Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

Farg„ona turi. Farg„ona qo„rg„oni Buxoro va Xorazmnikidan eng avvalo o„z 
ko„lami bilan birmuncha farqli. Uning doirasiga, ko„pincha, mevali bog„lar va 
polizlar kirgan. Uylar oldida uzumzor barpo qilingan. 
Qo„rg„on tarhining asosini maydonda erkin joylashgan turar joy bo„limi 
tashkil qiladi. Odatda, uchta mustaqil qismlarga bo„lingan: erkaklar hovlisi, ayollar 
hovlisi va molxona. 


145 
Kichik maydonlardagi oddiy turdagi turar joy markaziy va ikki yon 
xonalardan iborat bo„limdan tashkil topgan. Yon xonalardan biri va hovlining bir 
qismi erkaklar bo„limi uchun ajratilgan. Maxsus xo„jalik hovlisi yo„q, ammo 
odatda qo„rg„on alohida ajratilgan xo„jalik hovlisiga ega. Erkaklar va ayollar 
hovlisi alohida yashash xonalariga ega bo„lgan. Yashash bo„limi qo„shimcha 
xonalar qo„shilishi bilan murakkablashgan.
Farg„ona turining asosiy yashash bo„limi suriluvchi tashqi devor (tobadon) va 
yon tomondagi ikki yashash xonalariga ega markaziy yopiq xonadan tashkil 
topgan. Hamma bo„limlar oldida ayvon joylashgan. 
Oddiy turdagi bo„limlarda ayvon uzumzor-gulchirmashgichli sufa bilan 
almashinadi. “Qashg„archa” turidagi bo„limda markaziy xona o„lchamlari jihatidan 
kattalashtirilgan; uning markazida yorug„lik fonarini ushlab turuvchi to„rtta 
yog„och ustun turgan. Ustunlar orasida ba‟zida basseyn bo„lgan. 
Farg„ona turiga Toshkent rayoni turar joylari yaqin. 
Yirik turar joy inshootlari-saroylar yuqorida keltirilgan planirovka usullariga 
asoslangan. Ular ochiq hovli yoki har birida yashash guruhlari va ayvonlari 
bo„lgan bir qancha hovlilarga asoslanilgan (masalan, Farg„onaning shahar 
tashqarisi xon saroyi yoki Qo„qondagi Xudoyorxon saroyi).
Samarqand turi. Samarqandning turar joylari tarh shakliga ko„ra Toshkent 
va Buxoroning uylari orasida o„rtacha o„rinni egallaydi. Ko„pincha Buxorocha usul 
uchraydi (ikki xona ular orasidagi dahliz bilan). Qo„rg„on tarhi asosini unga 
burchak ostida joylashgan ayvon yoki yordamchi xonalarga ega yashash bo„limi 
tashkil qilgan.
Qo„rg„on odatda uchta mustaqil qismga - erkaklar va ayollar hovlilari va 
molxonaga bo„lingan. Kichik qo„rg„onlarda erkaklar hovlisi xo„jalik hovlisi bilan 
birlashgan, kattalashgan qo„rg„onlarda hovli alohida ajratilgan. Shahar 
qo„rg„onlarida erkaklar bo„limi, odatda xo„jalik hovlisi yoki ayollar hovlisi 
xonalarining tepasida ikkinchi qavatda joylashgan. Shahar chekkasi qo„rg„onlari 
shaharnikidan farqli, ancha sodda va tarhda oddiydir. 


146 
Samarqand turidagi asosiy yashash bo„limi ayvon va yon tomonlardagi ikki 
yashash xonasidan tashkil topgan. Ba‟zida ayvon yashash xonalariga burchak 
ostida joylashgan. Qator holatlarda ayvon yashash xonalari oldida, ularga nisbatan 
burchak ostida joylashgan yoki yashash xonalari dahliz va omborxona bilan 
ajratilgan. 
Samarqandning turar joy qo„rg„onlari ko„chalar yo„nalishiga moslashtirilgan 
holda, noto„g„ri shaklga ega bo„lgan. So„zangaronning Qozi-Abdurasul 
kvartalidagi qo„rg„on ana shunday. Bu yerda faqat orasida ayvon bo„lgan turar joy 
va xo„jalik xonalari o„rab turgan bitta ochiq hovli mavjud. Ikkinchi qavatning bir 
qismi qolgan hamma xonalardan ajratilgan mehmonlarni kutish xonasi 
(mehmonxona) bilan egallangan. Qo„rg„on ko„plab turar joylar uchun an‟anaviy 
bo„lib qolgan kompozitsiyaga ega. Ko„pincha maydon kengligi yetarli bo„lmagani 
uchun hovlining faqat ikki-uch tomonigagina imoratlar qurilgan, qolgan 
tomonlari devor bilan tutashgan. Ba‟zida butun maydon kvartalning ichki qismida 
joylashgan va uni ko„cha bilan faqat yo„laksimon kirish yoki boshqa xizmat xonasi 
bog„lagan (masalan, Samarqandning Abdurasul ko„chasidagi qo„rg„on). Xonalarni 
tashkil qilish uchun ochiq qismlar-ayvonlarning va yopiq xonalarning bir qatorga 
joylashuvi, shuningdek xonalarning markaziy va ikki yon xonalarning birikuvidan 
tashkil topgan o„zaro joylashuv usullari xarakterlidir. Xonalarning bir qismi odatda 
ikkinchi qavatda joylashadi, masalan, mehmonlarni qabul qilish xonasi yoki 
erkaklar bo„limi xonalaridan bittasi. Bu planirovka qoidalari har qanday turar joyda 
uchraydi va uning kattaligiga bog„liq holda bu qoidalar taraqqiy ettirib borilgan. 
Samarqandning shahar tashqarisi qo„rg„onlari Xorazmdagi kabi katta oilali 
mudofaalangan qo„rg„onlar an‟analarini saqlagan. Bu - notinch hayot, urushlar, 
jamoalar orasidagi o„zaro nizolar va ko„chmanchilarning qo„qqisdan hujumlari 
natijasidir. Shahar tashqarisi qo„rg„onining ichki planirovkasi Samarqand uchun 
xos bo„lgan birmuncha soddalashtirilgan va kam sonli yopiq xonalarga ega turar 
joy bo„limini tashkil qiladi. Chunki ko„pgina shahar tashqarisi qo„rg„onlari 
aholining qishda shahar ichida yashaydigan nisbatan to„q oilalarining yozda kelib 
yashashi uchun mo„ljallangan. Asrlar davomida oddiy turar joylarda qanday bo„lsa, 


147 
jamoat binolari bilan qo„shilgan mahobatli turar joy inshootlarida (madrasa, 
honaqoh) ham xuddi shunday alohida xonalarning planirovka usullari, xarakteri va 
vazifasida o„zgarishlar bo„lgan. 
Tabiiyki, mahobatli binolar o„zining tashqi ko„rinishi va me‟moriy shakllariga 
ko„ra oddiy turar joylardan keskin farq qilgan. Ularda, ijtimoiy xarakterini 
ta‟kidlovchi tashqi me‟morchilik bosh o„rinda turgan. Ular markaziy shahar 
majmualari shakllanishida ishtirok etgan va shuning uchun pishiq g„ishtdan rangli 
koshinlar qoplamasi bilan ishlangan. 
Xalq turar joyi odatda o„z me‟moriy sifatlarini interyerda namoyish qilgan. 
Faqat hovli ichiga kiribgina, uni qadr-qimmati bo„yicha baholash mumkin 
bo„lgan. Tashqaridan u odatdagidek dekorativ bezaklarsiz uncha ko„p bo„lmagan 
tuynuklarga ega tekis devorni namoyon qilgan. 
O„sha davr hayotining ijtimoiy-maishiy sharoitlari turar joyning ko„chadan 
qat‟iy ajratilishini talab qilgan. To„g„ri, ba‟zida ko„chaga chiquvchi, o„ymakorlik 
bilan bezatilgan tashqi galereyalar uchragan; maydonni o„rab turuvchi paxsa 
devorlar gohida badiiy bezaklar bilan bezatilgan. 
Ko„p hollarda mahobatli me‟morchilikda ishlab chiqilgan dekorativ usul va 
shakllar, turar joy me‟morchiligiga ham o„tgan, shu bilan birga konstruktiv 
elementlarga ishlov berilib, dekorativ bezaklarga aylantirilgan. Badiiy-dekorativ 
motivlarning bu umumiyligi ularning xalqchilligi haqida guvohlik beradi, 
madomiki, mahobatli inshootlarning ham, turar joy binolarining ham quruvchilari 
ajdodlarimizdan olgan me‟moriy va qurilish an‟analari va ko„nikmalarini asragan 
va avloddan avlodga berib kelgan o„sha xalq ustalaridir. Usullarning umumiyligi 
bilan bir qatorda har bir viloyat o„zining sevimli me‟moriy-badiiy motivlarini
ishlab chiqqan. 
Xorazm turar joylari anchagina an‟anaviy. Ularning tashqi me‟morchiligi 
oddiy kontroforslar rolini o„ynovchi, lekin me‟moriy ishlanishi qadimgi Xorazm 
turar joy-qo„rg„onlarining jangovar burjlariga o„xshagan burchaklar va kirish 
qismidagi katta ustunlar shaklidagi bo„rtiklar-turtib chiqqan joylar bilan qurilgan.
Tarzlarning me‟moriy tuzilishida paxsa taxlami xususiyatlarini ajratib ko„rsatuvchi 


148 
usullar ustunlik qiladi. Ammo bu yerda tasviriy-dekorativ motivlar kuchliroq. 
Masalan, qo„rg„on devorlar tepasidagi kunguralar, ornamental frizga aylanib, 
mayda rel‟yef bilan grafik tasvirlanadi. Ko„proq yoki kamroq murakkablikda 
chizilgan geometrik bezaklar devorlarning qolgan maydonlarini ham yopgan. 
Samarqand va Buxoro rayonida turar joylarning tashqi me‟morchiligi
qo„rg„onlarni o„rab turuvchi devorlarning dekorativ ishlanmasida namoyon 
bo„ladi. Ular kompozitsiyasi asosini katta ustun-kontroforslar va tirnab chizilgan 
geometrik naqshlarga ega yuza rel‟yef bilan tasvirlangan dekorativ ravoqlar tashkil 
qilgan. Bu naqshlarning detallarida maishiy bezaklardan olingan ko„plab 
elementlar mavjud. 
Masshtablardagi, qurilish xom ashyosi, tasvir ifodalaridagi katta farqqa 
qaramay me‟moriy bezak motivlarida O„rta Osiyoning oddiy va mahobatli turar 
joy binosi orasidagi umumiylikni sezish mumkin.
Asrlar davomida Osiyoga xos bo„lmagan turar joyning ikki planirovka usuli - 
aralash xonalarga ega yalpi qurilish va ochiq hovlining xonalar bilan o„ralishi - 
tarixiy sharoitlar va maishiy talablarga bog„liq holda turli shaklda taraqqiy qildi va 
o„zgardi. 
Ommaviy turar joylar bilan bir qatorda butunlay yoki ba‟zi qismida turar joy 
uchun mo„ljallangan jamoat binolarida (madrasa, honaqoh, karvonsaroy) ularning 
oddiy turar joydan katta farq qilmasligiga qaramay, O„rta Osiyo me‟morlari 
tomonidan ishlab chiqilgan va uzoq davrlar mobaynida ular tomonidan 
takomillashtirilgan ba‟zi o„xshash planirovka usullarini kuzatish mumkin. Ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlar, inshootlarni bunyod etish texnikasi, xonalarning kattaligi va 
soni, ularning vazifasi, binolarning badiiy obrazi o„zgargan, ammo keyingi 
me‟moriy-qurilish shakllari O„rta Osiyo turar joylarini boshqalardan ajratib 
turuvchi ba‟zi umumiy tipik qirralarni saqlagan holda oldingilardan kelib chiqgan
ularga asoslangan. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling