Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
Xorazm turi. Shahar qo„rg„oni rejasining asosini oldida katta ayvoni (o„ng-
ayvon) bo„lgan va kichik ayvonli (ters-ayvon) qarama-qarshi joylashgan xona tashkil qiladi. Keng tarqalgan qo„rg„onlarda hovlining qolgan tomonlari bo„ylab ikkinchi darajali, turar joy va xo„jalik xonalari joylashadi. Ayollar hovlisi doim ham erkaklarnikidan ajratilavermaydi. Shahar tashqarisidagi qo„rg„onlar shahardagilardan xo„jalik hovlilari va yordamchi xonalarning katta o„lchami bilan farq qiladi. Ayvon ba‟zida usti yopiq hovli bilan almashinadi. Turar joy xonalari ancha oddiy va sodda. Xorazmning shahar tashqarisi turar joyi XI-XII asrlardayoq shakllangan usullarni takrorlaydi; u o„z atrofida joylashgan turar joy va xo„jalik xonalarini birlashtiruvchi markaziy yo„laksimon xonaga ega. Hamma xonalarni va ochiq hovli-ayvonni birlashtiruvchi markaziy yo„lak-dahliz, tarh kompozitsiyasining asosi hisoblanadi. Har bir uyda zarur bo„lgan bu xonalar atrofida turar joy xonalari, molxona yoki otxona, omborxona va oshxona joylashadi. Yo„lak va hovli, odatdagidek, tomga ega. Hovli ba‟zida tepadan, yorug„lik fonari orqali yoritiladi, ba‟zida u yorug„lik tushishi uchun qoldirilgan teshikli tom bilan qisman yopilgan. Odatda, hovli-ayvon devorlari qolgan qurilmalar tomidan balandroq bo„lgan. Xo„jalik xarakteriga bog„liq holda xonalarning tarkibi turlicha. Ba‟zi hollarda turar joy xonalariga, boshqa hollarda esa xo„jalik omborlari, molxonalarga ko„proq joy ajratilgan. Ba‟zida uy tarkibiga ustaxona-ishxona ham kiritilgan. O„lchamlari va vazifasi bo„yicha turlicha bo„lgan xonalarning ko„pligi tarhning ilgarigidek simmetrik tuzilishini qiyinlashtiradi. Xonalar qulaylik va hayotiy ehtiyojlarga bog„liq holda erkin joylashtirilgan. Xorazm shaharlarining turar joylari qishloq qo„rg„onlaridan birmuncha farqli. Eng avvalo, ayniqsa, markaziy rayonlarda shahar binolarining zichligidan kelib chiquvchi uylar shakllari turlicha. Bu yerda ilgari qurilgan va ancha oldin o„zlashtirilgan joylar orasidagi ko„chalar labirintida maydonlarni loyihalashga to„g„ri keladi. Uy tarhida markaziy hovli va ayvon katta ahamiyat kasb etadi. 141 Tarhlarning umumiy kompozitsiyasi qishloq turar joy-qo„rg„onlarida ko„pincha kuzatiladigan, xonalarning o„zaro funksional birlashuvidan mahrum. Hovli-ayvon ikki qismga bo„lingan - katta (o„ng-ayvon) va kichik (ters- ayvon). Bu ikki ayvonlarning tomlari orasida osmon ko„rinib turadigan faqat kichik tirqish qoldirilgan. Hatto ikki ayvonlar sistemasi buzilgan holda va qaysidir mulohazalarga ko„ra (asosan kichik uylarda) faqat katta ayvon qoldirilgan bo„lsa, uning tomi hovlining anchagina qismini egallaydi va ochiq qism odatda hovli maydoniga qaragandi kichikroq bo„lgan. Tarh kompozitsiyasida hamma asosiy xonalar chiqadigan markaziy xona- vestibul prinsipi aniq saqlangan. Xorazm hovli-ayvonlarining O„rta Osiyoning boshqa rayonlaridagi ochiq turar joy hovlilaridan asosiy farqi shunda. Hovli bu yerda ayvon bilan tutashadi, unga qo„shimcha hisoblanadi. Ayvon odatda balandligi bo„yicha atrofdagi xonalardan ko„tarilib, ular ustidan balandroq turgan. Bu yerda qishloq turar joylari uchun shunchalik xarakterli bo„lgan yo„lak-dahliz ko„pincha bo„lmagan yoki pastroq bo„lgan, odatda faqat kirish xonasi-darvoza bilan cheklangan. Faqat maydonning alohida sharoitlari, masalan uning cho„ziqligi yo„lakni kengaytirishga majbur qilgan. Shahar uylarida turar joy va xo„jalik xonalarining tarqatilishi qishloq uylariga nisbatan ancha aniq sistema va tartiblilikka ega. Kirish oldida odatda keluvchilar va mehmonlarni qabul qilish uchun xona-mehmonxona ajratilgan. Turar joy xonalari asosiy (saroy) va yon (yonboshi -uy) xonalarga ajralgan. Asosiy xonalar katta ayvon o„qi bo„yicha joylashgan; yon xonalarga ikki aralash xonalar o„qi bo„yicha joylashgan kichik dahliz orqali kirish mumkin. Qolaversa, bu tartib ko„pincha keskin o„zgaruvchi shaklga ega tor shahar maydonini tashkil qiluvchi imkoniyatlarga bog„liq holda ko„pincha o„zgargan, ammo hayotiy ehtiyojlardan kelib chiqqan asosiy usullar saqlangan. Masalan, katta ayvon doim shimolga qaratilgan. Ayvon va tarhning asosiy tugunini tashkil qiluvchi asosiy turar joy xonasining o„zaro joylashuvi o„zgarmas bo„lgan. Katta va kichik ayvonlar nisbatan kichik maydonni, hovlining bir qismini ochiq qoldirib, hovli maydonining kattagina qismini doimo yopgan. 142 Boylarning yirik uylarida va saroylarda aslzodalar yangi kompozitsion usullarni kiritganlar. Erkaklar va ayollar bo„limiga bo„linish paydo bo„lgan. Xonalar va xo„jalik xonalari ayvon bilan birlashmagan. Keng ochiq ichki hovli paydo bo„lgan, unda ayvon hovli chegarasi bo„ylab yopiq xonalar qatorida turgan. Masalan, yirik Xiva uylaridan birida mehmonxona va erkaklar bo„limi (tashqari) ikkinchi qavatda joylashgan, u yerga kirish xonasidagi (dahliz) ichki zinapoya orqali bo„lgan. Otxona va don maydalanadigan xona kirish qismiga bevosita yaqin joyga joylashtirilgan. Ayollar bo„limi (ichkari) turar joy xonalari va ayvonlar bilan o„ralgan katta ochiq hovlini tashkil qilgan. Asosiy yashash xonalari kichik kirish xonalarining bir va boshqa tomonlari bo„ylab juft-juft bo„lib guruhlangan. Bir holda bu ayvon bo„lsa, boshqasida omborxonali kichik dahliz (qaznoq) bo„lgan. Shimoliy qism, o„z navbatida, yo„lak (darvozaxona) bilan ikki, deyarli teng qismlarga bo„lingan. G„arbiy qismda uyning erkaklar qismi joylashgan. Bu yerga ikkita katta va kichik ayvonlarga ega ochiq hovliga olib boruvchi maxsus kichik dahliz orqali o„tilgan. Ayvon va xonalarning joylashuvi an‟anaviy. Katta ayvon o„qi bo„ylab asosiy xona joylashgan, kichik ayvon esa dahliz rolini bajargan. Uning ikkala tomonida yon xonalar joylashtirilgan. Ayollar bo„limi asosiga ham xuddi shunday kompozitsiya qo„yilgan. Uyning janubi-sharqiy burchagi xo„jalik xonalariga: ikki otxona va yem-xashak saqlash uchun omborxonaga berilgan. Xorazmning yirik turar joy binosining xarakterli qirralari ham shunda. Ammo ancha taraqqiy qilgan va murakkablashgan holatni biz 1830-1832 yillarda Olloqulixon tomonidan qurilgan Toshhovli Xiva saroyida ko„ramiz. Tarh asosida to„g„ri burchak yotadi, faqat g„arbiy devor tutashib turgan bino va tor ko„chalarning shakliga bog„liq ravishda siniq chiziq bo„ylab boradi. Kirish xonasi va kichik dahliz orqali saroyning bevosita rasmiy qismiga-qabul zaliga (arzhovli) o„tish mumkin. Bu uch tomondan ikki qavatda joylashgan xizmat vazifasidagi xonalar bilan o„ralgan ochiq hovlini tashkil etgan. To„rtinchi (janubiy) devor, ayvon va ochiq hovli o„qi bo„ylab joylashgan, taxtli zalga olib boruvchi uch eshikli baland ayvondan iborat. 143 Uzun yo„lakka olib o„tuvchi kirish xonasi orqali saroyning ikki boshqa bo„limiga - ishrat-hovli va haramga o„tish mumkin. Ishrat-hovli tarhi qabul zalining tarhiga juda yaqin: xonalar bilan o„ralgan xuddi o„sha ochiq hovli, janubiy tomondan xuddi o„sha katta ayvon, undan saroyning bu qismidagi anchagina keng, asosiy xonasiga o„tilgan. Haram - saroyning anchagina keng qismi-uning butun shimoliy yarmini egallaydi. Bu yerga, markaziy ochiq hovliga uchta uzun yo„lak orqali borish mumkin. Ochiq hovlining janubiy devori bo„ylab orqasida ikki qator yashash xonalari joylashgan beshta baland ayvon ketma-ketlikda keladi. Boshqa devorlar bo„ylab birinchi qavatda yashash va xo„jalik xonalari, ularning tepasida, ikkinchi qavatda esa kichik ayvonlar mavjud. Shunday qilib, tipologik tarh sxemasi saroy qismlarining har birida takrorlangan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling