Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

Xorazm turi. Shahar qo„rg„oni rejasining asosini oldida katta ayvoni (o„ng-
ayvon) bo„lgan va kichik ayvonli (ters-ayvon) qarama-qarshi joylashgan xona 
tashkil qiladi. Keng tarqalgan qo„rg„onlarda hovlining qolgan tomonlari bo„ylab 
ikkinchi darajali, turar joy va xo„jalik xonalari joylashadi. Ayollar hovlisi doim 
ham erkaklarnikidan ajratilavermaydi. Shahar tashqarisidagi qo„rg„onlar 
shahardagilardan xo„jalik hovlilari va yordamchi xonalarning katta o„lchami bilan 
farq qiladi. Ayvon ba‟zida usti yopiq hovli bilan almashinadi. Turar joy xonalari 
ancha oddiy va sodda. 
Xorazmning shahar tashqarisi turar joyi XI-XII asrlardayoq shakllangan 
usullarni takrorlaydi; u o„z atrofida joylashgan turar joy va xo„jalik xonalarini 
birlashtiruvchi markaziy yo„laksimon xonaga ega. Hamma xonalarni va ochiq 
hovli-ayvonni birlashtiruvchi markaziy yo„lak-dahliz, tarh kompozitsiyasining 
asosi hisoblanadi. Har bir uyda zarur bo„lgan bu xonalar atrofida turar joy xonalari, 
molxona yoki otxona, omborxona va oshxona joylashadi. Yo„lak va hovli, 
odatdagidek, tomga ega. Hovli ba‟zida tepadan, yorug„lik fonari orqali yoritiladi, 
ba‟zida u yorug„lik tushishi uchun qoldirilgan teshikli tom bilan qisman yopilgan. 
Odatda, hovli-ayvon devorlari qolgan qurilmalar tomidan balandroq bo„lgan. 
Xo„jalik xarakteriga bog„liq holda xonalarning tarkibi turlicha. Ba‟zi hollarda turar 
joy xonalariga, boshqa hollarda esa xo„jalik omborlari, molxonalarga ko„proq joy 
ajratilgan. Ba‟zida uy tarkibiga ustaxona-ishxona ham kiritilgan. 
O„lchamlari va vazifasi bo„yicha turlicha bo„lgan xonalarning ko„pligi 
tarhning ilgarigidek simmetrik tuzilishini qiyinlashtiradi. Xonalar qulaylik va 
hayotiy ehtiyojlarga bog„liq holda erkin joylashtirilgan.
Xorazm shaharlarining turar joylari qishloq qo„rg„onlaridan birmuncha farqli. 
Eng avvalo, ayniqsa, markaziy rayonlarda shahar binolarining zichligidan kelib 
chiquvchi uylar shakllari turlicha. Bu yerda ilgari qurilgan va ancha oldin 
o„zlashtirilgan joylar orasidagi ko„chalar labirintida maydonlarni loyihalashga 
to„g„ri keladi. Uy tarhida markaziy hovli va ayvon katta ahamiyat kasb etadi. 


141 
Tarhlarning umumiy kompozitsiyasi qishloq turar joy-qo„rg„onlarida ko„pincha 
kuzatiladigan, xonalarning o„zaro funksional birlashuvidan mahrum. 
Hovli-ayvon ikki qismga bo„lingan - katta (o„ng-ayvon) va kichik (ters-
ayvon). Bu ikki ayvonlarning tomlari orasida osmon ko„rinib turadigan faqat 
kichik tirqish qoldirilgan. Hatto ikki ayvonlar sistemasi buzilgan holda va qaysidir 
mulohazalarga ko„ra (asosan kichik uylarda) faqat katta ayvon qoldirilgan bo„lsa, 
uning tomi hovlining anchagina qismini egallaydi va ochiq qism odatda hovli 
maydoniga qaragandi kichikroq bo„lgan. 
Tarh kompozitsiyasida hamma asosiy xonalar chiqadigan markaziy xona-
vestibul prinsipi aniq saqlangan. Xorazm hovli-ayvonlarining O„rta Osiyoning 
boshqa rayonlaridagi ochiq turar joy hovlilaridan asosiy farqi shunda. Hovli bu 
yerda ayvon bilan tutashadi, unga qo„shimcha hisoblanadi. Ayvon odatda 
balandligi bo„yicha atrofdagi xonalardan ko„tarilib, ular ustidan balandroq turgan. 
Bu yerda qishloq turar joylari uchun shunchalik xarakterli bo„lgan yo„lak-dahliz 
ko„pincha bo„lmagan yoki pastroq bo„lgan, odatda faqat kirish xonasi-darvoza 
bilan cheklangan. Faqat maydonning alohida sharoitlari, masalan uning cho„ziqligi 
yo„lakni kengaytirishga majbur qilgan. 
Shahar uylarida turar joy va xo„jalik xonalarining tarqatilishi qishloq uylariga 
nisbatan ancha aniq sistema va tartiblilikka ega. Kirish oldida odatda keluvchilar 
va mehmonlarni qabul qilish uchun xona-mehmonxona ajratilgan. Turar joy 
xonalari asosiy (saroy) va yon (yonboshi -uy) xonalarga ajralgan. 
Asosiy xonalar katta ayvon o„qi bo„yicha joylashgan; yon xonalarga ikki 
aralash xonalar o„qi bo„yicha joylashgan kichik dahliz orqali kirish mumkin. 
Qolaversa, bu tartib ko„pincha keskin o„zgaruvchi shaklga ega tor shahar 
maydonini tashkil qiluvchi imkoniyatlarga bog„liq holda ko„pincha o„zgargan, 
ammo hayotiy ehtiyojlardan kelib chiqqan asosiy usullar saqlangan. Masalan, katta 
ayvon doim shimolga qaratilgan. Ayvon va tarhning asosiy tugunini tashkil 
qiluvchi asosiy turar joy xonasining o„zaro joylashuvi o„zgarmas bo„lgan. Katta va 
kichik ayvonlar nisbatan kichik maydonni, hovlining bir qismini ochiq qoldirib, 
hovli maydonining kattagina qismini doimo yopgan. 


142 
Boylarning yirik uylarida va saroylarda aslzodalar yangi kompozitsion 
usullarni kiritganlar. Erkaklar va ayollar bo„limiga bo„linish paydo bo„lgan. 
Xonalar va xo„jalik xonalari ayvon bilan birlashmagan. Keng ochiq ichki hovli 
paydo bo„lgan, unda ayvon hovli chegarasi bo„ylab yopiq xonalar qatorida turgan. 
Masalan, yirik Xiva uylaridan birida mehmonxona va erkaklar bo„limi (tashqari) 
ikkinchi qavatda joylashgan, u yerga kirish xonasidagi (dahliz) ichki zinapoya 
orqali bo„lgan. Otxona va don maydalanadigan xona kirish qismiga bevosita yaqin 
joyga joylashtirilgan. Ayollar bo„limi (ichkari) turar joy xonalari va ayvonlar bilan 
o„ralgan katta ochiq hovlini tashkil qilgan. 
Asosiy yashash xonalari kichik kirish xonalarining bir va boshqa tomonlari 
bo„ylab juft-juft bo„lib guruhlangan. Bir holda bu ayvon bo„lsa, boshqasida 
omborxonali kichik dahliz (qaznoq) bo„lgan. Shimoliy qism, o„z navbatida, yo„lak 
(darvozaxona) bilan ikki, deyarli teng qismlarga bo„lingan. G„arbiy qismda uyning 
erkaklar qismi joylashgan. Bu yerga ikkita katta va kichik ayvonlarga ega ochiq 
hovliga olib boruvchi maxsus kichik dahliz orqali o„tilgan. Ayvon va xonalarning 
joylashuvi an‟anaviy. Katta ayvon o„qi bo„ylab asosiy xona joylashgan, kichik 
ayvon esa dahliz rolini bajargan. Uning ikkala tomonida yon xonalar 
joylashtirilgan. 
Ayollar bo„limi asosiga ham xuddi shunday kompozitsiya qo„yilgan. Uyning 
janubi-sharqiy burchagi xo„jalik xonalariga: ikki otxona va yem-xashak saqlash 
uchun omborxonaga berilgan. Xorazmning yirik turar joy binosining xarakterli 
qirralari ham shunda. Ammo ancha taraqqiy qilgan va murakkablashgan holatni biz 
1830-1832 yillarda Olloqulixon tomonidan qurilgan Toshhovli Xiva saroyida 
ko„ramiz. Tarh asosida to„g„ri burchak yotadi, faqat g„arbiy devor tutashib turgan 
bino va tor ko„chalarning shakliga bog„liq ravishda siniq chiziq bo„ylab boradi.
Kirish xonasi va kichik dahliz orqali saroyning bevosita rasmiy qismiga-qabul 
zaliga (arzhovli) o„tish mumkin. Bu uch tomondan ikki qavatda joylashgan xizmat 
vazifasidagi xonalar bilan o„ralgan ochiq hovlini tashkil etgan. To„rtinchi (janubiy) 
devor, ayvon va ochiq hovli o„qi bo„ylab joylashgan, taxtli zalga olib boruvchi uch 
eshikli baland ayvondan iborat. 


143 
Uzun yo„lakka olib o„tuvchi kirish xonasi orqali saroyning ikki boshqa 
bo„limiga - ishrat-hovli va haramga o„tish mumkin. Ishrat-hovli tarhi qabul 
zalining tarhiga juda yaqin: xonalar bilan o„ralgan xuddi o„sha ochiq hovli, janubiy 
tomondan xuddi o„sha katta ayvon, undan saroyning bu qismidagi anchagina keng, 
asosiy xonasiga o„tilgan. 
Haram - saroyning anchagina keng qismi-uning butun shimoliy yarmini 
egallaydi. Bu yerga, markaziy ochiq hovliga uchta uzun yo„lak orqali borish 
mumkin. Ochiq hovlining janubiy devori bo„ylab orqasida ikki qator yashash 
xonalari joylashgan beshta baland ayvon ketma-ketlikda keladi. Boshqa devorlar 
bo„ylab birinchi qavatda yashash va xo„jalik xonalari, ularning tepasida, ikkinchi 
qavatda esa kichik ayvonlar mavjud. Shunday qilib, tipologik tarh sxemasi saroy 
qismlarining har birida takrorlangan. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling