Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


115 
V-BOB. TEMURIYLAR VA SHAYBONIYLAR – O„ZBEK XONLIKLARI 
DAVRIDA O„RTA OSIYO SHAHARLARI 
 
1. Amir Temur va temuriylar davri
XIII asr boshida O„rta Osiyo bir qancha muddat uning madaniy hayoti rivojini 
to„xtatib qo„ygan fojeani-mo„g„ul istilosini boshdan kechirdi. Mamlakat talon-taroj 
qilindi, shahar va qishloqlar vayron qilindi. 1220 yilda Buxoro va Urganch, 1221 
yilda Balx va G„azna mo„g„ullar zarbasi ostida qoldi. Ammo shaharlarni vayron 
qilib, qarshilik ko„rsatgan bosqinchilar ularning tiklanishiga to„sqinlik qilmadi. 
Eski binolar vayronalari o„rnida yangilari paydo bo„ldi. Yo„llar va ko„priklar 
tartibga keltirildi. 
Bosqinchi-ko„chmanchilar zabt etilgan shahar markazlari va o„troq, muqim 
yashovchi aholidan o„zini chetda tutdi. Asta-sekin, ishlab chiqarish kuchlarining 
rivoji sababli mo„g„ul aslzodalari ko„chmanchi turmush tarzidan voz kechdi va 
mahalliy feodal tabaqalar bilan birlashdi. Mo„g„ul-bosqinchilarning shahar 
sharoitiga o„tishi shahar ahamiyati va rolini oshirdi. 
XIV asr o„rtalarida feodal tabaqalanishni bartaraf qilish jarayoni ro„y berdi. 
Savdo daromadlarida ishtirok etuvchi shaharlik savdogarlar, ko„plab yirik yer 
egalari, hunarmandlar kabi, har biri o„zicha kuchli hokimiyat yaratishga, savdoni 
qaroqchilar hujumlaridan va feodal hokimlarning o„zboshimchaligidan himoya 
qilishga manfaatdor edilar. Feodal-amir va beklarning alohida mustaqil o„lkalari 
o„rnida Amir Temurning kuchli davlati yuzaga keldi. Bu asosan poytaxt 
Samarqand va Amir Temurning vatani - Shahrisabz bilan birga Movarounnahr edi. 
Bu viloyatlarda dehqonchilik bilan shug„ullanuvchi aholi yashagan, feodal 
janjallari davrida tashlandiq holga tushgan irrigatsion sistema tiklangan, yangi 
hududlar o„zlashtirilgan va sug„orilgan, yangi dehqonchilik madaniyatlari joriy 
qilingan, ancha mashhur shaharlar (Bog„dod, Sultoniya, Sheroz) nomlari berilgan 
yangi qishloqlarga asos solingan. Zabt etilgan mamlakatlardan olib kelingan 
malakali ustalar yordamida mahobatli ulkan saroy va ibodat binolari bunyod 


116 
etilgan. Samarqandni dunyo savdo-hunarmandchilik markaziga aylantirish uchun 
qat‟iy choralar ko„rilgan. 
Somoniylar davridayoq Samarqand Buxoro bilan bir qatorda taraqqiy qildi. 
Afrosiyob tepaligida joylashgan shahriston chegaralari torlik qilib qoldi. Shahar 
janubga tomon kengaydi. Ularning kesishish tuguni asta-sekin shahar chekkasi-
rabodning markazi bo„lib qoldi. Bu yerga hunarmandchilik va savdo eski yo„qolib 
borayotgan ma‟muriy markaz-shahristonga nisbatan ko„proq aholini o„ziga jalb 
qildi. Amir Temur shaharni Afrosiyob tepaliklaridan ko„chirish bilan ungacha 
bo„lib o„tgan arxaik shahristonning yangi tipdagi keng yastanib yotgan shaharga 
aylanish jarayonini faqat yakunladi. U shaharni obod qilish va bezatishda katta
jonbozlik ko„rsatdi. Bu yerga zabt etilgan yerlardan ustalar va hunarmandlar 
yuborildi.
Temuriylar davrida yirik va ko„rkam shaharlar qurilishi davlatning asosiy 
vazifalariga kirgan. Amir Temur va uning vorislari saltanat shaharlarini 
rivojlantirishga va dunyoda ularning mavqelarini ko„tarishga katta e‟tibor 
berishgan. Bu ishga juda katta mablag„ va turli davlatlardan ko„plab ishchi kuchlari 
jalb etilgan. Temuriylar davrida Turkiston hududida bunyodkorlik yuqori 
cho„qqilarga ko„tarildi. Biz buni Samarqand, Toshkent va Buxoro shaharlari 
misolida ko„rishimiz mumkin. 
Temuriylar davrida ayniqsa mamlakat poytaxti Samarqand shahri gullab - 
yashnagan. Shahar O„rta Osiyoning boshqa shaharlari kabi uch: Ark, Hisor va 
Raboddan iborat bo„lgan. Ark shaharning g„arbiy qismida joylashgan. U 
mustahkam qo„rg„ondevorlar bilan o„ralgan edi. Ko„pchilik qurilmalar asosan Ark 
va Hisor ichkarisida barpo bo„lgan. Arkda to„rt qavatli Ko„ksaroy, Bo„stonsaroy 
bog„i, xokimiyat binolari, qurol-yarog„ ustaxonalari, g„azna, zarbxona va boshqalar 
qurilgan. Hisorda esa yirik arxitekturaviy majmualar, Registon maydoni, bozorlar, 
hunarmandchilik ustaxonalari, hammomlar, turar-uylar va boshqalar joylashgan. 
Shaharga asosan olti: Firuza, So„zangaron, Korizgoh, Chorsu, Shahzoda va Ohanin 
darvozalari orqali kirilgan. Bu taniqli darvozalardan tashqari ichki ehtiyojlar uchun 
Toshkentda bo„lgani kabi Samarqandda yana bir qancha kichik darvoza (eshik) lar 


117 
bo„lgan deb faraz qilish mumkin. Asosiy radial yo„nalishdagi ko„chalar shahar 
markazida kesishgan va bu joylar juda gavjum bo„lgan. Registon maydoni ham shu 
yerda bo„lib, bu yerda Mirzo Ulug„bek bir necha majmuaviy imoratlar qurdirgan. 
Registondan tarqalgan asosiy ko„chalar bo„ylab bozor, savdo rastalari, toqlar va 
hunarmandchilik ustaxonalari joylashtirilgan edi. Shaharga kiraverish darvozalari 
bo„ylab yirik bog„lar barpo etilgan edi. Shu orqali Samarqand shahriga kelayotgan 
har bir inson betakror bog„lar qo„ynidan o„tib jannatmakon yurtga kelayotganligini 
xis qilib turgan.
Shaharda katta-katta hovuzlar qurilib, ular atrofida jome masjidlari
ziyoratgoh majmualar, minoralar, xujralar, maktablar va boshqalar joylashtirilgan.
Samarqandda aholining ko„plab to„planishi yirik qurilish ishlari sababli 
bo„lgan. Amir Temur davrida Samarqand uzoq vaqtgacha o„z ahamiyatini saqlab, 
O„rta Osiyoning yirik hunarmandchilik va savdo-sotiq markaziga aylangan. 
Temuriylar davri uchun shahar planirovkasida o„z aksini topgan 
hunarmandchilik mutaxassisligining tor ixtisoslashuvi xarakterlidir. “Hunarning 
har bir turi o„zining alohida bozoriga ega”, deb qayd qiladi sulton Bobur Mirzo XV 
asr Samarqandini ta‟riflab. Shaharning turar joy rayonida butun bir kvartallar bir 
mutaxassislikdagi hunarmandlar guruhlari bilan to„lgan.
Savdo-sotiqni to„g„ri tashkillashtirish uchun shahar ichida va tashqarisida 
katta-katta ochiq maydonlar kerak bo„lgan. Bu yerda bo„lgan ispan elchisi Klavixo 
ochiq maydonlar haqida quyidagilarni yozib qoldirgan: “Shaharda ko„plab 
maydonlar bo„lib, bu yerlarda go„sht ... tovuq va qushlar, non va mevalar va 
boshqalar sotiladi. Hammasi top-toza va ozoda. Maydonlar kechayu kunduz 
odamlar bilan to„la va savdo-sotiq avjida”. Klavixo bu maydon va savdo 
punktlarining joylashgan o„rnini aniq ko„rsatmaydi, ammo, shubhasiz, Buxoro, 
Farg„ona, Shahrisabzga olib boradigan yo„llarning kesishuvi markaz hisoblangan 
(hozirgi Registon maydoni). Bu chorraha qadimdan Chorsu gumbazli savdo rastasi 
bilan qayd qilingan. Bu yerga qo„rg„on bosh darvozalaridan yo„l ketgan. Bu 
yerdan shimoli-sharqqa, Bibixonim jome masjidi oldiga, chamasi, asosiy bozor 
chizig„i cho„zilgan. 


118 
Samarqand shahrida ilk bor Amir Temur zamonasida usti yopiq savdo 
ko„chasi bunyod etilgan edi. Bu haqda ham Klavixoning kundaligida o„qiymiz: 
“Samarqandda Xitoy, Hindiston, Tatariston va boshqa joylardan keltirilgan yoki 
Samarqandning o„zida ishlab chiqilgan turli xil mahsulotlar har yili sotiladi. 
Barcha mahsulotlarni sotish uchun shaharda joy kamlik qilgani uchun, podshoh 
butun shahar bo„ylab keng savdo yo„li o„tkazishga va uning ikki tarafida savdo 
rastalari joylashtirishga buyruq beradi... Bu yo„l usti yopilib, ba‟zi joylaridan 
yorug„lik tushishi va havo aylanishi uchun darchalar qoldiriladi. Yo„l bo„ylab 
ma‟lum masofalarda hovuzlar bunyod etiladi”.
Bu qayta qurilgan ko„chani taxminan Chorsu savdo gumbazi va Bibixonim 
jome masjidi yaqinidagi Ohanin qo„rg„on darvozalari orasidagi maydon deb 
taxmin qilish mumkin. Ehtimol, u qarama-qarshi tomonga ham, ilgari Chorsu 
darvozalari deb nomlangan Buxoro darvozalarigacha davom etgan bo„lishi
mumkin. V.Vyatkinning fikricha, Buxoro darvozalari yonida boshqa Chorsu savdo 
gumbazi bo„lgan, ular ko„pincha shu nom bilan atalgan. Har holda Ohanin va 
Buxoro darvozalari orasidagi yo„l Buxorodan Farg„onaga ketgan muhim yo„nalish 
bilan to„g„ri kelib, Samarqandning asosiy magistrali bo„lgan. 
Hunarmandlarning anchagina qismi bozorda ishlagan. Ba‟zi hunarmandlar 
Samarqand sitadelida qurol ishlab chiqaradigan ustaxonalarda ishlagan. 
Ularlarning ma‟lum qismi saroy idoralariga, aniqrog„i ularni boshqaruvchi 
shaxslarga feodal qaramlikda bo„lgan. Ammo har holda eski, Amir Temurgacha 
bo„lgan Samarqandning o„lchamlari hech qanday darajada hunarmandchilik ishlab 
chiqarishi va savdo ehtiyojlariga muvofiq kelolmagan. Katta planirovka ishlari, 
shaharning butun bir maydonlarini buzish, eski ko„chalarni kengaytirish va 
yangilarini o„tkazish kerak bo„lgan. 
Ammo savdo va ishlab chiqarish hayotini ko„tarish bo„yicha tadbirlar bilan 
bir qatorda Amir Temur Samarqandni dunyoning munosib poytaxtiga aylanishiga 
katta ahamiyat bergan, bunday orzu hech qachon uni tark etmagan. Poytaxtning 
shuhratini oshirish maqsadida u Samarqandni o„rab turgan qishloqlarga buyuk 


119 
shaharlar nomini berib, ramziy tadbirlarga tayangan, zabt etilgan mamlakatlarning 
eng yaxshi usta va me‟morlarini jalb qilgan holda yirik qurilishlarni olib borgan. 
Amir Temur davri va uning yaqin vorislari davrida qurilgan asosiy binolarni 
tadqiq qilib, shahar qurilishlariga qo„yilgan umumiy kompozitsion-planirovka 
g„oyalarini sezish mumkin. Alohida mahobatli binolar guruhlarga birlashtirilgan. 
Guruhlardan har biri muhim chorrahalarni belgilagan gumbazli binolarga ega 
qubbalar bilan yopilgan savdo magistrallari bilan bog„lanib, biri ikkinchisiga 
ma‟lum bir munosabatdadir. Temuriylar davridan saqlanib qolgan mahobatli 
inshootlar qoldiqlarini o„rganib, yozma manbalarga murojaat qilib, vayronalarni 
rekonstruksiya qilib, bu davrdagi Samarqandning me‟moriy-kompozitsion 
qiyofasini qayta yaratish mumkin.
Shahar sitadeli - Amir Temur qarorgohi shahar g„arbiy chegarasi yonida
tepalikda joylashgan. Sitadel 8 m gacha balandlikdagi paxsa devor bilan o„ralgan. 
O„zining tashqi g„arbiy qismida u Xorazmdagi Guldursun yoki Qavat-qal‟a 
qo„rg„on devorlari kabi ikki qatorli bo„lgan. Sitadelda sharqiy va janubiy 
devorlarda ikki darvoza bo„lgan. Sharqiy darvozalar oldida Registon maydoniga 
olib boruvchi ko„chaga chiqadigan ko„prik bo„lgan. Sitadel ichida yengil turdagi-
paxsali va sinchli oddiy binolar bo„lgan. Ular orasida kattaligi va mahobatliligi 
bo„yicha saroy va ibodat binolari ajralib turgan: eng avvalo to„rt qavatli Amir 
Temur saroyi - Ko„k Saroy, har tomondan ko„rinib turuvchi saroy allaqachon yo„q 
bo„lib ketgan. Hatto uning aniq joylashgan o„rni ham noma‟lum. Sharqiy 
darvozalar yaqinida Nuriddin Basir xonaqohi, janubroqda shayx Burxoniddin 
Sag„orjiy maqbarasi joylashgan. 
Samarqand sitadeli shaharning hukumat markazi bo„lgan. Shaharning rejaviy-
kompozitsion markazi Registon maydoni bo„lgan. X asrdayoq bu maydonga aholi 
ko„chib kela boshlagan. Amir Temur davrida Registon maydonida, shaharning 
geometrik markazida va oltita darvoza tomon tarqaluvchi asosiy magistrallarning 
kesishish joyida, keyinchalik Mirzo Ulug„bek davrida mashhur bo„lgan, sulton 
Bobur Mirzo tomonidan ta‟riflangan xonaqoh, XVII asrda esa Sherdor madrasasi 
qurilgan joy yaqinida o„n sakkiz qirrali savdo gumbazi - Kulohfurushon Timi 


120 
(bosh kiyimlar sotuvchilari) qurilgan. Arablardan keyingi shahar tipik 
kompozitsiyada 
shakllangan: 
shimoli-sharqdan 
janubi-g„arbga, 
Ohanin 
darvozasidan Chorsu (Buxoro) darvozasigacha shaharni Buxorodan Farg„onaga 
boruvchi asosiy savdo magistrali kesib o„tgan. G„arbdan janubi-sharqqa sitadel 
darvozalaridan Feruza darvozalarigacha Amir Temur qarorgohini uning vatani-
Shahrisabz shahri bilan bog„lovchi ikkinchi magistral o„tgan. Bu ikki 
magistrallarning kesishuvi gumbazli savdo inshooti bilan belgilangan. Bu 
shaharning asosiy negizi, uning hayotiy markazlarining o„chog„i bo„lgan. 
Anchagina toza ko„rinishda bu sxema Amir Temur poytaxtlaridan birida-
Hirot (shimoliy Afg„oniston)da saqlangan. U yerda, shaharning geometrik 
markazida, ikki asosiy ko„chalarning kesishish joyida Chorsu savdo gumbazi 
bo„lgan. U eski sitadel o„rnida qurilgan, sitadeldan savdo joylari va karvonsaroylar 
qurilgan asosiy magistrallar to„rt darvoza tomon olib borgan. Samarqandda, asosiy 
magistrallardan tashqari Korizgoh, So„zangaron va Hayrobod darvozalariga olib 
boruvchi kamroq ahamiyatdagi yana uch magistral bo„lgan. Shunday qilib, 
Registon maydoni Amir Temur davridanoq shaharning me‟moriy-kompozitsion 
markaziga aylangan. Ikki boshqa markaz shaharning qarama-qarshi chekkalarida
shakllangan: biri temir darvozalar (Ohanin) yonida, bu – Amir Temurning 
Bibixonim jome masjidi va uning qarshisida joylashgan, bizgacha yetib kelmagan 
Bibixonim madrasasi. Bosh ibodat binosining eski, Amir Temurgacha (Afrosiyob 
manzilgohida) va yangi shahar chegarasida joylashuvi xarakterlidir. Bu guruh 
shaharning bosh ko„chasini boshlagan, bu ko„cha o„zining ikkinchi yarmi bilan 
shaharning boshqa bosh markaziga - Go„ri Amir maqbarasi va uning yonida 
guruhlangan Amir Temur nabirasi Muhammad Sulton xonaqohi va madrasasiga 
yo„naltirilgan. Registon maydoni Amir Temurning yaqin izdoshlari davrida tubdan 
qayta qurilgan. 
Mirzo Ulug„bek davrida tim o„rnida XV asrning 20-yillarida ulkan xonaqoh 
qurilgan, sulton Bobur Mirzo so„zlariga ko„ra, u o„z o„lchamlari bo„yicha bu 
turdagi hamma mavjud binolardan katta bo„lgan. Bir necha yillar ilgari (1417-1420 
yillar orasida) xonaqoh qarshisiga bizning kunlargacha o„zining ba‟zi qismlarini 


121 
jiddiy yo„qotishlar bilan yetib kelgan madrasa qurilgan. Shimolda XVI asrgacha 
mavjud bo„lgan va XVII asrda Tillakori masjid-madrasasi bilan almashgan 
Mirzoyi karvonsaroyi joylashgan. Butun guruhning janubiy qismini jome masjidi 
egallagan, uni XV asrning 30-yillarida katta amaldor Alika Ko„kaldosh qurdirgan. 
Bu binolar ichidan bizgacha faqat madrasa yetib kelgan xolos. Boshqa qoldiqlar 
qolmagan. Shuning uchun biz Mirzo Ulug„bek davridagi Registonni juda shartli 
ravishda to„rt tomondan masjid, madrasa, xonaqoh va karvonsaroy mahobatli 
binolari bilan o„ralgan to„g„ri burchakli maydon sifatida tasavvur qilishimiz 
mumkin. 
Samarqandning Registon maydoni XVII asrda, vayron bo„lgan xonaqoh 
o„rnida Sherdor madrasasi, bozor o„rnida esa Tillakori madrasasi paydo bo„lganda 
radikal tarzda qayta qurilgan. Chorsu savdo gumbazi endi, maydondan sharqqa 
surilgan va butun majmua gumbazli inshoot bilan belgilangan savdo chorrahasidan 
hamda uch madrasa bilan o„ralgan to„g„ri burchakli maydondan iborat va bu bilan 
u qandaydir ikki taraflamalik kasb etgan. 
Shunday qilib Amir Temur tomonidan yangi joyga ko„chirilgan Samarqand 
o„z mavjudligining birinchi o„n yilligidayoq ma‟lum kompozitsion-rejaviy 
tuzilishini oldi va asrlar davomida ba‟zi dastlabki shakllantirilgan me‟moriy 
qirralarni saqlab qoldi. 
Amir Temur boshchiligidagi Movarounnahr nasliy avlodining puxta va 
mustahkam markazlashgan davlat tuzishga qodir emasligi ma‟lum bo„ldi. Amir 
Temur davlati o„z-o„zidan parchalanishga yuz tuta boshladi. Chingizxon 
tomonidan O„rta Osiyoda yo„lga qo„yilgan davlat hududini soliq o„lpon 
boshqaruviga taqsimlash sistemasi Amir Temur davridayoq, ulkan hududlarni 
nazoratsiz boshqaruvga olgan ayonlar va sarkardalar orasida separativ an‟analarni 
keltirib chiqarib, yanayam rivojlantirgan edi. Amir Temurning o„limidan keyin 
mamlakat o„zaro nizolar va feodal janjallarini boshdan kechirdi. XV asr boshida 
Amir Temurning o„g„li Shoxruh Hirotni o„z qarorgohi qilib tanladi. Shahar 
vaqtinchalik, Samarqanddan keyin ikkinchi madaniy markazga aylanib, obod 


122 
bo„ldi va kengaydi. Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug„bek poytaxtni yangidan 
Samarqandga qaytardi. XVI asr arafasida temuriylar davlati yo„q bo„ldi.
Boshqa bir yirik shahar Toshkentning qo„rg„on devorlari mo„g„ullar istilosi 
davrida buzilib, yo„qolib ketgan. U boshqa shaharlar kabi o„lcham jihatidan ham 
kichiklasha borgan. Temuriylar davriga kelib shaharlar tiklanib, savdo-sotiq 
rivojlangan.
Toshkent shahri temuriylar davrida yangi qo„rg„on devorlar bilan o„ralib, 
shaharga 12 ta darvozalar va bir qancha qopqalar orqali kirilgan. Shahar 
odatdagiday uch qismdan: Ark, Hisor va Raboddan iborat bo„lgan. Toshkent 
shahrining strukturaviy tuzilishi radial yo„nalishdagi ko„chalar orqali belgilangan. 
Shahar markazida Ark va Registon mavjud bo„lgan. Shahar qo„rg„on devori, 
darvozalari va qopqalari hozirgi kungacha saqlanib qolmagan.
Shaharni birqancha qal‟asifat majmualar himoya qilib turgan. Bu majmua 
“chaqar” deb atalgan. Bu nom bilan ataluvchi joylar boshqa shaharlar, jumladan, 
Samarqand, Qarshi kabi shaharlarda ham uchraydi. Bu termin asosan XIV-XV 
asrlarda keng tarqalgan. Chaqarlar shaharlarga kirishda muhim o„rin tutgan. 
Toshkentda chaqarlar bir nechta bo„lgan.
Toshkent darvozalari: Qiyot, Turk, O„zbek, Taxtapuli, Qorasaroy, Chig„atoy, 
So„g„boniyon, Ko„kcha, Kamondaron, Qang„li, Beshyog„och va Qatag„on
kabi nomlarga e‟tibor bersak, ko„proq ularning urug„-qabila nomlari bilan 
atalishini ko„rishimiz mumkin. Shahar mudofaa devorining ichki qismi, ya‟ni 
shahar hududi bir necha mahallalarni o„z ichiga olgan to„rt dahadan iborat bo„lgan: 
Sebzor, Ko„kcha, Shayxontahur va Beshyog„och. Dahalar ular bo„ylab ketgan 
kichik ko„chalar orqali ajralib turgan. Har bir daha bir necha mahalla va 
mavzelarni o„z ichiga olgan. Shaharning topografik tuzilishida ko„chalar ham 
muhim ahamiyat kasb etgan.
Muhammad Solihxo„ja o„zining “Tarixi jadidayi Toshkand” asarida “ko„cha” 
va “roh” so„zlarini tilga oladi. Shahar ichi bo„ylab ketgan odatiy ko„chalar 
asosiylarga va ularning tarmoqlariga bo„lingan. Shahardagi asosiy ko„cha – bu 
Chorsu bozorida tutashuvchi to„rt ko„cha bo„lib, ular to„rt daha bo„ylab tarqalgan. 


123 
“Roh” (yo„l) termini shahardan tashqariga olib chiquvchi yo„l ma‟nosida 
ishlatilgan. Ular shahar darvozasi orqali shaharga kirish va chiqish ko„chasi 
bo„lgani uchun ham oddiy ko„chaga qaraganda ancha keng va serqatnov bo„lib, 
odatda xonlar, amaldorlar, elchilar hamda savdo karvonlari shu ko„chalardan 
yurgan. Shaharda savdo karvonlari uchun mo„ljallangan yirik karvonsaroylar 
qurilgan. Ular asosan Registonda va Chorsu bozori atrofida joylashtirilgan. 
Karvonsaroylar madrasa va masjidlar vaqfi bo„lgan. Shuningdek, shahar markazida 
hammomlar qurilgan.
Buxoro qadimiy shaharlardan biri hisoblanib, qo„rg„ondevorlar bilan o„ralgan 
va 11 ta shaharga kirish darvozalari bo„lgan. Ular Samarqand, Imom, O„g„lon, 
Talipach, Shergaron, Qorako„l, Shayx Jalol, Namozgoh, Sallaxona, Qarshi va 
Mozor kabi nomlar bilan atalgan. Darvozalar orqali kiruvchi yo„llar asosiy yo„llar 
hisoblanib, birmuncha keng bo„lgan. Shahar markaziga eltuvchi bu yo„llar bo„ylab 
savdo inshootlari va hunarmandchilik ustaxonalari barpo etilgan.
XIV-XV asr shaharlari topografiyasiga nazar tashlasak, unda mudofaa 
devorlari, darvozalar, maydonlar, mahallalar, ko„chalar, mavzelar, turar-uylar, 
ma‟muriy-maishiy inshootlar, sug„orish tizimlari, bog„lar va radial yo„nalishdagi 
ko„chalar shaharlar tuzilishini belgilab bergan. 
Temuriylar davri shaharsozligi oldingi davr shaharsozligiga tayangan. Bu 
davr shaharlari topografiyasi shuni ko„rsatadiki, shaharlar strukturaviy tuzilishiga 
ko„ra uch qismdan: Ark, Hisor va Raboddan iborat bo„lgan. Shaharlarda 
mustahkam devor va jarlik bilan o„ralgan Arklar mavjud bo„lgan. Arklarda 
saroylar, kazarmalar, qamoqxonalar va boshqaruv binolari joylashgan edi. Hisor 
muhofazasiga alohida e‟tibor berilgan. Bu joy shaharning eng gavjum joyi 
hisoblangan. Hisorda jome masjidlar, ziyoratgoh majmualar, bozorlar, 
hunarmandchilik ustaxonalari, shahar aholisining turar-uylari mavjud bo„lgan. 
Shahar tashqarisiga qarab savdo va hunarmandchilik ko„chalari tarqalgan. Qolgan 
bo„sh yerlarda saroylar, bog„lar, madaniy va diniy inshootlar bunyod etilgan. 
Shaharlarga darvozalar va qopqalar orqali kirilgan. Shahar tashqarisi rabod deb 


124 
atalgan. Bu yerda bog„lar, dehqonchilik qiladigan mavzelar va dala hovlilari 
joylashgan. 
XV asrdagi ijodiy g„oyalarning eng yuksak yutuqlaridan birini 
arxitekturaviy majmualar tashkil etgan. Ular aksariyat hollarda katta shaharlarda 
yaratilgan, bu yirik shaharlardagi qurilish yirik masshtabli qurilishni o„ziga 
singdirgan g„oyalarga yo„l ochib bergan va bu g„oyalar amaliyotga tadbiq etilgan. 
Ularning eng yorqin namunalari davlatning poytaxt markazlarini temuriylar 
hukmronligidagi markazlarni yanada ko„rkamlashtirgan.
“O„zbekiston tarixiy shaharlarining boshqa hududlardagi qadimiy 
shaharlardan ajratib turadigan jihatlaridan biri shundan iboratki, bu yerdagi 
me‟moriy obidalarning aksariyat qismi uyg„unlashgan imoratlar guruhi – 
me‟moriy ansambllar shaklida bunyod etilganligidadir” – deb yozadi professor 
M.Q.Ahmedov.
Amir Temur va Mirzo Ulug„bek davrlaridagi me‟morlarning san‟ati shundaki, 
ular yangi binolarni tiklashda ularning mavjud bo„lgan binolar bilan o„rtasidagi 
o„zaro 
bog„liqlikni 
hisobga 
olishgan, 
ularni 
oqilona 
ravishda 
muvozanatlashtirganlar. Shuning uchun badiiy uslubning go„zallik bo„yicha 
takrorlanmas arxitekturaviy majmui vujudga kelgan, unda arxitekturaviy shakllar 
va dekorlarning turli-tumanligida bus-butunlilikning arxitekturaviy garmoniyasiga 
erishilgan. Monumental majmualarni yaratishda XIV – XV asr me‟morlari yagona 
o„qda yotuvchi ikkita binoni bir-biriga qaratib qurishdek eng sodda usulni ishtiyoq 
bilan qo„llashgan: bu ikki bino baland peshtoqlarga ega bo„lgan, ularning birinchisi 
mavjud bo„lib, ikkinchisi go„yoki birinchisining ko„zgudagi aksidek namoyon 
bo„ladi, lekin ular kompozitsiyasi bilan bir-biridan farq qiladi va shu bilan bir 
qatorda o„zaro muvozanatlashgan. Bunday uyg„unlik “qo„sh” deb ataladi.
Temuriylar davri uchun magistral - o„qli kompozitsiyaga ega bo„lgan 
majmualar xarakterli bo„lib, ular umumiy harakatni yo„naltiruvchi ko„chalarning 
ikki tomoni bo„ylab joylashtirilgan. Hirot, Samarqand va boshqa yirik 
shaharlardagi bosh bozor magistrallarining qurilishi toq-gumbazli sistemalarning 
o„zaro bog„lanishini aniqlab bergan.


125 
Mirzo Ulug„bekning bunyodkorlik faoliyati ikki yo„nalishdan iboratdir. 
Birinchisi, bu masjid, madrasa, karvonsaroy, hammom, maqbaralar kabi yangi 
imoratlar qurilishi bo„lsa, ikkinchisi bitmay qolgan imoratlar majmuasini 
yakunlangan shakliga keltirishdan iboratdir. Go„ri Amir majmuasiga to„xtaladigan 
bo„lsak, ma‟lumki u yerda XV asr boshlarida Muhammad Sulton madrasasi va 
xonakohi bo„lgan. So„ng, Amir Temur suyukli nabirasi sharafiga maqbara 
qurilishini boshlab yuborgan. Mana shu oxirgi imorat tugallanmay qolganligi 
tufayli majmua kompozitsiyasi poyoniga yetmay qolgan. Mirzo Ulug„bek 1424 
yilda maqbaraning kunchiqar tomonidagi devori tomonidagi ziyoratxona tarzidagi 
yo„lakni soldirib madrasa, maqbara va xonakoh o„rab turgan murabba maydonning 
old tarafiga go„zal peshtoq bunyod ettirdi. Hovli burchaklarida to„rtta ikki 
oshyonlik minoralar tiklab uch inshootni yaxlit me‟moriy ansambl holiga keltirdi.
Mirzo Ulug„bekning bobosi Amir Temur davrida boshlanib tugallanmay 
qolgan ishni poyoniga yetkazishdan iborat bo„lgan ikkinchi ishi ham me‟moriy 
ansambl yaratishdan iborat. Chunonchi, Shohi zinda qabrgohining bugungi 
kompozitsion tuzilishi Abdulaziz nomidan qurilish qismi binolari guruhi qad 
ko„targandan keyin shakllanib yakunlandi. Mirzo Ulug„bek zamonasigacha esa, 
Shohi zinda kompleksigacha asosiy kirish yo„li g„arb tomondan – Hazrat Hizr 
masjidi tomonidan boshlanadigan yo„lak orqali bo„lgan degan taxminlar bor. Ustoz 
P.SH.Zohidov taxmin etganidek, hozirgi ikkinchi chortoq deb nomlanuvchi 
inshootning quyi qismida Amir Temurning bog„laridan biri joylashgan bo„lishi 
mumkin.
Shunday qilib, temuriylar me‟moriy merosini tadqiq etish uning 
o„rganilmagan qirralari benihoya ko„p ekanligini ko„rsatmoqda. Ularni tadqiq etish 
hozirgi kunda dolzarb masalalardan biridir. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling