81
paydo bo„lgan bo„lishi mumkin. Qadimgi Xorazm ilk o„rta asrlar qo„rg„onlaridagi
(masalan, Uy-qal‟a, Qum qal‟a va boshqalar) rel‟yefli va turtib chiqqan joylar
orasidagi shinaklarga ega qat-qat burmali devor shunday paydo bo„lgan. Tepa
qismida tekis devorga o„tish uchun turtib chiqqan joylarning har bir jufti ravoqcha
bilan yakunlangan. Sekin-asta qat-qat burmali devor motiviga dekorativ elementlar
olib kirilgan. Shinaklar bo„rtiklarga o„tgan, ritmik surat ko„rinishida guruhlashadi
(masalan, qadimgi Xorazmdagi Teshik qal‟a).
Qat-qat burmali bino tasviri Ermitaj to„plamidagi,
chamasi Xorazmda
yaratilgan (VI-VII asrlar) qadimgi kumush laganda ishlangan. Bu yerda ikki
qavatli turar joy ko„shki-qal‟ani namoyon qiluvchi qo„rg„onning
qamal qilinishi
ko„rsatilgan.
Laganda tasvirlangan qal‟a-ko„shk O„rta Osiyoda afrigid-sosoniylar davri
uchun xarakterli bo„lgan va qadimgi Xorazmning Berkut qal‟a
vohasida qisman
saqlangan turar joy-qo„rg„onlarining bezaklari va yo„qolgan detallari haqida
tasavvur beradi.
Devorlarning qat-qat burmali ishlanish motivi O„rta Osiyo hududida
XI-XIII
asrlarga qadar keng tarqalgan. U mahobatli turar joylarda ham,
jamoat binolarida
ham qo„llanilgan edi.
IV-BOB. MO„G„ULLARGACHA BO„LGAN DAVR O„RTA OSIYO
SHAHARLARI