Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Turar joy qo„rg„oni, kvartal va turar joy binosi


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

6. Turar joy qo„rg„oni, kvartal va turar joy binosi 
 
Qishloq xo„jalik rayon-rustaklari turar joy qo„rg„onining markazi – bu uning 
egasining qal‟a - uyidir. Qal‟a devorlari hali qo„rg„onlar ko„rinishini saqlagan, 
ammo turar joy qurilmalari joylashgan hovlining oddiy to„sig„i hisoblangan. 
Xizmatkorlarning turar joy binolari va xo„jalik xonalari har qanday mudofaa 
ahamiyatini yo„qotgan pastak to„siq-devor bilan o„ralgan qo„rg„onning butun 
hududi bo„ylab tarqatilgan.
Bu vaqtda alohida turar joy guruhini tashkil qilishda o„tmish davrga nisbatan 
tub o„zgarishlar ro„y berdi.
Ilk o„rta asrlardagi afrigido-sosoniylar davrida Xorazmda alohida 
mudofaalangan turar joy-qal‟alari qurilgan. Keyinroq, Xorazmshohlar davrida, 


104 
turar joy qal‟asi va qator mayda turar joy va yordamchi inshootlar himoya 
vazifasiga ega bo„lmay, faqat qo„rg„on chegarasini belgilovchi pastak to„siq bilan 
o„ralgan va qo„rg„on hududida erkin joylashgan. Turar joy qal‟asi - bu ichki 
devorlar bo„ylab turar joy qurilmalariga ega devorlar bilan o„ralgan ochiq hovlidir. 
Butun guruh o„z qo„polligi va kattaligini yo„qotgan. Yashash xonalari uchun ancha 
yengil va kamroq mustahkam xom ashyo ishlatilgan. Yagona mahobatli inshoot 
sifatida qal‟a devorlari qolgan, ammo ular ham afrigid davri devorlarining 
ulug„vorligi va baquvvatliligiga doim ham ega bo„lavermagan. Turar joyning 
absolut o„lchamlari ham o„zgargan. 
Afrigid davrida monolit sokolning ishlatilishi inshoot balandligini 
kattalashtirgan. Inshoot tarhda ixcham bo„lgan va go„yo vertikal yo„nalish 
bo„yicha kattalashgan.
Xorazmshoh davrida balandlik bo„yicha o„lchamlar kichraygan, ammo bino 
gorizontal yo„nalish bo„yicha cho„zilib yotgan, qo„rg„on atrofidagi mudofaa 
devorlarining yo„qligi esa uning hududida yordamchi inshootlarga yanayam 
erkinroq joylashish imkonini bergan. Asosiy qo„rg„onlar maydoni taxminan 3,5 ga 
teng bo„lgan. Ularning taxminiy rekonstruksiyasi quyidagicha: asosiy turar joy 
inshooti-qal‟a uch tomondan xizmatkorlar uchun turar joylar va xo„jalik 
qurilmalari bilan o„ralgan. To„rtinchi tomoni boqqa chiqqan, uning qarama-qarshi 
tomonida kaptarxona hashamdor turar joy inshooti joylashgan. Bu ikki bino o„zaro 
bog„ni ikki qismga ajratuvchi hiyobon bilan bog„langan. Hiyobon o„rtasida, 
chamasi, bog„ qurilmalari bilan o„ralgan basseyn bo„lgan. Basseyn qarshisida, 
bizning kunlargacha ozgina qoldiqlarigina yetib kelgan pavilyon joylashgan. 
Pavilyon yaqinida ikkinchi bog„ darvozalari bo„lgan. Maydon konfiguratsiyasi 
noto„g„ri shaklda bo„lgan. Bunga atrof binolarining tirbandligi ta‟sir ko„rsatgan 
bo„lsa kerak. Rekonstruktiv taxminlar qisman qurilmalar qoldiqlariga, qisman bu 
turdagi ancha ilgarigi inshootlar bilan, jumladan Xorazmning Ilgeldi 
mudofaalangan qo„rg„oni bilan taqqoslashga asoslanadi. Dehqonchilik aholisining 
oddiy qo„rg„onlari o„lchamlari bo„yicha katta emas va plani bo„yicha sodda. Ular 
juda yomon saqlangan. Ular egallagan hudud (buni imkon boricha ozgina qoldiqlar 


105 
bo„yicha kuzatish mumkin) 0,09 gektardan 0,60 gektargacha bo„lgan. Ularning 
planida ba‟zi umumiy qirralarni bilib olish mumkin. Odatda asosiy turar joy bilan 
bir qatorda ular bilan kompozitsion-planirovka aloqasida bo„lgan hashamdor xona- 
kaptarxona ham bo„lgan. Ko„pchilik qo„rg„onlarda bu ikki inshoot ro„parama-
ro„para qo„yilgan va ular orasida bo„sh maydonda kichik bog„ bo„lganligini taxmin 
qilish mumkin, ehtimol, u bilan yonma-yon xo„jalik hovlisi joylashgandir.
Ilk o„rta asrlar shahar tashqarisi qo„rg„onlariga nisbatan mo„g„ullargacha 
bo„lgan davr qo„rg„onlari turli xildaligi bilan, kontrast o„lchamlari bilan, yirik 
feodallarga tegishli bo„lgan katta qo„rg„onlarning turlicha ichki qurilishi bilan va 
oddiy dehqonlar qo„rg„onlarining ba‟zi tipologik o„xshashligi bilan farqlanadi. Bu 
davr turar joyi turlarini Qavat-qal‟a dehqonchilik aholisining oddiy qo„rg„onlarida 
va Xorazmning boshqa rayonlarida kuzatish mumkin. 
Bu vaqtda tarh qurilishining ikki prinsipi ishlab chiqiladi:
1) yopiq va yarim yopiq xonalarning almashinuviga ega yalpi qurilish;
2) xonalarning markaziy ochiq hovli atrofida joylashuvi. 
Birinchi tur kichik dehqon qo„rg„onlari uchun xrakterli. Bu uncha katta 
bo„lagan oilaning turar joyi bo„lgan. Hamma xonalarni ikki guruhga bo„lish 
mumkin: a) kirish yo„lagi, b) turar joy va xo„jalik xonalari. Farq faqat bu 
xonalarning guruhlanish xarakterida, kattaligida, ahamiyati va o„zaro joylashuvida 
bo„lgan. 
Qal‟a-ko„shk va yotoqxona-xonaqoh tarhi aniq ifodalangan o„qlar bilan 
simmetrik, keng markaziy xonali. Qavat qal‟a rayonining kichik turar joy-
qo„rg„onlari va Xorazmning ancha keyingi oddiy turar joylar tarhi ham kirish 
yo„lagi, ham umumiy foydalanish xonalari, ham yashash va xo„jalik xonalariga ega 
bo„lgan. Ammo bu tarh qat‟iy simmetriklikdan mahrum, yashash va xo„jalik 
xonalari o„lchamlari bo„yicha turlicha, ularning joylashuvi kundalik xo„jalik 
ehtiyojlari va qulayliklariga bog„liq tarzda qo„yilgan. Markaziy xona ayvonga, 
ko„pincha boshqa xonalar ustida ko„tarilib turuvchi, deyarli yalpi tom bilan
yopilgan ikki qatorli ayvonga aylangan. Ba‟zida tomdagi tuynuk orqali yoritiluvchi 


106 
usti yopiq xo„jalik hovlisi turar joyning markazi bo„lib qoladi. Boshqa hollarda 
bo„ylamasiga uzunlashtirilgan kirish yo„lagi markaziy xona o„rniga o„tgan.
Islom dini tarqalishi bilan uyning erkaklar va ayollar bo„lmasiga ajratilishi 
boshlangan. Xorazm o„lkasida turar joy tarhi, maydonning yalpi qurilishi 
ko„rinishida, yopiq va yarim yopiq xonalarning almashinuvi bilan keng tarqalgan 
va oxirgi vaqtgacha muhim o„zgarishlarsiz saqlanib qolgan. Bu turdagi oddiy uylar 
bilan bir qatorda arablargacha bo„lgan davr ko„shklari turidagi mahobatli ikki 
qavatli uylar ham mavjud bo„lgan. Ularda ilk o„rta asrlar mudofaalangan turar 
joylarining an‟analari yashagan; ular tarhlarining shakli Berkut qal‟a vohasining 
katta ko„shklarini eslatadi; faqat tarhning markazlashgan xarakteri aniqroq ifodaga 
ega bo„lgan. Qadimgi Marv rayonidagi turar joy qal‟alari shunday, masalan, XII 
asrga tegishli kichik Qiz qal‟a paxsali binosining tarhining umumiy o„lchamlari va 
xonalarining joylashishi bo„yicha Yakka-parson tarhi bilan deyarli o„xshash.
Marv va Termiz binolari ikki qavatli bo„lgan. Ilgariroq, VI-VII asrlarda 
hayotning shafqatsiz sharoitlari tufayli, yashash xonalari sokoldan tepa maydonga 
ko„chirilgan. Keyinchalik, XI-XII asrlarda teskari jarayon yuz bergan. Siyosiy 
xavfsizlik hissining kuchayishi yashash xonalarini ikkinchi qavatda ham saqlagan 
holda bino sokoliga ko„chirish imkonini bergan. Qavatlar orasidagi aloqa burchak 
xonalardan biridagi pandus yoki zinapoya bilan amalga oshirilgan. Markaziy 
gumbazli xona va uning atrofida joylashgan ikki perpendikular o„qlar bo„yicha 
guruhlangan xonalarga ega uyning planirovka usuli O„rta Osiyo turar joy binosi 
yotoqxona–xonaqoh turlaridan biriga asta-sekin singib borgan. Bunga qadimgi 
Termiz rayonidagi Sulton Saodat qabristonidagi honaqoh namuna bo„la oladi. 
Markaziy xona jamoa yig„inlari va bayram dasturxonlari tashkil qilishga 
mo„ljallangan. Ikki o„zaro perpendikular o„qlar maxsus kirish xonalari bilan ajratib 
ko„rsatilgan, burchaklarda katta va kichik yashash xonalari simmetrik joylashgan. 
Sulton Saodat kompleksidagi xonaqoh me‟morchiligida yangi motiv ham 
aniqlangan. Bu bino bosh tarzini belgilovchi keng kirish peshtoqidir. 
Markaziy gumbazli xona, o„zaro perpendikular o„qlarda joylashgan kirish 
xonalarining ikki jufti va odatdagidek ikki qavatda joylashgan burchak xonalar-


107 
xujralarga ega tarh usuli asosan, bu vaqtda O„rta Osiyoning siyosiy va madaniy 
markaziga aylangan va me‟moriy didni rusum qilgan Buxoroda XVI-XVII asrlar 
xonakohida o„z davomi va rivojini topgan.
Turar joy inshootlarida yalpi qurilish bilan bir qatorda ochiq hovlilar atrofiga 
xonalar qurilishi prinsipi ham rivojlangan.
Ichki binolar xarakterini yetarlicha tasavvur qilish uchun boshqa, turi 
bo„yicha yaqin va yaxshi saqlangan inshootlarga murojaat qilamiz. Bu o„rta asr 
Xorazmining uncha katta bo„lmagan Qizilqum qumlariga chiqib qolgan qo„rg„on-
istehkomi Dev qal‟adir. U toshdan qurilgan. Ichki qurilmalarning devorlari yorqin 
kuzatiladi. Xonalarning asosiy qismi yuqorida esga olingan Qavat qal‟a vohasining 
oddiy uylari tarhi bilan o„xshash. 
Ancha murakkab manzarani keyingi davrlar Xorazm qo„rg„oni - Ilgeldi 
namoyon qiladi. Uning ichki maydoni turar joy va xo„jalik hovlilariga bo„linadi, 
turar joy qismida esa, o„z navbatida, toza hovli xizmat ko„rsatish hovlisidan 
ajratilgan. Xorazmshohlar davri turar joy-qal‟asi mahobatli karvonsaroylarga 
o„xshash, ular jadal savdo faoliyatining bu davrida O„rta Osiyoning turli 
punktlarida, katta savdo yo„llarida bunyod etilgan.
XII asrning ikki karvonsaroyini – Doya Xotin (Xorazmdan Xurosonga va 
Amudaryo sohili bo„yidagi Movaraunnahr yo„lida) va Raboti Malikni (Buxoro 
bilan Samarqand o„rtasidagi yo„lda) ko„rib chiqsak. Ularning tarhi atrofiga xonalar 
qurilgan va burchagi hamda o„rtasida burjlari bo„lgan devorlar bilan o„ralgan 
to„g„ri burchakli ochiq hovlidan iborat. Doya Xotinning yaxshi saqlangan tarhida 
keyingi, temuriylar davrida aniqlikka va o„z rivojiga erishgan xususiyatlar ma‟lum 
bo„ladi. Tashqaridan o„rta minoralar va kirish ravog„i joylashgan ikki o„zaro 
perpendikular o„qlar ichki hovlida, shuningdek planda qanday bo„lsa, hovlining 
me‟moriy-fazoviy tuzilishida ham xuddi shunday bo„rtmalar va ravoqlar bilan
belgilangan. 
Afrigidlar davrida ko„shk ega bo„lgan ahamiyatni Xorazmshohlar davrida 
kaptarxonada ko„ramiz. Bu tarhda, odatda, cho„zilgan shakldagi bir yoki ikki 
qavatli inshootdir. Ichki devorlar kichik tokchalar bilan butunlay qoplangan. 


108 
Chamasi, kaptarxona - bir vaqtning o„zida anchagina qimmatbaho xo„jalik-maishiy 
predmetlarining saqlanadigan joyi sifatida ham foydalanilgan. Ularning farqini bu 
ikki davrning tafovuti yorqin namoyon qiladi. Afrigid ko„shki, eng avvalo, asosiy 
xo„jalik-turar joy inshooti, ammo shu bilan birga u kuchli mudofaalangan. Bu jihat 
uning tarhi va tashqi ko„rinishida aks etadi. U mudofaalangan devorlar ichida 
joylashgan baquvvat stilobat ustida bunyod etilgan va tarhda ixcham shaklga ega.
Xorazmshohlar davridagi kaptarxona, shuningdek asosiy xo„jalik-turar joy 
xonasi, ammo harbiy himoyadagi zarurat yo„qolgan va uning uchun u ko„pincha 
qal‟a chekkasiga olib chiqilgan. Shunday bo„lsada bu ikki turdagi binoni 
bog„lovchi belgilar saqlanib qolgan. Har bir qal‟a ichida kaptarxona bor va u 
albatta minorada joylashgan. Agar kaptarxona qal‟adan tashqariga olib chiqilsa, u 
albatta balandligi bo„yicha atrofdagi bir qavatli binolardan ko„tarilib turishi uchun 
ikki qavatli qilib qurilgan. Kaptarxona qolgan qurilmalarga nisbatan ancha 
mustahkam va puxta qilib qurilgan, ko„shk-donjon uni o„rab turgan binolardan 
baquvvatroq bo„lgani kabi (shuning uchun ko„pchilik kaptarxonalar bizning 
kunlargacha yetib kelgan, oddiy turar joylar esa buzilib ketgan). 
Kaptarxona devorlari, ko„shk devorlari kabi, yarim ustunlar bilan bezatilgan, 
binoning o„zi esa cho„zilgan bo„lgan. Bu yerda xorazmshohlar davri qal‟alari 
ta‟siri ko„rinadi, hamma qo„rg„onlardagi kaptarxonaning bir xil kengligi esa, 
chamasi, oddiy yog„och qoplamaning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan bo„lsa 
ajab emas.
Xonalar ichidagi tokchalar amaliy vazifaga va dekorativ talqinga ega bo„lgan. 
Bunday tokchalar O„rta Osiyo uylarida oxirgi vaqtgacha saqlangan. Hashamdor 
xonalar devorlarini bezatishning o„ziga xos usuli bo„lgan tokchalarning dekorativ 
ahamiyatini zamondoshlar guvohliklari tasdiqlaydi. Masalan, 1333 yilda 
Urganchga kelgan Ibn Battuta, boy shaharlikning qabulxonasini shunday iboralar 
bilan qayd etadi: “Men u bilan qabulxonasiga, ajoyib qabulxonalardan biriga
kirdim, unga serhasham gilamlar solingan, uning devorlari matolar bilan 
bezatilgan, devorlarda ko„plab tokchalar, va ularning har biriga zarhalli kumush 
idishlar va Eron idishlari qo„yilgan - bu mamlakat aholiisining udumi shunday - 


109 
o„z uyini bezatish”. Bu guvohlik hozirda “kaptarxona” nomi bilan ma‟lum bo„lgan 
xonalarning ichki ko„rinishini rekonstruksiyalash imkonini beradi va bu binolar 
hamda tokchalarning vazifalarini belgilash bilan bog„liq holda yuzaga kelgan 
tushunarsiz savollarni hal qiladi. Ularni aslzoda feodallar turar joy-qal‟alari 
namunalari bo„yicha tashqaridan bezatishga bo„lgan intilish ham bu binolarning 
hashamdor xarakterini ko„rsatadi. Kaptarxona tashqi devorlarini ishlash usullari 
turlicha. Agar bino tarhda to„g„ri burchakli yoki burchak bilan egilgan bo„lsa, 
uning devorlari ba‟zan burma qilib ishlangan; boshqa hollarda kaptarxona yirik 
qal‟alar burjlarining namunalari bo„yicha burjlar bilan ta‟minlangan yoki butun 
inshoot minoraviy xarakter kasb etgan (qadimgi Xorazmdagi Qizilchi-qal‟a va 
Qo„narli qal‟a yaqinidagi kaptarxonalar kabi).
Butunlay tokchalar bilan bezatilgan ichki devorlarga ega bu kabi hashamdor 
xonalar yirik turar joy-qal‟alarida, odatda burchak burjlaridan birida ham bo„lgan. 
Burchak burjlaridan birini tokchalar bilan bezatish an‟anasi keyinchalik ham bu 
usulning maishiy ahamiyati unutilgan vaqtda ham eskicha tarzda saqlangan. 
Tokchalar ko„pincha qushlar tomonidan uyalar qurish uchun foydalanilgan, 
shundan binolarning o„zi ham hozirgi kaptarxona nomini olgan. O„rta Osiyoning 
ancha keyingi turar joy binosidagi kaptarxona bilan mehmonxonani - odatda boy 
bezatilgan va ba‟zan ikkinchi qavatda joylashgan, ya‟ni turar joyning qolgan 
hamma xonalaridan ajratilgan, mehmonlarni kutish xonasini taqqoslash mumkin. 
Xorazmshohlar davridagi katta feodal qo„rg„onlarining planirovkasini ko„rib 
chiqadigan bo„lsak, ilgarigi afrigid-sosoniylar davri bilan taqqoslaganda kattagina 
o„zgarishlar yuz bergan. Ko„shk kaptarxonaga aylantirilgan, uning planirovkasi 
soddalashgan. Xonalar vazifasini o„zgartirish yuz bergan. Kaptarxona oddiy 
xonalardan biri bo„lib qolgan; ochiq hovli atrofidagi oddiy xonalar asosiy 
xonalarga aylangan. Aralash xonalarning yaxlit massivi o„rniga binoning boshqa 
turi – yashash va xo„jalik xonalari bilan o„ralgan ochiq hovlili qal‟a yuzaga 
kelgan. 
Shu bilan bir qatorda, Xorazmshohlar davrining mayda qo„rg„onlarida eski 
tip saqlangan, ya‟ni bir tom ostida bir necha xonadan iborat turar joy guruhi; faqat 


110 
ichki planirovkada yangi hayotiy sharoitlar bilan paydo bo„lgan o„zgarishlar 
kiritilgan.

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling