Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Shahar chetidagi saroylar - parklar
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
3. Shahar chetidagi saroylar - parklar
O„rta Osiyo shaharlari rejasi haqida gapirib, uning asosiy shaharlari atrofida joylashgan, kanallar va hovuzlarning simmetrik rejalashtirilgan sistemasiga ega bepoyon bog„larini chetlab o„tib bo„lmaydi. Ular davlat feodal a‟yonlari va yirik amaldorlar namoyondalari tomonidan bunyod etilgan. Shahar chekkasi bog„larining planirovka sxemasi, markazida saroy-ko„shk yoki asosiy bog„ pavilyoni joylashgan hiyobon va kanallarning to„g„ri burchak ostidagi kesishuvchi sistemasini tashkil qilib, ilk o„rta asrlar davridayoq yuzaga kelgan. Chorbog„ nomini olgan (to„rtta bog„) rejaning bu sistemasi ilk o„rta asrlar shaharlarining planirovka sxemasi bilan o„xshash va ehtimol, o„zining kelib chiqishi bilan sharqiy kosmologiya nuqtai nazariga to„g„ri keladi, unga ko„ra ba‟zi variantlarda dunyo to„rt qismga bo„linadi, uning markazida katta tog„ turadi. Va haqiqatan, ko„pgina O„rta Osiyo va Eron bog„lari markazida ba‟zida suv bilan o„ralgan pavilyonli sun‟iy tepalik bo„lgan, u yerdan bog„ning butun hududi manzarasi ochilgan. Shahar chekkasi bog„larining bepoyon tizimi Samarqand atroflarida Amir Temur va uning yaqin vorislari tomonidan amalga oshirilgan edi. Shahrisabz va Samarqand oralig„idagi To„xta-Qoracha dovonidagi eng olis bog„ anchagina keng ko„lamdagi bog„ hisoblangan. O„sha yo„l bo„ylab, Samarqandga yaqin joyda Davlatobod bog„i bo„lgan. Bog„ hududi devor bilan o„ralgan bo„lib, uning umumiy uzunligi Klavixo so„zlariga ko„ra, 4 km ga teng bo„lgan. Keng irmoq, bog„ni ikki 137 qismga bo„lgan. Suv bilan to„ldirilgan handaq bilan o„ralgan baland tepalikda ulkan saroy turgan. Eng yaxshi bog„lardan biri Bog„i Dilkusho (“dilni quvontiruvchi”) ni barpo qilish bo„yicha ishlar tavsifi saqlanib qolgan. U rejada devorlar bilan o„ralgan to„g„ri to„rtburchakni tashkil qilgan. Devorlarning har birining uzunligi 1500 gaz (ya‟ni, 1 km ga yaqin) ga teng bo„lgan. Har bir devor o„rtasida darvoza bo„lgan, burchaklarda esa tokchali burjlar - ancha ilgarigi vaqtlardan saqlangan kaptarxona qurilgan bo„lgan. Bog„ hududi to„g„ri va diagonal hiyobonlar bilan bo„lingan, o„rtada tarhda xochsimon, uchta kirish peshtoqiga ega saroy-ko„shkning gumbazli binosi qad ko„targan. Bog„i Dilkushoga yaqin joyda Bog„i Bo„ldi, Naqshi Jahon, Bog„i Baland, Bog„i Shamol, Bog„i Behisht, Bog„i Nav bog„lari joylashgan. Bu bog„lar bizning kunlargacha saqlanmagan. Ularning devorlari buzilgan, saroy-ko„shklar yer yuzidan yo„q qilingan, o„simlik va suv kanallari yo„q bo„lgan. Faqat o„sha davrda yashagan kishilarning ba‟zida yetarlicha batafsil, ammo doimo Amir Temur bog„larining to„liq manzarasini tiklash uchun yetarli bo„lmagan tavsiflari saqlanib qolgan. Hamma bog„larda uchraydigan anchagina umumiy jihatlar - bu, to„g„ri burchakli plan, aylana shaklidagi burchak burjlar - kaptarxonalarga ega baland devorlar, o„rtada - rejada xochsimon va uning oldida katta suv havzasi bo„lgan saroy-ko„shki joylashgan. Mirzo Ulug„bek rasadxonasi yaqinidagi (ehtimol, Amir Temur tomonidan kichik yoshli nabirasi uchun qurilgan) o„rtasida ikki qavatli Chilsutun (qirqta ustun) saroy-ko„shkiga ega Bog„i Maydon bog„i ham shunday xarakterda bo„lgan. Bog„ eski Samarqand sitadeli qarshisida, Siyob sohilida joylashgan va burchaklarida minoralari bo„lgan tekis devor bilan o„ralgan. Temuriylarning ikkinchi poytaxti - Hirot atrofidagi shahar chekkasi bog„lari ham keng rivoj topgan. Ulardan ko„pchiligi XV asrda bunyod etilgan. Bog„i Jahonaro eng ulkan bog„ hisoblangan. Boshqa shahar chekkasi saroy- bog„lari haqida ma‟lumotlar saqlangan. Shahar cheti saroy-bog„larining qurilishida ishlatilgan me‟moriy-rejaviy usullari haqidagi aniq tasavvur uchun birmuncha 138 keng materiallarni Temuriylar davri O„rta Osiyo shahar cheti bog„larining planirovka sxemasini takrorlovchi ancha keyingi davrlar - XVII-XVIII asrlarning Eron bog„lari berishi mumkin. Xuddi Samarqanddagi kabi bu bog„lar burchaklarida kaptarxona turidagi burjlarga ega tekis devor bilan o„ralgan bo„lgan (masalan, Xazar-Jeriba to„sig„i kabi). O„zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi 1947 yilda qadimgi Xorazm hududida, Vazir (Dev-keskan) va Adak (Oq-qal‟a) shaharlari yaqinida shahar atrofi saroy-bog„larining yetarlicha yaxshi saqlangan namunalarini topishgan. Ular O„rta Osiyo o„rta asrlar davridagi bog„- park san‟ati haqidagi bizning tasavvurimizni boyitadi va O„rta Osiyo shahar chekkasi bog„i yuz yillar davomida rejasining an‟anaviy sxemasini ishlab chiqqani va saqlab qolganligini ko„rsatadi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling