Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
Guzar masjidlari va shahar tashqarisidagi qabriston– nekropollar rejasi.
Qabristonlar turar joy xonalari - ibodat qiluvchilar va xizmat ko„rsatuvchi kishilar uchun xujralar bilan o„ralgan ko„plab guzar (kvartal) masjid-maqbaralari o„sha, yuqorida ta‟riflangan planirovka usullari bo„yicha qurilgan. Bir qancha misollar keltiramiz. Samarqanddagi Qo„rg„oncha guzar masjidi hovuz va sufali uncha katta bo„lmagan hovlining janubi-g„arbiy burchagida joylashgan. Hovli, oldidagi o„ralgan hovlichalar bilan almashingan hujralar bilan to„silgan. Bu yerda bu turdagi inshootlarning ko„plariga xos bo„lgan tarhning aniqligi yo„q, ammo shakllar tasodifiy tuyulsada, butun majmua qurilishining umumiy qoidasini osongina payqash mumkin. Samarqanddagi “Qizil Sharq” mahallasining guzar masjidi tarhi ancha oddiy. Burchakka surilgan kirish qismi, kirish qismi o„qiga 90o burchak ostida burilgan masjidning asosiy o„qi - bularning hammasi majmua fazoviy qurilishining sevimli usullarini ko„rsatadi. Buxorodagi Xo„ja Zayniddin masjidi hovli o„rtasini egallagan holda unga alohida joziba beruvchi katta hovuz bilan ajralib turadi. Norinjon-bobo maqbarasi (qadimgi Xorazm) yonidagi binolar guruhida turar joy xonalari va xo„jalik xonalari yopiq bo„g„im-bo„g„imli yo„lak bo„ylab joylashtirilgan. Uning to„g„ri burchak ostidagi burilishi “avliyo” qabri va uning 155 oldidagi kichik masjidli maqbaraga olib boradi. Majmuaning kompozitsion markazi, inshootlar o„rtasiga kirib borish bilan, asta-sekin ochilib boradi. An‟anaga aylangan xuddi shu kompozitsion qoidalar bo„yicha XVI-XVIII asrlar Buxoro va Samarqanddagi shahar va shahar tashqarisi madrasa-masjidlari bunyod etilgan. Masalan, Eshon-Imlo, Xalif-Xudoydod, Xo„ja Abdi-Darun, Xo„ja Doniyor va boshqalar. Eshon-Imlo masjidi uch tomonidan hujralar qurilgan kichik hovlining anchagina qismini egallaydi. Ichki hovliga boshi va oxirida kichik murabba shaklidagi gumbazli xonalar bo„lgan ochiq yo„lak orqali kiriladi. Kirish yo„lagi boshidanoq masjid ko„ndalang o„qiga qarama-qarshi qo„yilgan hovlining bo„ylama o„qini ajratib ko„rsatadi. Xalif-Xudoydod masjidi hujralar bilan o„ralgan hovlining janubi-g„arbiy burchagida. Tarh qurilishi xuddi Eshon-Imlodagi kabi, faqat hovli ancha keng va kichik qabristonga to„ppa-to„g„ri boradigan yo„lga ega. Ichki hovlida masjiddan shimolga tomon tarhda aylana va usti gumbaz bilan yopilgan sardoba-suv ombori o„rnatilgan. Xo„ja Abdi-Darun masjid maqbarasi Samarqandda joylashgan. Uzun tor yo„lak-o„tish joyi ichki hovlini transport yuradigan ko„chadan ajratib turadi. Tashqi dunyodan bunday ajratish-izolatsiya, O„rta Osiyo me‟morlari tomonidan turli variantlarda ko„p qo„llaniladigan ongli usullardan biridir. O„ymakor yog„och ustunlarga ega masjid, maqbara, kichik hujralar, hovuz atrofidagi necha asrlik daraxtlar sirlilik va osoyishtalik hissini beradi. Tabiat bilan yaqin bog„lanish, rel‟yef va tabiiy o„sib chiqqan o„simliklardan foydalanish alohida binolari me‟moriy fazilatlari bilan unchalik ko„zga tashlanmaydigan Xo„ja Doniyor masjid-maqbarasi uchun ham xarakterli. Butun guruh ikki kichik maydonchada joylashgan: yuqorida asosiy inshootlar-kirish pavilyoni, masjid, qiyalikda qazib o„rnatilgan maqbara va hujralar joylashgan; pastki maydonchada, Siyob qirg„og„i yonida yordamchi qurilmalar: choyxona va chashma oldidagi maydoncha-pavilyon mavjud. Rel‟yef xarakteridan kelib chiqqan binolar o„zaro joylashuvidagi ba‟zi tasodifiy holatlar ham har holda planirovkaning an‟anaviy usullarini berkita olmaydi. 156 O„rta Osiyo shaharlarining yaqin atroflarida ibodat va dafn inshootlari, turar joy xonalari-diniy kishilar, xizmat ko„rsatuvchi xodimlar yashaydigan va ziyoratchilar yashab turishi uchun hujralar va honaqohlardan iborat katta majmualarni o„z ichiga oluvchi ulkan nekropollar paydo bo„lgan. Bu inshootlarga odatda qabristonlar tutash bo„lgan. O„z masshtablari, alohida qurilmalar kattaligi va binolarning o„zaro joylashuvi bo„yicha bu nekropollar XV-XVII asrlarda ular uchun yagona, umumiy kompozitsion usullarda shakllangan bir butun guruhlarni tashkil qilgan. Shahar bilan aloqasiz, paydo bo„lgan aholi yashash joylarining qiyinchilik tug„diradigan sharoitlari ta‟sirisiz yuzaga kelgan va rivojlangan bu majmualarda katta izchillik va aniqlik bilan O„rta Osiyo me‟morlarining badiiy va kompozitsion usullarini kuzatish mumkin. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling