Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
Samarqand ham shu kabi taqdirni boshdan kechirgan. Shahar uzoq vaqt
Afrosiyob tepaligida bo„lgan. Amir Temur uni dunyo poytaxtiga aylantirishga ahd qilib, shaharni tor kesishgan joydan zarur reja va qurilish g„oyalarini erkin rivojlantirish imkonini beruvchi qo„shni tekis hududga olib chiqgan. Termiz ilgaridan Amudaryo sohillarida joylashgan qadim shahar. Halokatli mo„g„ul bosqinchiligidan so„ng shahar suv ta‟minoti manbai va saidlarning mahalliy muqaddas qadamjosi – qabristoni Sulton Saodat joylashgan Surxondaryo sohillariga tomon surilgan. Binket Toshkent rayonining qadimgi shahri bo„lib, mo„g„ul vayronagarchiligidan so„ng Sirdaryo bo„ylab tepaga surilgan, u o„z nomini qayta tug„ilgan shaharga bergan Amir Temurning o„g„li Shohrux nomi bilan qayta tiklangan. Shu bilan birga ko„pgina shaharlar ilgarigi hududining o„zida qolgan; ular hech qanday falokat va buzilishlarga qaramay eski o„rnida sabot bilan qayta tiklangan. Buxoro mana shunday - O„rta Osiyoning qadim shaharlaridan biridir. U mamlakatning bir necha bor poytaxti, go„yo uzil-kesil halokat yoqasida turgan, ammo kultepa va vayronalar ichidan qayta-qayta tug„ilgan. Sitadel tepaligi bugungi kunda ham shahar manzarasida asosiy o„rinni egallab turibdi. Hozirgi kungacha shahristonning baland ko„tarilgan yassiligini kuzatish mumkin. Rabod 86 to„rt karra kengaygan. Konsentrik devorlarning ikki qator aylanasi somoniylar davrida (X asr) paydo bo„lgan; shaharning oxirgi chegaralari poytaxt Buxoroning feodal davri uchun oxirgi rivojlanish davrlarida shayboniylar tomonidan (XVI asrlar) o„rnatilgan. Buxoro vohasining yirik shahri - Poykand o„sishda o„zining poytaxt bo„lgan qo„shnisidan qolishmagan. Uning shahriston devorlari ikki marta kengaygan: rabod chegaralarini hozir faqat shartli belgilash mumkin. Shahardagi hayot mo„g„ullargacha bo„lgan davrda gullab-yashnagan, ammo XIV-XV asrlarda u umuman so„ngan. U va boshqa shaharlar qat‟iy konsentrik rivojlangan. Bu o„rta asr feodal shahri o„sishining klassik namunasi hisoblanadi. Ammo boshqa hollarda tabiiy-topografik sharoitlar yoki boshqa holatlar qat‟iy konsentriklikni birmuncha buzgan. Masalan, Amir Temurgacha bo„lgan Samarqand shahristoni (Afrosiyob) Siyobning tikka qiyalik qirg„oqlarida joylashgan. Rabod shaharning asosiy yadrosiga tomon faqat janubiy tomondan tutash qilib qurilgan. U shaharning anchagina eski qismlarini yarim aylana bilan qamragan holda o„z hududini uch marotaba kengaytirgan. Xarashket - Xonqa (Toshkent vohasi) shahri rivoji ham xuddi shunday manzarani beradi. Sitadel va shahriston uncha katta bo„lmagan Qorasuv daryosi sohilida joylashgan. Ikki marotaba kengaygan rabod, oxiri sohillariga borib taqalgan devorlar yarim aylanasi bilan chegaralangan edi. Mo„g„ullargacha bo„lgan Termiz o„sishning birmuncha o„zgacha sxemasini beradi. Shaharning sitadel va shahristoni Amudaryo sohilida, daryo deyarli to„g„ri burchak ostida keskin buriladigan joyda o„rnashgan. Shaharning o„sishi faqat ikki yo„nalishda bo„lishi mumkin edi, ulardan Amudaryo sohiliga Surxondaryo tomonga parallel bo„lgani tanlangan. O„rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinish davri va keyingi asrlarda shaharning o„lchamlari va planirovka tuzilishi ancha o„zgargan; alohida shaharlar yangi joylarga ko„chib o„tgan, umuman yangitdan qurilgan, agar ilgarigi hududida qolsa, o„z qiyofasini tubdan o„zgartirgan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling