Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


 Shahar atrofi - rabodlarning yuzaga kelishi va rivoji


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

1. Shahar atrofi - rabodlarning yuzaga kelishi va rivoji 
 
VII asrda O„rta Osiyo siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga ta‟sir etuvchi 
muhim voqea yuz beradi. Bu arablar istilosi edi. Arablarning birinchi hujumi va 
mamlakatni uzil-kesil egallashi orasida butun aholini jalb qilgan yuz yillar 
atrofidagi shiddatli kurash yotadi. Mamlakatda siyosiy qayta qurish turli 
murakkabliklar bilan kechdi. Mehnatkash xalqni ekspluatatsiya qilish mislsiz 
darajaga yetdi. Arablar ehtiyotkorlik bilan eski bojlarni qoldirib, ko„plab 
yangiliklarini joriy qildilar. Buning ustiga ularning soliq undirishi shunday 
mohirona ishlab chiqilgan ediki, ulardan hech kim xalos bo„la olmas edi. 
Bu davr voqealari faqat alohida aholi joylarining buzilishida emas, balki 
dehqonchilik viloyatlarining tanazzulida ham ko„rinadi. Xorazm, Buxoro va 
boshqa viloyatlardagi aholisi tashlab ketgan ba‟zi rayonlar dashti biyobonga 
aylandi. Hayot boshqa joylarga ko„chirildi. Eski feodal tartibi tayanchi - 
mudofaalangan qo„rg„onlar bo„shab qoldi va vayronaga aylandi. Xorazmda 
Berkut-qal‟a rayon-rustak tashlandiq holga keldi. Yettisuning uzoq so„g„d 
mustamlakasi - Sarig„da VII asrda shahar tipidagi manzilgohlar rivoji hisobiga 
qo„rg„on-ko„shklar yo„q bo„la boshladi, tashlab ketilgan joylar esa qabriston 
sifatida foydalanilgan. 
Buxoro vohasining Poykand, Varaxsha, Vardana, Romiton va boshqalar kabi 
xo„jalik va siyosiy hayotining qadim markazlari hozirgacha vohaning asosiy 
shahri va Movaraunnahrning katta shaharlaridan biri bo„lib qolgan Buxoroga 
muhim o„rinni bo„shatadi. Qo„shni shaharlarning tanazzuli hisobiga 
Samarqandning ahamiyati oshadi. Hatto ilgari mahalliy poytaxt rolini o„ynagan 
ko„plab shaharlar o„z ahamiyatini yo„qotadi. 
Quldorlik turmush tarzi bilan qalin bog„langan dehqonlar - yirik yer egalari 
minbardan tushadi. Yirik yer egalariga nisbatan ishlatiladigan “dehqon” 
terminining o„zi X asrdan keyin yo„qoladi. Xo„jalikning quldorlik sistemasiga 
asoslangan, IX-X asrlarda hali barham topmagan ijtimoiy “polis” tizimi qoldiqlari 


83 
X asr oxirida, Somoniylar davlati Qoraxoniylar sulolasidan bo„lgan turk ilek-
xonlari zarbalari ostida yo„q bo„la boshlaydi va asta-sekin barham topadi. 
O„rta Osiyo qator o„lka, viloyatlarga bo„linadi. Somoniylarning 
markazlashgan sistemasiga almashingan udel sistemasi O„rta Osiyoda feodal 
munosabatlarining tasdig„ini bildiradi. 
Arablar istilosi islomning kirib kelishi bilan tanildi, unga arab istilochilari 
ham istilochilarni, ham zabt etilgan xalqlarni yagona dunyoqarash, axloq umumiy 
me‟yorlari bilan birlashtira oladigan yirik g„oyaviy kuch sifatida katta ahamiyat 
qaratdilar. Arablarning diniy fanatizmi O„rta Osiyo olim va rassomlari tomonidan 
yaratilgan juda muhim madaniy boyliklarni yo„q qildi. Ammo istilochilar xalq 
ruhini sindira olmadilar. Shafqatsiz zulmga qaramay ona tiliga, adabiyotga
san‟atga qaytishga intilish kuchaydi. Aynan shu vaqtda o„z asarlarini ona tilida ijod 
qiluvchi iste‟dodli yozuvchilarning butun bir guruhi paydo bo„lgan. Me‟morchilik 
sohasida Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasidek shunday durdona asar yuzaga 
keldiki, unda o„ziga xos mahalliy an‟analar o„z aksini topgan.
Islom, arab ma‟muriyati o„rnashgan, arab istilosi manfaatlarini tez tushungan, 
Eron va Old Osiyo bilan savdoning keng istiqbolini ochuvchi yirik savdogarlar va 
savdo bilan bog„langan yer egaligi aslzodalari to„plangan shaharlarda katta 
yutuqqa erishgan. 
Aholi joylarining umumiy soni keskin kamaygan, ammo katta savdo 
yo„llarida joylashgan shaharlar faqat o„z mavjudligini davom ettiribgina qolmay, 
o„sgan va rivojlangan. Shunisi xarakterliki, arablar O„rta Osiyoni zabt etgan 
vaqtlardayoq 
shahristonlar 
oldida 
savdo-hunarmandchilik 
shahar 
atrofi-
rabodlarning tashkil bo„lish jarayoniga duch kelganlar. Aynan VIII-IX asrlar 
ularning tashkil bo„lish vaqti va butun bir mahalla-kvartallarga aylanish davri 
bo„lgan. Hayot shahristondan rabodga ko„chib o„tgan. Savdo-hunarmandchilik 
shahar atrofi, shaharning jonlangan va aholi zich joylashgan qismiga aylangan. 
Shahriston yoki butunlay barham topgan (Marv va Samarqanddagi kabi) yoki 
shahar umumiy rejasida ochilib, rabod bilan yagona birlikka aylanib (Buxorodagi 
kabi) qayta qurilgan. 


84 
Rabod devorlar bilan o„ralgan va shaharning to„laqonli rayoni bo„lib qolgan. 
Bu yerda eng yaxshi binolar yuzaga kelgan, bu yerga aholi ortidan asosiy ibodat 
inshootlari ham ko„chib o„tgan. Bu vaqtda O„rta Osiyo feodal shahrining tashkil 
bo„lish jarayoni va uning asosiy strukturaviy qismlarining mustahkamlanishi yuz 
beradi. 
Shaharlar rivoji turli yo„llar bilan boradi. Bir holatda eski qism-shahriston 
qandaydir tasavvurlar bo„yicha yaroqsiz, eskirgan bo„lib chiqadi va barham topadi; 
boshqa hollarda eski o„zak barivoj bo„lib chiqadi va o„sib borayotgan shahar 
markazi bo„lib qolishda davom etadi. Nihoyat shunday hollar bo„lganki, 
shaharning eski o„zagi yo„q bo„lgan, ammo uning atrofidagi hayot rivojlanishda 
davom etgan. 
Shaharning bir joydan ikkinchi joyga siljishi odatda ikki holatda yuz bergan: 
1) shaharning eski qismi shunday kuchli vayron bo„lganki va xarobalarda shunday 
uzoq qolib ketganki, shaharni eski kultepada tiklash o„z mohiyatini yo„qotgan va 
shahar xarobalar bilan yonma-yon yoki ularga yaqin joyda qayta tug„ilgan; 2) 
mavjud shahar yangi talablarga javob bermaydigan hududda joylashgan bo„lgan. 
Masalan, ilk shaharlar, o„rta asrlar shahristonlari odatda tepalik joylarni, mustaqil 
mudofaa uchun moslashgan joylarni egallagan. Ammo ularning bu holati 
shaharning keyingi rivojini, uning qurilishi va obodonlashuvini qiyinlashtirgan, 
yetarli miqdordagi suvni olib borishga imkon bermagan yoki buning uchun 
murakkab texnik qurilmalarni talab qilgan (masalan, Amir Temurgacha bo„lgan 
davr Samarqand manzilgohiga suvni qo„rg„oshin quvurlar olib borgan). Shuning 
uchun o„sib borayotgan shaharning yangi qismlari savdo magistrallari chorrahasiga 
ancha yaqinlashtirilgan va savdo shahrining katta rayonlari joylashishiga ancha 
moslashtirilgan hududlarga ko„chib o„tgan.
Atrofida yangi rayonlar joylashgan sitadel va shahriston agar shahar 
ilgarigidek hokimiyatning siyosiy markazi va qarorgohi bo„lishni davom ettirsa 
(masalan, Buxoro kabi) yashovchanligini saqlab qolgan. Agar shahar o„z siyosiy 
ahamiyatini yo„qotgan holda faqat savdo-hunarmandchilik markazi sifatida 
rivojlansa, uning eski o„zagi aholi tomonidan tashlab ketilgan va asta-sekin 


85 
xarobaga aylangan, hayot esa atrof hududlarda gullab-yashnagan (masalan, 
Tavavis, Dabusiya, Isfajob va boshqa shaharlar kabi). 
Misollarga murojaat etamiz. Arab geograflari tomonidan ko„p marotaba 
ta‟riflangan, go„zalligi ta‟kidlangan “vaqtning halokatli ta‟sirida sira o„zgarmay, 
ko„p asrlarni boshdan kechirgan” (Ibn-Xordadbax so„zlari) Eski Marv, Govur qal‟a 
manzilgohi, baribir XII asrlarda tashlab ketilgan va qo„shni hududga – Sulton 
qal‟aga ko„chirilgan. Bu tanazzul va yangi, shaharning yana ham yorqin rivoji 
yirik harbiy va siyosiy larzalar bilan bog„liq bo„lgan. Natijada shahar yangi 
istilochilar - turk-saljuqiylar poytaxtiga aylangan. Pirovardida mo„g„ul lashkarlari 
tomonidan 1221 yilda batamom vayron bo„lgan shahar 200 yilga yaqin xaroba 
ahvolda yotib, Amir Temurning o„g„li Shohrux tomonidan yana yangi joyida va 
kichik masshtablarda (Abdullaxon manzilgohi) yangidan tiklangan. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling