Markaziy Osiya davlatchiligi tarixi


Download 1.97 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#210603
Bog'liq
Markaziy Osiya davlatchiligi tarixi

Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixi

Kirish

Markaziy Osiyada davlatchilik dunyoning boshqa hududlariga nisbatan anchagina o’zgacha tarzda rivojlangan bo’lib, unga quyidagi jihatlar xos bo’lgan:

  • Hududning keng cho’llar va yaylovlardan iborat ekanligi va chorvachilikning hamda ko’chmanchilikning keng tarqalganligi;
  • Hududdan qadimgi Buyk Ipak yo’lining o’tganligi;
  • Hudud aholisining etnik jihatdan kuda ham rang-barangligi

Dastlabki davlatchilik shakllari

  • so’g’diyona shahar-davlatlari;
  • Xorazm
  • Baqtriya
  • Qang’ davlati

So’g’diyona

Q adimgi So’g’diyona bugungi Zarafshon vodiysi, jumladan Samarqand va Buxoro shaharlari orasidagi hududa joylashga bo’lib, bu hududda dastlabki odamlar Bronza davridan buyun yashab keladi. Qadimgi Eroniy qabilalar hududga ko’chib kelishgan va yarim o’troq-yarim ko’chmanchi shaklidagi eng kuchli davlatlaridan birini tashkil qilishgan.

Qadimgi Afrosiyob xarobalari devorlaridan topilgan lavha, lavha Afrosiyobda bo’lgan qadimgi elchi tomonidan chizilgan bo’lib, unda tuya mingan insonlar tasvirlangan. Suratlarning ko’z qismi Arablar bosqini davrida bosqinchi va madaniyatsiz arablar tomonidan xo’rlangan va ularning ko’zlari o’yib olingan.

Qadimgi Afrosiyob xarobalari devorlaridan topilgan lavha, lavha Afrosiyobda bo’lgan qadimgi elchi tomonidan chizilgan bo’lib, unda tuya mingan insonlar tasvirlangan. Suratlarning ko’z qismi Arablar bosqini davrida bosqinchi va madaniyatsiz arablar tomonidan xo’rlangan va ularning ko’zlari o’yib olingan.

Qadimgi So’g’diyona hududi

Qadimgi So’g’diyona hududi Xorazm va Kaspiy dengizidan sharqda, Farg’ona vodiysidan G’arbda, Amudaryodan shimolda va bugungi Qozog’iston hududidan janobda joylashgan.


So’g’diyonaning poytaxtlari quyidagi shaharlar bo’lgan:
  • Samarqand
  • Buxoro
  • Xo’jand
  • Kesh

Baqtriya davlati

Qadimgi Baqtriya va undan keyin paydo bo’lgan Yunon Baqtriya davlati Amudaryodan janubda joylashgan, va milloddan avvalgi VII asrda tashkil etilgan bo’lib, uning Markazi sifatida Baqtra va Oksdagi Aleksandriya shaharlari xizmat qilgan.

Qang’ davlati

qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud boʻlgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr oʻrtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.

K.Shoniyozovning fikricha, Q.d. sharqda Fargʻona (Davan, Dayyuan), shim.sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim.gʻarbda Sarisu, gʻarbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh boʻlgan.

K. Shoniyozovning yozishicha, kangyuylar ko'chmanchi turkiyzabon qabilalar bilan birlashib, So'g'd va O'rta Sirdaryoning o'tirgan aholisining dastlabki turkiyzabon qatlamini tashkil etgan.

Xitoy manbalariga koʻra, Q.d.ning jan. hududiga hozirgi Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon va Urganch tumanlari kirgan boʻlib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubiy da — Dayruziye (Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Q.d.ning jan. chegarasi oʻzgargan.

Dovon davlati

Davan (xitoycha Dayuandan olingan) — Fargʻona vodiysidagi qad. davlat. Miloddan avvalgi 2—1-asrlardagi Xitoy manbalarida keng , obod, boy mamlakat — D. haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. D. shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulugʻ hukmdor qarorgohi Gushan (hozirgi Oʻzgan shahri deb taxmin etiladi)da boʻlgan. Podsho qokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qoʻyilgan. Oliy kengash qukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto oʻlim jazosiga hukm qilishi mumkin boʻlgan. D. atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. 3-asrgacha uchraydi.

Qadimgi Xorazm davlati

Xorazm O’rta Osiyo hududidagi eng qadimiy davlatlardan biri bo’lib, aholisi o’troq va ko’chmanchi qabilalardan iborat bo’lgan. Uning hududi Amudaryoning quyi qismidan janubga tomon Murg’ob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha cho’zilgan.

Qadimgi Xorazm

Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shunday yozadi: “Xorazmliklar Xorazmga odamlar joylasha boshlaganidan tarix olar edilar. Bu Iskandardan 980 yil ilgari bo’lgan edi. Undan keyin Siyovush ibn Kaykovusning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazmga podshohlik qilishlaridan tarix oldilar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko’chib, turk podshohlari (ustidan) hukmronligini yurgizgan edi. Bu voqea Xorazmga odam joylashishidan 92 yil keyin bo’ldi”.

Zardushtiylik

Zardushtiylik, zoroastrizm — miloddan avvalgi 7—6asrlarda vujudga kelgan din.[1] Asoschisi — Zardusht edi. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan. Qad. paxlaviy tilida "Zardusht" soʻzi "Magupta" deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni "majus" shaklida qoʻllagan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling