Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Shahar atrofi va tuman-davlat “uzun devorlari”
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
7. Shahar atrofi va tuman-davlat “uzun devorlari” Ilk o„rta asrlar shahri, ya‟ni shahristonga ega sitadel odatda, ba‟zan mudofaa devorlari (“uzun devorlar”) bilan o„ralgan yaxlit rayon-rustakning markazi hisoblangan. Zamondoshlarning ko„rsatmalariga ko„ra, ilk o„rta asrlar Samarqandi Devori-Qiyomat devori bilan o„ralgan rayon bilan birga 400 gektargacha maydonni egallagan, devorlar uzunligi esa 11 km dan oshgan. Termizning tashqi qo„rg„on devorlari 900 gektargacha hududni o„rab turgan. Ularning yirik xom g„ishtlardan bajarilgan yaxlit g„ov va burjlar ko„rinishidagi qoldiqlari shimoliy qismda aniq kuzatiladi va keyin janubi-sharqqa keskin burilishdan so„ng asta-sekin yo„qoladi. Balxning tashqi devori janubda va qisman g„arbda yaxshi saqlangan, buning ustiga janubiy qismi ancha keyingi davrga tegishli. Ancha qadimgi - g„arbiy qism pastroq va ketma-ket joylashgan burjlarga ega. Sitadeldan sharqda, islomgacha aholining asosiy ommasi to„planganligi haqida guvohlik beruvchi ko„plab vayrona ahvoldagi qurilmalar mavjud bo„lgan. Shahar-rayon maydoni 750 gektargacha yetgan. IX asr o„rtalarida Samarqand hukmdori Nux-ibn-Asad Aris daryosi bo„yidagi rayonni ishg„ol qildi va Isfajob atroflarida devorlar qurdi. Devorlarning arzimagan qoldiqlarini vohaning janubiy qismida qiyinchilik bilan topish mumkin. Devorlarning yomon saqlanganligi, ba‟zi joylarda esa ularning qoldiqlarining 75 umuman yo„qligi sababli, shahar va rayon hududi 5000 gektar deb taxmin qilinishi mumkin. Qadim Marvning tashqi devori (Govur qal‟a manzilgohi) Gilakin - Chilburch nomini olgan. Savdo-hunarmandchilik qismi (Govur qal‟a) va sitadel (Erka tepa) Isfajobga o„xshash rayon markazida bo„lgan. Hozir ham kuzatish mumkin bo„lgan devorning anchagina saqlangan qismlari shimoliy va qisman janubi-sharqiy maydonda. Shahar-rustakning butun maydoni 6000 gektargacha boradi. Shahar tashqi devorlar chegarasidagi hudud qurilmalar bilan to„lmagan va kattagina qismida qishloq xo„jalik yerlari, ekin maydonlari bo„lgan. Sitadel va savdo-hunarmandchilik shahri atrofiga bevosita tutash hududda tashqi devorlardan tashqari ko„plab shahar va shahar atrofiga ega butun bir rayonlarni ko„chmanchilar hujumidan himoyalovchi “uzun devorlar” qurilgan. III asrdayoq 250 m 2 hududni o„rab turuvchi Marv vohasini (Al-Ray) himoyalash uchun devor qurilgan. X asrda bu devordan faqat ozgina qoldiqlargina qolgan. V asrda Kaspiy dengizidan sharqqa va Gurgon daryosidan shimolga qarab pishiq g„ishtdan devor qurilgan. Keyin Mezandaron sharqiy chekkasida dengizdan tog„largacha devor bunyod etilgan. VIII asrning ikkinchi yarmida Chirchiq daryosining madaniy zonasidan shimolga tomon, Sirdaryodan tog„largacha devorlar qurilgan. Nihoyat, VIII asr va IX asr boshiga Buxoro vohasi atrofiga devor qurilishi va tiklanishi to„g„ri keladi. Ko„chmanchilar hujumiga qarshi “Buxoro atrofida shunday devor bunyod etishga qaror qilindiki, hamma Buxoro rustaklari Samarqandga o„xshash shu devorlar ichida bo„lsin, turklar Buxoro viloyatiga kira olmasin”. Narshaxiyning aytishicha, “...aholi uchun bu og„ir majburiyat bo„lgan. Har yili shu maqsadda ko„p mablag„ sarflangan va ko„plab odamlar yig„ilgan”. Shahrisabz va Kitob ba‟zi qishloq va qo„rg„onchalar bilan birga devorlar bilan o„ralgan, ularning qoldiqlari XIX asrgacha saqlanib turgan edi. Vohalarni o„rab turuvchi “uzun devorlarning” qurilishi katta mehnat va sarf- xarajat bilan bog„liq bo„lgan. Bu devorlar faqat oddiy to„siq-g„ov bo„lmagan. Ular vohani, shuningdek ko„chmanchilar bilan tovar ayirboshlashni tashkil qilish va 76 tartibga solish uchun qator savdo punktlarini faol himoya qilish uchun mo„ljallangan qo„rg„on inshootlarining butun bir sistemasini o„z ichiga olgan. Qiziltepa kabi inshootlar shu haqda guvohlik beradiki, chegara rabodlarida faqat istehkomlar himoyachilari emas, hunarmandlar ham yashagan. Shu bilan birga bu uzun devorlar o„z chegaralariga qator rayon-rustaklarni kirituvchi O„rta Osiyo ilk o„rta asrlar shahar-davlatlari chegaralarini belgilab bergan. Xitoy manbalarida, Kushon hukmdorlari bilan kelib chiqishiga ko„ra bog„langan to„qqizta muhim ilk o„rta asrlar O„rta Osiyo shahar-davlatlari eslatiladi. Bular - Buxoro, Kabun, Toshkent, Maymurg„, Kushoniya, Xorazm, Kesh-Shahrisabz, Samarqand va taxminan, Zardana. Ularning kattaligi haqida Kampirdevor devori bilan o„ralgan va 15 rayon-rustakni o„z ichiga olgan Buxoro vohasi hududiga ko„ra fikr yuritish mumkin. “Uzun devorlar” yordamidan birinchi bo„lib Ismoil Somoniy (X asr) voz kechgan, u “Men tirik ekanman, Buxoro viloyati uchun men devor bo„laman”, deb aytgan. Bu so„zlar O„rta Osiyo tarixida tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tashkil qilishga urinishni ifodalovchi yangi davrni anglatgan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling