me‟moriy-rejaviy yaxlitligini tashkil qiladi. Markaziy shahar ko‘chalarning qurilishi. O„rta Osiyo shaharlarida savdo ko„chalarining joylanishiga katta e‟tibor berilgan. Bizning kunlargacha Amir Temur davrida Sharqning asosiy savdo markaziga aylantirilishi mo„ljallangan Samarqanddagi obodonlashtirish bo„yicha olib borilgan yirik ishlar haqidagi zamondoshlarning guvohliklari yetib kelgan. Savdo yo„llarining xuddi shunday rivojini Buxoro rejasida ham kuzatish mumkin. Bu yerda Shayboniylar davrida Labihovuz va Ark oralig„idagi savdo 160 ko„chasining qurilishi bo„yicha katta ishlar amalga oshirilgan. Chorrahalardagi va ko„chalar burilishidagi gumbazli binolar qurilishi shu vaqtga tegishlidir. Buxoro XVI-XVII asrlarda yuzaga kelgan savdo ko„chasi me‟moriy kompozitsiyasining ajoyib namunasini beradi. U chiziqli bo„lib, kuchayuvchi maydon asosida qurilgan. Uning alohida joylari gumbazli maxsus inshootlar bilan ajratib ko„rsatilgan chorrahalar bilan mustahkamlangan. Gumbazlar ko„chani odatda savdo xususiyati bo„yicha ixtisoslashtirilgan alohida mustaqil bo„laklarga ajratuvchi asosiy belgi hisoblangan. Har bir bo„lak tugal yaxlitlikni tashkil qilgan va alohida ko„rib chiqilishi mumkin bo„lgan. Ko„cha ustini yopuvchi tom, savdo ko„chasining ichki fazosini tashkil qiluvchi hamma elementlarning birikuviga go„yoki yordam bergan. Ko„z-ko„z qilib qo„yilgan mahsulotlar bilan rang-barang bezatilgan, sotuvchilar va xaridorlar olomoni, hunarmandlar va savdogarlarning shovqini bilan jonlangan soya-salqin asosiy savdo ko„chasi, chinakamiga shaharning hayotiy tomiri, uning kompozitsion-planirovka asosi, shahar hayotining asosiy markazi bo„lgan. Aholi ochiq, quyoshning kuydiruvchi nurlari bilan to„lgan maydonlardan, tig„iz va chang turar joy ko„chalari, qing„ir-qiyshiq, uzun cho„zilgan devorlar bilan o„ralgan tor ko„chalardan bu yerga intilgan. Bu yerda faol hayot qaynagan va oxirgi yangiliklar muhokama qilingan; bu yerda ma‟lumotlar va kerakli xabarlarni olganlar, savdo kelishuvlarini tuzganlar, nihoyat, bo„sh vaqtlarini o„tkazganlar. XIX asrning birinchi yarmida Xivada katta qurilish ishlari olib boriladi. Uning markaziy ko„chasi qurilishi eski an‟analarni saqlagan va Amir Temur davridan keyingi poytaxt shaharning asosiy ko„cha majmuasi namunasi bo„lib xizmat qilishi mumkin. Ko„chada jamoat, ibodat, saroy va savdo binolari bor. Ularning uzunligi 400 metr atrofida bo„lgan. Butun uzunligi bo„ylab binolarning uch guruhi joylashgan - ikkitasi kirish darvozalari (g„arbiy va sharqiy) oldida va uchinchisi asosiy ko„chalar chorrahasi yonida. Birinchi - g„arbiy guruhni bevosita qo„rg„on darvozalariga tutashuvchi Ota darvoza va Ko„hna ark sitadeli tashkil qiladi. Ko„chaning bu yog„ida O„rta 161 Osiyoning eng baland minorasi sifatida o„ylangan, qurilishi chala qolgan minorali ulkan Muhammad Aminxon madrasasi joylashgan. Qarama-qarshi joylashgan sharqiy darvozalar (Xazorasp yoki Polvon- darvoza) usti yopiq bozorni tashkil qilgan. Darvozalar oldida o„z vaqtida Xiva xonligi bo„yicha muhim e‟lonlar o„qilgan. O„sha yerning o„zida, bevosita darvozalar oldiga, qo„rg„on devorlari tashqarisida inshootlarning butun bir guruhi– Olloqulixon davrida qurilgan karvonsaroy, usti yopiq bozor-tim va madrasa tutashadi. 1830-1832 yillarda Toshhovli saroyi qurilgan. Agar shu yerga ancha ilgari, 1657 yilda qurilgan, asosiy ko„chaning janubiy tomonida joylashgan hammom va Oq masjidni qo„shsak, ikkinchi guruhning asosiy inshootlariga ega bo„lamiz. Shimoliy darvozadan janubiysiga olib boruvchi ko„ndalang ko„cha tomondan asosiy kirish joyi belgilangan Toshhovli saroyi ikkinchi va uchinchi guruh binolarining birlashtiruvchi qismi hisoblanadi. Bosh ko„chalar chorrahasida uchinchi markaziy guruhning asosiy inshooti- Juma masjid joylashgan. XVIII asr oxirida ancha kengaytirilgan va tubdan qayta qurilgan zamonaviy masjid qadimgi jome masjidi o„rnidadir. Qarshisida, bosh ko„chaning boshqa tomonida XVII asr boshida qurilgan va bizning kunlargacha saqlanmagan Arab Muhammadxon madrasa va masjidi joylashgan (poytaxtni Ko„hna Urganchdan Xivaga ko„chirgan). Xiva markaziy majmuasi binolarining alohida guruhlari ajralgan holda turibdi. Ko„chaga inshootlarning ora-sira kirish joylarining peshtoqlari bilan jonlangan oddiy tekis devorlari chiqqan. Majmua taassuroti qoplama g„isht va koshinlar bilan boy bezatilgan ornamentli nayzasimon ravotaklar bilan o„ralgan keng ochiq hovlilarga ega ichki fazolarning kengayib borishi natijasida paydo bo„lgan. Xiva bosh ko„chasi majmuasiga alohida turgan minoralar katta rang-baranglik olib kiradi. Mahobatli binolarning umumiy o„rtacha sathi ustida baland ko„tarilgan ularning vertikallari ko„cha bo„ylab joylashgan uch kompozitsion guruhdan har birini ta‟kidlab, bosh ko„cha qiyofasiga o„ziga xoslik bag„ishlaydi. Xiva me‟morlari o„z oldilariga bu turdagi mavjud qurilishlardan balandlik bo„yicha o„zib ketish vazifasini qo„yib (masalan, Kalta Minorning 162 tugallanmagan qurilishi) alohida turuvchi minora g„oyasini kuchaytiradilar. Yuqorida biz O„rta Osiyo asosiy shaharlarining yuqori sifatli me‟moriy inshootlar bilan to„lgan anchagina muhim ko„chalarini ko„rib chiqdik. Odatda, O„rta Osiyo shaharlaridagi savdo ko„chasi shahar darvozalari oldidan boshlangan, chorrahani belgilab turuvchi gumbazli savdo inshooti oldida yakunlangan. Savdo gumbazlarining har bir jufti orasidagi ko„chaning har bir bo„lagi tugal planirovka yaxlitligini tashkil qilgan. O„rta asr shaharlarida shahar darvozalarini mustahkamlashning ko„pincha bir sistemasi ishlatilgan: ikki minoraning kirish qismi ikki yonida joylashishi. Buxoro darvozalarining saqlanib qolganlaridan eng qadimiylari - Shayx Jalol (XVI asr) va Xiva qo„rg„on devorining qo„shqavatli darvozasidir. Ular devorga nisbatan birmuncha tashqariga chiqqan. Nayzasimon kirish ravog„i ikki yonida tepasi kungurador ikkita yarim burjlar turtib chiqqan. Ichki tomonda qorovul xonasi bo„lgan. Boshqa hollarda darvozalar o„z mudofaa ahamiyatini yo„qotgan va savdo xonalari bilan birlashgan. Masalan, Xiva ichki shahrining sharqiy darvozasi Polvon darvoza olti gumbaz bilan yopilgan markaziy o„tish yo„li va savdo xonalariga ega yaxlit savdo rastasini tashkil qiladi. Darvozalar chetidagi minoralar o„tish yo„li tepasidagi ravotak qatori va ornamentli tasmalar kabi dekorativ xususiyatga ega. Polvon darvoza - qo„rg„on inshootlarining amaliy ehtiyojlardan kelib chiqqan baquvvat, oddiy va og„ir shakllardan ularning dekorativ izohigacha tarixiy rivojlanishi yo„lining yakuniy bosqichidir. Bozor gumbazi-chorrahasining ancha oddiy turini qadimgi Termizning bino vayronalaridan faraz qilish mumkin. Tarhda - orasida to„rtta gumbazli xona bo„lgan to„g„ri burchak ostida joylashgan ikki o„tish yo„liga ega. Bino vayron bo„lgan, uni Termiz shahar ko„chalari rejasiga kiritishni tasavvur qilish mumkin emas, chunki bu joyning rejasini tiklab bo„lmaydi. Bu inshootni savdo xonalariga ega chorraha sifatida belgilash faqat shartli bo„lishi mumkin. Samarqanddagi Chorsu gumbazi tarhda anchagina murakkab (XVIII asr oxiri). U o„zining yo„lak-o„tish yo„llari bilan olti tomonga ochilgan va ichkariga qanday bo„lsa, tashqariga ham xuddi shunday qaratilgan 163 savdo xonalariga ega. Hamma yo„nalishlarning kesishish joyi ancha baland gumbaz bilan yopilgan va qiyofasi bo„yicha ajralib turadi. Keltirilgan misollarda ko„chalar chorrahasidagi gumbazli savdo xonalarining shunday turini ko„ramizki, unda ochiq o„tish yo„llari-yo„laklar asosiy qism hisoblanadi. Buxoro gumbazlari - Sarrafon, Telpakfurushon, Zargaron boshqa turni namoyon qiladi. Ularda markaziy usti yopiq xona asosiy hisoblanadi, uning atrofida mayda xonalar guruhlashgan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling