Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
149 5. Temuriylar va Shayboniylar - O„zbek xonliklari davrlarida O„rta Osiyo me‟morlarining me‟moriy-rejaviy usullari Buxoro amirligi, Qo„qon va Xiva xonliklarida shaharlar rivojlandi. O„zbek xonliklari davri me‟moriy – rejaviy usullari asosan oldingi davr an‟anaviy ya‟ni, shahar atrofini mustahkam devorlar bilan o„rab olish va shaharga bir qancha darvozalar orqali kirish davom etgan. Shuningdek, asosiy radial yo„nalishdagi ko„chalar shahar markazida kesishgan va ular Registon maydonini tashkil qilgan. Ko„pincha bu yer Chorsu deb ham yuritilgan. Eng yirik inshootlar shu markazda shaharning shimoliy – sharqiy qismida saroy markazda, asosiy ko„chalar kesishuvida bozor maydoniga ega. Qo„qon xonlik poytaxti shunday bunyod etilgan. Ko„pincha shahar darvozalari oldida bozor, karvonsaroy va hammom joylashgan (Xiva). Bozor yaqinida masjid, madrasa va maqbaralar qurilgan. Xonliklar davrida umumiy ta‟lim darajasi hamda yoshlarni o„qishga katta ahamiyat berilganligini ko„plab madrasalar qurilganligi isbotlaydi. O„zbekistonning Buxoro, Qo„qon va Xiva shaharlarida barpo etilgan turar joy, masjid, madrasalar va boshqa inshootlar bir-biridan farq qiladi. Ularning o„ziga xos xususiyatlarini namoyish qilish uchun hajm mutanosiblarini solishtirining o„zi kifoya deb yozadi arxitektura doktori, professor I.M.Azimov: “Xorazmdagi xonadon imoratlarida asosan turar joy xonasi va oldi baland ayvoni bo„lgan. Ayvon xonadondan deyarli ikki barobar baland bo„lgan. Odatda turar joy qarshisida oshxonali kichik ayvon, omborxona va qo„shimcha xonalar qurilgan. O„rtasi hovli bo„lgan. Xorazm uylari hamma vaqt ham ichkari va tashqarili qilib qurilgan. Uylar asosan shimolga yo„naltirilib, quyosh nuriga teskari, yaxshi shamollatiladigan qilib rejalashtirilgan. Buxoro yoki Farg„ona vodiysidagi uylar asosan hovli atrofiga gir aylantirib qurilgan. Xonalar erkin joylashtirilgan”. Farg„ona vodiysidagi, shu jumladan Qo„qondagi xonadonlar ancha keng bo„lgan va ko„pincha mevazor bog„lari, ekin ekadigan yerlari bo„lgan. Shu bilan birga seysmik (zilzila) havfiga qarshi devorlar qo„sh sinchli qilib, 60-70 sm 150 qalinlikda ko„tarilgan. Xonalar ichida ko„pincha taxmon va tokchalar qoldirilgan. Saroylar oddiy turar joylardan xonalarning soni, hovli hajmi va hashamdorligi, yorqin ranglardan foydalanilgani bilan farq qiladi. Xiva guzar masjidlari o„ziga xos qurilgan. Ular Buxoroning gumbazli masjidlari bilan Farg„onaning to„sinli imoratlari o„rtasida bir tarhda ishlangan. Bunda gumbazli xonaqoh usti tekis tomli ayvon bilan birlashib ketgan. Samarqandda qurilgan Ulug„bek madrasasi, ancha rivojlangan jamoat – ibodat qismiga, xujralar, shuningdek ko„ndalang o„qlarda ochiq ayvonlarga ega. Bu sxema bo„yicha keyingi yillardagi O„rta Osiyoning hamma madrasalari qurilgan. Ular faqat detallar bilan o„lchamlari, me‟moriy bezatish boyligi bilan va yashash hamda jamoat – ibodat qismlarning turli nisbatlari bilan farqlanadi. Karvonsaroylarda o„sha sxemaning o„zi kamroq yoki ko„proq murakkablashgan va o„zgartirilgan holda qo„llanilgan. Madrasa va karvonsaroy an‟analari saroy turar – joy binolarida ham aks etgan. XIX asr o„rtasida qurilgan Qo„qondagi Xudoyorxon saroyi tarhiy sxemasi asosan o„zgarishsiz qoladi. O„zgarishlar faqat tarzlar me‟morchiligi va bezagida bo„lgan, chunki bu turdagi binolarning muhim mohiyati ularning shahar rejasida ancha ahamiyatli punktlarda joylashuvi bilan e‟tiborni jalb qilgan. Shuning uchun ularga diqqatni tortuvchi salobatli ko„rinish berilgan. O„rta Osiyoning tarixan shakllangan shaharlari, fragmentar ko„rinishda bo„lsa ham bizning kunlargacha saqlangan yaxlit planirovka guruhlari, asosan XIV- XVIII asrlarga tegishli. Bu vaqtlar materialida O„rta Osiyo shaharlarining me‟moriy majmuasi haqida, alohida inshootlarning uning shakllanishidagi roli va salmog„i haqida, uning fazoviy tashkil bo„lishining o„ziga xos xususiyatlari va prinsiplari haqida yetarlicha to„liq tasavvur hosil qilish mumkin. Bunda majmuaning alohida qismlari yoki yo„qolgan, yoki bizning kunlargacha birinchi g„oyasiga qarshi buzilgan ko„rinishda yetib kelganligini yodda tutish kerak. Mahobatli ibodat inshootlari savdo xonalari bilan, karvonsaroylar va usti yopiq bozorlar bilan birga shaharning asosiy planirovka tugunlarini hosil qilgan. O„rta Osiyoning o„rta asrlar shaharlarining markaziy majmuasini shakllantiruvchi 151 bu binolar o„z o„lchamlari, boy bezagi, e‟tiborni jalb qiluvchi mahobatliligi va shahar rejasida markaziy joylashuvi bilan hukmron feodal tuzumi ijtimoiy asosining mustahkamligiga ishonchni tarbiyalash va tasdiqlashga da‟vat qiladi. Mahobatlilik va ahamiyatlilik taassurotini kuchaytirish uchun ikki-uch binoni mustaqil guruhga birlashtirishning maxsus planirovka usuli (masalan, madrasa va masjidni, karvonsaroy va yirik savdo joyi-timni va boshqalarni birlashtirish) keng qo„llangan. Ular go„yo yagona me‟moriy organizmni tashkil qilib, yoki chambarchas birlashtirilgan, yoki ko„chaning ikkala tomoniga bir-biriga qarama- qarshi qilib joylashtirilgan. Ba‟zida majmuaning teng huquqli a‟zosi sifatida uchinchi binoni kiritish bilan murakkablashtirilgan ancha ko„p uchraydigan planirovka usullari shunday kelib chiqqan. O„z ichiga odatda maqbara, qabriston, turar joy va yordamchi xonalarni olgan guzar masjidlari eng xilma-xil planirovka birikmalarini tashkil qiladi. Bepoyon shahar tashqarisi qabristonlari-nekropollar planning murakkabligiga qaramay yaxlitlik va kompozitsion bog„liqlikni saqlagan yirik planirovka guruhlarini namoyon qiladi. Nihoyat, jamoat-ibodat va muhim savdo inshootlari guruhlari qurilgan markaziy shahar ko„cha va maydonlari shaharlarning kompozitsion-rejaviy asosini tashkil qilgan. Me‟moriy-rejaviy variantlarining bu rang-barangligi ikki binoning oddiy birikuvida qanday bo„lsa, markaziy ko„cha yoki shahar tashqarisi murakkab kompozitsion qurilishida ham xuddi shunday qo„llangan bir necha asosiy shaharsozlik usullari bilan birlashgan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling