Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Mo„g„ullargacha bo„lgan davr shaharlari me‟moriy-rejaviy tuzilishi
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
2. Mo„g„ullargacha bo„lgan davr shaharlari me‟moriy-rejaviy tuzilishi
87 Bu davr shaharlarining farovonlik manbalari - rivojlangan savdo va qishloq okrugining ekspluatatsiyasi bo„lgan. Shahar hayoti nisbatan ko„p bo„lmagan (oldingi feodal davrigacha bo„lgan vaqt bilan taqqoslaganda) manzilgohlarda to„plangan, bu esa obodonlashtirish va qurilishlar bo„yicha yirik ishlarni amalga oshirish imkonini bergan. Masjidlar, diniy maktab - madrasalar, hammomlar, bozorlar, yuk tushirish va ortish punktlari, omborxonalar, hunarmandchilik kvartallari paydo bo„lgan. O„rta Osiyo rayonlari IX-X asrlarda qishloq xo„jalik va texnik madaniyatni o„zlashtirish bo„yicha ixtisoslashtirilgan. Marv vohasida texnik madaniyat va u bilan bog„liq hunarmandchilik keng tarqalgan. Zarafshon va Qashqadaryo don ekinlari ustunligi bilan aralash dehqonchilik xo„jaligini tashkil etgan. Farg„onada kon sanoati rivojlangan. Sahro bilan chegaradosh rayonlarda (Urganch, Isfajob) ko„nchilik hunarmandchiligi ravnaq topgan, unga ko„chmanchilar tomonidan xom ashyo yetkazib berilgan. Ixtisoslashuv shahar va qishloq okrugi o„rtasida katta mol almashuvini keltirib chiqargan. X-XII asrning shaharlar aholisi turli-tuman bo„lgan. Feodal yuqori tabaqasini yirik yer egalari va oliy musulmon ruhoniylari bilan bog„liq savdogar aslzodalar tashkil etgan. Shahar aholisining muhim guruhini hunarmandlar tashkil qilgan. Bu guruhlar o„rtasida, ba‟zan keng masshtab kashf etgan keskin sinfiy kurash borgan (masalan, Buxoroda 1206-1207 yillarda, Samarqandda 1212 yilda va boshqalar). Shaharlarda, ularning rivojlanish darajasi bo„yicha aholi hunarmandchilik ishlab chiqarishi to„plangan. Hunarmandchilik va savdo bir-biridan ajralmas bo„lgan. Ustaxona bir vaqtning o„zida savdo xonasi ham bo„lgan. Karvon savdosi bilan bog„langan boy savdogarlarning kvartallari alohida bo„lib joylashgan. Karvonsaroylar ularning savdo faoliyati joyi bo„lgan. Shuningdek yirik ustaxonalar bo„lgan, u yerda amirlar, xaliflar va boy, xususiy shaxslarga qaramlikda bo„lgan hunarmandlar ishlagan. Bunday ustaxonalar keyingi, mo„g„ullar davrida “korxona” nomi bilan mashhur bo„lgan. 88 O„rta Osiyo mo„g„ullargacha bo„lgan feodal shahrining sotsial mohiyati uning tuzilishiga ta‟sir ko„rsatgan. O„rta Osiyo feodal shahri tuzilishi umumiy manzarasini yozma manbalar (asosan X asr arab geografik adabiyoti), saqlanib qolgan manzilgohlar va XIX asr oxiri va XX asr boshlarigacha shaharlarda saqlanib qolgan planirovka an‟analari asosida tasavvur qilish mumkin. Shaharning yangi qismi - rabodning reja sxemasi - shahriston sxemasidan umuman farq qilgan. Shahriston uchun to„rtta qo„rg„on darvozalaridan shahar markaziga olib boruvchi ikki asosiy ko„chaning kesishuvi xosdir. Rabodning xarakterli xususiyati - atrofdagi aholining qishloq xo„jalik mahsulotlarini shahar hunarmandlari buyumlariga ayirboshlash joyi-bozorlar bo„lganligidadir. Shaharning atrofdagi qishloq xo„jalik rayonlari bilan bunday aloqasi rabod ko„chalari yo„nalishi bilan ifodalangan. Markaziy yadro - bozordan ular shahar darvozalari tomon tarqalgan. Darvozalar soni oshib borgan. Samarqandda va Termiz rabodlarida ular oltita bo„lgan, Buxoroda o„n bitta, Toshkentda o„n ikkita. Shahar chekkasi yo„llari shahar ko„chalarining bevosita davomi bo„lgan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling