Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Turar joy qo„rg„oni, kvartal va turar joy binosi
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
6. Turar joy qo„rg„oni, kvartal va turar joy binosi
Qishloq xo„jalik rayon-rustaklari turar joy qo„rg„onining markazi – bu uning egasining qal‟a - uyidir. Qal‟a devorlari hali qo„rg„onlar ko„rinishini saqlagan, ammo turar joy qurilmalari joylashgan hovlining oddiy to„sig„i hisoblangan. Xizmatkorlarning turar joy binolari va xo„jalik xonalari har qanday mudofaa ahamiyatini yo„qotgan pastak to„siq-devor bilan o„ralgan qo„rg„onning butun hududi bo„ylab tarqatilgan. Bu vaqtda alohida turar joy guruhini tashkil qilishda o„tmish davrga nisbatan tub o„zgarishlar ro„y berdi. Ilk o„rta asrlardagi afrigido-sosoniylar davrida Xorazmda alohida mudofaalangan turar joy-qal‟alari qurilgan. Keyinroq, Xorazmshohlar davrida, 104 turar joy qal‟asi va qator mayda turar joy va yordamchi inshootlar himoya vazifasiga ega bo„lmay, faqat qo„rg„on chegarasini belgilovchi pastak to„siq bilan o„ralgan va qo„rg„on hududida erkin joylashgan. Turar joy qal‟asi - bu ichki devorlar bo„ylab turar joy qurilmalariga ega devorlar bilan o„ralgan ochiq hovlidir. Butun guruh o„z qo„polligi va kattaligini yo„qotgan. Yashash xonalari uchun ancha yengil va kamroq mustahkam xom ashyo ishlatilgan. Yagona mahobatli inshoot sifatida qal‟a devorlari qolgan, ammo ular ham afrigid davri devorlarining ulug„vorligi va baquvvatliligiga doim ham ega bo„lavermagan. Turar joyning absolut o„lchamlari ham o„zgargan. Afrigid davrida monolit sokolning ishlatilishi inshoot balandligini kattalashtirgan. Inshoot tarhda ixcham bo„lgan va go„yo vertikal yo„nalish bo„yicha kattalashgan. Xorazmshoh davrida balandlik bo„yicha o„lchamlar kichraygan, ammo bino gorizontal yo„nalish bo„yicha cho„zilib yotgan, qo„rg„on atrofidagi mudofaa devorlarining yo„qligi esa uning hududida yordamchi inshootlarga yanayam erkinroq joylashish imkonini bergan. Asosiy qo„rg„onlar maydoni taxminan 3,5 ga teng bo„lgan. Ularning taxminiy rekonstruksiyasi quyidagicha: asosiy turar joy inshooti-qal‟a uch tomondan xizmatkorlar uchun turar joylar va xo„jalik qurilmalari bilan o„ralgan. To„rtinchi tomoni boqqa chiqqan, uning qarama-qarshi tomonida kaptarxona hashamdor turar joy inshooti joylashgan. Bu ikki bino o„zaro bog„ni ikki qismga ajratuvchi hiyobon bilan bog„langan. Hiyobon o„rtasida, chamasi, bog„ qurilmalari bilan o„ralgan basseyn bo„lgan. Basseyn qarshisida, bizning kunlargacha ozgina qoldiqlarigina yetib kelgan pavilyon joylashgan. Pavilyon yaqinida ikkinchi bog„ darvozalari bo„lgan. Maydon konfiguratsiyasi noto„g„ri shaklda bo„lgan. Bunga atrof binolarining tirbandligi ta‟sir ko„rsatgan bo„lsa kerak. Rekonstruktiv taxminlar qisman qurilmalar qoldiqlariga, qisman bu turdagi ancha ilgarigi inshootlar bilan, jumladan Xorazmning Ilgeldi mudofaalangan qo„rg„oni bilan taqqoslashga asoslanadi. Dehqonchilik aholisining oddiy qo„rg„onlari o„lchamlari bo„yicha katta emas va plani bo„yicha sodda. Ular juda yomon saqlangan. Ular egallagan hudud (buni imkon boricha ozgina qoldiqlar 105 bo„yicha kuzatish mumkin) 0,09 gektardan 0,60 gektargacha bo„lgan. Ularning planida ba‟zi umumiy qirralarni bilib olish mumkin. Odatda asosiy turar joy bilan bir qatorda ular bilan kompozitsion-planirovka aloqasida bo„lgan hashamdor xona- kaptarxona ham bo„lgan. Ko„pchilik qo„rg„onlarda bu ikki inshoot ro„parama- ro„para qo„yilgan va ular orasida bo„sh maydonda kichik bog„ bo„lganligini taxmin qilish mumkin, ehtimol, u bilan yonma-yon xo„jalik hovlisi joylashgandir. Ilk o„rta asrlar shahar tashqarisi qo„rg„onlariga nisbatan mo„g„ullargacha bo„lgan davr qo„rg„onlari turli xildaligi bilan, kontrast o„lchamlari bilan, yirik feodallarga tegishli bo„lgan katta qo„rg„onlarning turlicha ichki qurilishi bilan va oddiy dehqonlar qo„rg„onlarining ba‟zi tipologik o„xshashligi bilan farqlanadi. Bu davr turar joyi turlarini Qavat-qal‟a dehqonchilik aholisining oddiy qo„rg„onlarida va Xorazmning boshqa rayonlarida kuzatish mumkin. Bu vaqtda tarh qurilishining ikki prinsipi ishlab chiqiladi: 1) yopiq va yarim yopiq xonalarning almashinuviga ega yalpi qurilish; 2) xonalarning markaziy ochiq hovli atrofida joylashuvi. Birinchi tur kichik dehqon qo„rg„onlari uchun xrakterli. Bu uncha katta bo„lagan oilaning turar joyi bo„lgan. Hamma xonalarni ikki guruhga bo„lish mumkin: a) kirish yo„lagi, b) turar joy va xo„jalik xonalari. Farq faqat bu xonalarning guruhlanish xarakterida, kattaligida, ahamiyati va o„zaro joylashuvida bo„lgan. Qal‟a-ko„shk va yotoqxona-xonaqoh tarhi aniq ifodalangan o„qlar bilan simmetrik, keng markaziy xonali. Qavat qal‟a rayonining kichik turar joy- qo„rg„onlari va Xorazmning ancha keyingi oddiy turar joylar tarhi ham kirish yo„lagi, ham umumiy foydalanish xonalari, ham yashash va xo„jalik xonalariga ega bo„lgan. Ammo bu tarh qat‟iy simmetriklikdan mahrum, yashash va xo„jalik xonalari o„lchamlari bo„yicha turlicha, ularning joylashuvi kundalik xo„jalik ehtiyojlari va qulayliklariga bog„liq tarzda qo„yilgan. Markaziy xona ayvonga, ko„pincha boshqa xonalar ustida ko„tarilib turuvchi, deyarli yalpi tom bilan yopilgan ikki qatorli ayvonga aylangan. Ba‟zida tomdagi tuynuk orqali yoritiluvchi 106 usti yopiq xo„jalik hovlisi turar joyning markazi bo„lib qoladi. Boshqa hollarda bo„ylamasiga uzunlashtirilgan kirish yo„lagi markaziy xona o„rniga o„tgan. Islom dini tarqalishi bilan uyning erkaklar va ayollar bo„lmasiga ajratilishi boshlangan. Xorazm o„lkasida turar joy tarhi, maydonning yalpi qurilishi ko„rinishida, yopiq va yarim yopiq xonalarning almashinuvi bilan keng tarqalgan va oxirgi vaqtgacha muhim o„zgarishlarsiz saqlanib qolgan. Bu turdagi oddiy uylar bilan bir qatorda arablargacha bo„lgan davr ko„shklari turidagi mahobatli ikki qavatli uylar ham mavjud bo„lgan. Ularda ilk o„rta asrlar mudofaalangan turar joylarining an‟analari yashagan; ular tarhlarining shakli Berkut qal‟a vohasining katta ko„shklarini eslatadi; faqat tarhning markazlashgan xarakteri aniqroq ifodaga ega bo„lgan. Qadimgi Marv rayonidagi turar joy qal‟alari shunday, masalan, XII asrga tegishli kichik Qiz qal‟a paxsali binosining tarhining umumiy o„lchamlari va xonalarining joylashishi bo„yicha Yakka-parson tarhi bilan deyarli o„xshash. Marv va Termiz binolari ikki qavatli bo„lgan. Ilgariroq, VI-VII asrlarda hayotning shafqatsiz sharoitlari tufayli, yashash xonalari sokoldan tepa maydonga ko„chirilgan. Keyinchalik, XI-XII asrlarda teskari jarayon yuz bergan. Siyosiy xavfsizlik hissining kuchayishi yashash xonalarini ikkinchi qavatda ham saqlagan holda bino sokoliga ko„chirish imkonini bergan. Qavatlar orasidagi aloqa burchak xonalardan biridagi pandus yoki zinapoya bilan amalga oshirilgan. Markaziy gumbazli xona va uning atrofida joylashgan ikki perpendikular o„qlar bo„yicha guruhlangan xonalarga ega uyning planirovka usuli O„rta Osiyo turar joy binosi yotoqxona–xonaqoh turlaridan biriga asta-sekin singib borgan. Bunga qadimgi Termiz rayonidagi Sulton Saodat qabristonidagi honaqoh namuna bo„la oladi. Markaziy xona jamoa yig„inlari va bayram dasturxonlari tashkil qilishga mo„ljallangan. Ikki o„zaro perpendikular o„qlar maxsus kirish xonalari bilan ajratib ko„rsatilgan, burchaklarda katta va kichik yashash xonalari simmetrik joylashgan. Sulton Saodat kompleksidagi xonaqoh me‟morchiligida yangi motiv ham aniqlangan. Bu bino bosh tarzini belgilovchi keng kirish peshtoqidir. Markaziy gumbazli xona, o„zaro perpendikular o„qlarda joylashgan kirish xonalarining ikki jufti va odatdagidek ikki qavatda joylashgan burchak xonalar- 107 xujralarga ega tarh usuli asosan, bu vaqtda O„rta Osiyoning siyosiy va madaniy markaziga aylangan va me‟moriy didni rusum qilgan Buxoroda XVI-XVII asrlar xonakohida o„z davomi va rivojini topgan. Turar joy inshootlarida yalpi qurilish bilan bir qatorda ochiq hovlilar atrofiga xonalar qurilishi prinsipi ham rivojlangan. Ichki binolar xarakterini yetarlicha tasavvur qilish uchun boshqa, turi bo„yicha yaqin va yaxshi saqlangan inshootlarga murojaat qilamiz. Bu o„rta asr Xorazmining uncha katta bo„lmagan Qizilqum qumlariga chiqib qolgan qo„rg„on- istehkomi Dev qal‟adir. U toshdan qurilgan. Ichki qurilmalarning devorlari yorqin kuzatiladi. Xonalarning asosiy qismi yuqorida esga olingan Qavat qal‟a vohasining oddiy uylari tarhi bilan o„xshash. Ancha murakkab manzarani keyingi davrlar Xorazm qo„rg„oni - Ilgeldi namoyon qiladi. Uning ichki maydoni turar joy va xo„jalik hovlilariga bo„linadi, turar joy qismida esa, o„z navbatida, toza hovli xizmat ko„rsatish hovlisidan ajratilgan. Xorazmshohlar davri turar joy-qal‟asi mahobatli karvonsaroylarga o„xshash, ular jadal savdo faoliyatining bu davrida O„rta Osiyoning turli punktlarida, katta savdo yo„llarida bunyod etilgan. XII asrning ikki karvonsaroyini – Doya Xotin (Xorazmdan Xurosonga va Amudaryo sohili bo„yidagi Movaraunnahr yo„lida) va Raboti Malikni (Buxoro bilan Samarqand o„rtasidagi yo„lda) ko„rib chiqsak. Ularning tarhi atrofiga xonalar qurilgan va burchagi hamda o„rtasida burjlari bo„lgan devorlar bilan o„ralgan to„g„ri burchakli ochiq hovlidan iborat. Doya Xotinning yaxshi saqlangan tarhida keyingi, temuriylar davrida aniqlikka va o„z rivojiga erishgan xususiyatlar ma‟lum bo„ladi. Tashqaridan o„rta minoralar va kirish ravog„i joylashgan ikki o„zaro perpendikular o„qlar ichki hovlida, shuningdek planda qanday bo„lsa, hovlining me‟moriy-fazoviy tuzilishida ham xuddi shunday bo„rtmalar va ravoqlar bilan belgilangan. Afrigidlar davrida ko„shk ega bo„lgan ahamiyatni Xorazmshohlar davrida kaptarxonada ko„ramiz. Bu tarhda, odatda, cho„zilgan shakldagi bir yoki ikki qavatli inshootdir. Ichki devorlar kichik tokchalar bilan butunlay qoplangan. 108 Chamasi, kaptarxona - bir vaqtning o„zida anchagina qimmatbaho xo„jalik-maishiy predmetlarining saqlanadigan joyi sifatida ham foydalanilgan. Ularning farqini bu ikki davrning tafovuti yorqin namoyon qiladi. Afrigid ko„shki, eng avvalo, asosiy xo„jalik-turar joy inshooti, ammo shu bilan birga u kuchli mudofaalangan. Bu jihat uning tarhi va tashqi ko„rinishida aks etadi. U mudofaalangan devorlar ichida joylashgan baquvvat stilobat ustida bunyod etilgan va tarhda ixcham shaklga ega. Xorazmshohlar davridagi kaptarxona, shuningdek asosiy xo„jalik-turar joy xonasi, ammo harbiy himoyadagi zarurat yo„qolgan va uning uchun u ko„pincha qal‟a chekkasiga olib chiqilgan. Shunday bo„lsada bu ikki turdagi binoni bog„lovchi belgilar saqlanib qolgan. Har bir qal‟a ichida kaptarxona bor va u albatta minorada joylashgan. Agar kaptarxona qal‟adan tashqariga olib chiqilsa, u albatta balandligi bo„yicha atrofdagi bir qavatli binolardan ko„tarilib turishi uchun ikki qavatli qilib qurilgan. Kaptarxona qolgan qurilmalarga nisbatan ancha mustahkam va puxta qilib qurilgan, ko„shk-donjon uni o„rab turgan binolardan baquvvatroq bo„lgani kabi (shuning uchun ko„pchilik kaptarxonalar bizning kunlargacha yetib kelgan, oddiy turar joylar esa buzilib ketgan). Kaptarxona devorlari, ko„shk devorlari kabi, yarim ustunlar bilan bezatilgan, binoning o„zi esa cho„zilgan bo„lgan. Bu yerda xorazmshohlar davri qal‟alari ta‟siri ko„rinadi, hamma qo„rg„onlardagi kaptarxonaning bir xil kengligi esa, chamasi, oddiy yog„och qoplamaning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan bo„lsa ajab emas. Xonalar ichidagi tokchalar amaliy vazifaga va dekorativ talqinga ega bo„lgan. Bunday tokchalar O„rta Osiyo uylarida oxirgi vaqtgacha saqlangan. Hashamdor xonalar devorlarini bezatishning o„ziga xos usuli bo„lgan tokchalarning dekorativ ahamiyatini zamondoshlar guvohliklari tasdiqlaydi. Masalan, 1333 yilda Urganchga kelgan Ibn Battuta, boy shaharlikning qabulxonasini shunday iboralar bilan qayd etadi: “Men u bilan qabulxonasiga, ajoyib qabulxonalardan biriga kirdim, unga serhasham gilamlar solingan, uning devorlari matolar bilan bezatilgan, devorlarda ko„plab tokchalar, va ularning har biriga zarhalli kumush idishlar va Eron idishlari qo„yilgan - bu mamlakat aholiisining udumi shunday - 109 o„z uyini bezatish”. Bu guvohlik hozirda “kaptarxona” nomi bilan ma‟lum bo„lgan xonalarning ichki ko„rinishini rekonstruksiyalash imkonini beradi va bu binolar hamda tokchalarning vazifalarini belgilash bilan bog„liq holda yuzaga kelgan tushunarsiz savollarni hal qiladi. Ularni aslzoda feodallar turar joy-qal‟alari namunalari bo„yicha tashqaridan bezatishga bo„lgan intilish ham bu binolarning hashamdor xarakterini ko„rsatadi. Kaptarxona tashqi devorlarini ishlash usullari turlicha. Agar bino tarhda to„g„ri burchakli yoki burchak bilan egilgan bo„lsa, uning devorlari ba‟zan burma qilib ishlangan; boshqa hollarda kaptarxona yirik qal‟alar burjlarining namunalari bo„yicha burjlar bilan ta‟minlangan yoki butun inshoot minoraviy xarakter kasb etgan (qadimgi Xorazmdagi Qizilchi-qal‟a va Qo„narli qal‟a yaqinidagi kaptarxonalar kabi). Butunlay tokchalar bilan bezatilgan ichki devorlarga ega bu kabi hashamdor xonalar yirik turar joy-qal‟alarida, odatda burchak burjlaridan birida ham bo„lgan. Burchak burjlaridan birini tokchalar bilan bezatish an‟anasi keyinchalik ham bu usulning maishiy ahamiyati unutilgan vaqtda ham eskicha tarzda saqlangan. Tokchalar ko„pincha qushlar tomonidan uyalar qurish uchun foydalanilgan, shundan binolarning o„zi ham hozirgi kaptarxona nomini olgan. O„rta Osiyoning ancha keyingi turar joy binosidagi kaptarxona bilan mehmonxonani - odatda boy bezatilgan va ba‟zan ikkinchi qavatda joylashgan, ya‟ni turar joyning qolgan hamma xonalaridan ajratilgan, mehmonlarni kutish xonasini taqqoslash mumkin. Xorazmshohlar davridagi katta feodal qo„rg„onlarining planirovkasini ko„rib chiqadigan bo„lsak, ilgarigi afrigid-sosoniylar davri bilan taqqoslaganda kattagina o„zgarishlar yuz bergan. Ko„shk kaptarxonaga aylantirilgan, uning planirovkasi soddalashgan. Xonalar vazifasini o„zgartirish yuz bergan. Kaptarxona oddiy xonalardan biri bo„lib qolgan; ochiq hovli atrofidagi oddiy xonalar asosiy xonalarga aylangan. Aralash xonalarning yaxlit massivi o„rniga binoning boshqa turi – yashash va xo„jalik xonalari bilan o„ralgan ochiq hovlili qal‟a yuzaga kelgan. Shu bilan bir qatorda, Xorazmshohlar davrining mayda qo„rg„onlarida eski tip saqlangan, ya‟ni bir tom ostida bir necha xonadan iborat turar joy guruhi; faqat 110 ichki planirovkada yangi hayotiy sharoitlar bilan paydo bo„lgan o„zgarishlar kiritilgan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling