Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

Saroylardan eng yaxshi saqlanib qolganlaridan biri amirning shahardan 
tashqarida joylashgan Sitorai Mohi Xosa saroyidir. U Buxorodan 4 kilometr 
masofada bo„lib, eski va yangi saroylardan iborat. Amir Olimxon davrida Sitorai 
Mohi Xosaga 300 nafar dexqon va soldatlar haydab kelingan, ular ikki yil 
mobaynida botqoqlikni quritib, hovuz qazib bog„ barpo qilganlar. 1911-1914 
yillarda shu bog„da Buxoro ustalari muhandis Margulis loyihasi bo„yicha uchta 
bino: qabullar saroyi, shaxsiy bino va haram qurishgan. Ayvon va Oq zal 1912-
1914 yillarda qurildi, hovuz yonidagi bino esa 1917-1918 yillarda bunyod qilingan. 
Yangi saroyda peshtoqli darvozaxona tarzidagi sirkor sopol qoplamali kirish 
yo„li keng old hovliga olib boradi. Bu hovlida gir aylana otxona, hunarmandlar 
ustaxonalari, chekkasida ombor qurilgan. Hovlining boshqa burchagidagi 


130 
kiraverish bosh hovliga olib boradi, bu hovlining uch tomoni inshootlar bilan band. 
Bezaklarning ko„rkamligi jihatidan Oq zal ajralib turardi. Bu zalda mashhur usto 
Shirin Murodov butun devorni qoplagan ko„zgu ustida ganch o„ymakorligidek 
zargarona ish bajargan. 
Ikki qavatli turarjoy binosi me‟morchiligi ham diqqatga sazovor. Uning ikkala 
qavatida barpo etilgan ravoqli galereya unga tutashgan keng hovuzga qaratilgan 
bo„lib, bino uning suvlarida ko„rkam aks etadi. Saroy me‟morchiligi uchun 
mahalliy va Yevropa me‟morchiligining omixtasi xosdir. 
Xiva xonliklari davri. Markaziy Osiyodagi eng diqqatga sazovor 
shaharlardan biri – Xiva Amudaryoning chap sohilida O„zbekistonning hozirgi 
Xorazm viloyatining janubida joylashgan. Bu mintaqada butunligicha saqlanib 
qolgan yagona nodir obida – shahardir. 1967 yilda Xiva qo„riqxona – shahar deb 
e‟lon qilindi, 1990 yildan boshlab esa Xivaning ikkinchi qismi – Ichan qal‟a 
YUNESKO tomonidan jahon ahamiyatiga molik tarixiy obida sifatida e‟tirof etildi. 
XVI asrdan boshlab Xiva bir necha bor xonlikning poytaxti deb e‟lon qilinadi. 
XVII asr boshlarida, Arab Muhammad davrida (1602-1623 yillar) Xorazmda 
nisbatan siyosiy barqarorlik o„rnatilgach, Xiva xaqiqatan ham davlatning poytaxt 
shahriga aylandi. Qurilish ishlari birmuncha kengaydi, jumladan, mahobatli Arab 
Muhammad madrasasi qurildi. 
Xiva ayniqsa XIX asrda yuksak taraqqiy etdi. Xiva xonligi kengayishi va 
mustahkamlanishi munosabati bilan Ichan qal‟a va Dishan qal‟ada qurilish sur‟ati 
jadallashdi. 
Mahobatli shahar devori Xorazm mudofaa istehkomlari qurilishining yorqin 
namunasidir. Devorning balandligi 10 metrga yaqin, tashqi tomondan biroz 
qiyaroq ko„rinishda bo„lib, har 30 metr oraliqda burjlar ishlangan. Devor yuqorisi 
kungura bilan yakunlangan. 
Ichan qal‟aning janubi–sharqiy burchagida to„rtburchakli minora qoldig„i 
saqlangan – bu Xorazmda qal‟a qurilishidagi dastlabki an‟analar namunasidir. 


131 
Ichan qal‟aning to„rt darvozasi bor. Darvozalar ravoqli yon tomonlariga 
burjlar ishlangan. Ular shimolda – Bog„cha darvoza, sharqda – Polvon darvoza, 
janubda – Tosh darvoza va g„arbda – Ota darvoza deb nomlangan. 
XIX asrda Dishan qal‟a atrofida 10 ta darvoza barpo qilingan edi. Ulardan 
faqat Qo„sh darvoza saqlanib qolgan. Darvoza o„ziga xos me‟moriy ko„rinishda. 
Qo„sh ravoqli, uch guldasta – burj ravoqlar oralig„iga ishlangan. Burjlar o„tish 
yilidagi ravoqlar bilan o„zaro bog„langan. Ravoqlari tepasi kungurali. Burj 
belbog„lari koshinkor bo„lib, darvozani mahobatli qilib ko„rsatgan. Shahar 
darvozalari oldida bozor, karvonsaroy va hammom joylashgan. Bozor yaqinida 
masjid, madrasa va maqbaralar qurilgan. 
Shaharda saqlanib qolgan dastlabki yodgorliklardan biri - Ichan qal‟a 
markazidagi Sayid Alovuddin maqbarasidir. Sayid Alovuddin maqbarasining 
janubida joylashgan boshqa mahobatli ansambl Pahlavon Mahmud majmui bo„lib, 
u XIV – XX asrlar davomida shakllangan. Majmua maqbara, madrasa, qorixona, 
masjid ayvonidan tashkil topgan bo„lib, unga peshtoqli darvozalardan kiriladi. 
XVIII asrda Shoxniyozxon darvozaxona qurdirgan. XIX asrda majmua tubdan 
qayta qurilgan. Bu yerda uzunasiga darvozaxona, hovli, peshtoq gumbazli xonaqoh 
bo„lgan. Simmetrik chiziq bo„yicha joylashgan zaldagi besh qirrali tokchada 
Muhammad Rahimxon sag„anasi bor. Xonaning shimoli–g„arbiy burchagida 
Abdulg„ozixon va Anushaxonning koshinkor sag„analari mavjud. G„arbiy 
tomondan xonacha uchta katta bo„lmagan uchta hujra tutashgan. O„rta qismidagi 
hujra-ziyoratxona o„tish yo„li orqali zal hamda Pahlavon Mahmud maqbarasi bilan 
tutashgan uchinchi xonaga olib chiqadi. Ikki gumbazli xona yonidagi chuqur 
taxmonda Olloqulixon qabri joylashgan. Shu tariqa Pahlavon Mahmud qabri 
yonida Qo„ng„irot sulolasidan bo„lgan Xiva xonlari mangu orom topgan. Pahlavon 
Mahmud ansambli Xorazm me‟morlari ijodining yuksak namunasidir. 
1616 yilda Xorazm poytaxti Ko„hna Urganchdan Xivaga ko„chirilgani 
munosabati bilan Arab Muhammadxon shu voqeaga bag„ishlab madrasa qurdirgan. 
Olloqulixon davrida esa madrasa qayta tiklangan. 


132 
XVII asr o„rtalarida Ichan qal‟aning sharqiy qismidagi guzarda Oq masjid 
qurilgan. Oq masjid aniq mujassamoti, bejirim shakli va ifodali ko„rinishi bilan 
ajratib turadi. 
Ichan qal‟a markazida joylashgan Juma masjid xaroba holiga kelib qolgan 
imorat o„rnida XVIII asr oxirida barpo etilgan. Bu – peshtoq va gumbazsiz, hovli 
va ravoqsiz o„ziga xos inshoot. Masjidning shahar markaziy ko„chalaridan biriga 
qaragan shimoliy tomonida minora bo„lib, uning balandligi 32 metrdir. Yagona 
xonaqoh va ayvondan iborat. Ayvonning tekis to„sinli shiftini 213 yog„och ustun 
ko„tarib turadi. 
1686 yilda Ichan qal‟aning g„arbiy darvozasi yaqinida Ko„xna Ark qal‟asi 
qurilishi boshlangan. Ark ko„p hovlili, tuzilishi murakkab, tarkibida xon va uning 
oila a‟zolari, amaldorlari uchun xonalari bo„lgan. Arkdagi ko„pgina imoratlardan 
faqat XIX asr va XX asr boshlaridagi bir necha inshoot – ko„rinishxona, masjid, 
zarbxona va haram saqlanib qolgan. 
Xivaning saqlanib qolgan me‟moriy yodgorliklari orasida 1657 yilda qurilgan 
hammom ham bor. Aniq texnologiya asosida qurilgan, tuzilishi qulay va oddiy bu 
hammom Xivadagi kommunal inshootlar qurilishi haqida tasavvur beradi. 
XVIII asrda Xiva shahri tashqarisida xon saroyi – Chodrahovli, XIX asrning 
birinchi yarmida ichki shaharning shimoliy qismida Toshhovli saroylarining 
qurilishi Xiva shaharsozlik madaniyatining, Xorazm me‟morchilik maktabi 
an‟analari kuchliligini yana bir bor namoyish etadi. 
XX asrda esa Ichan qal‟a tashqarisidagi soya – salqin bog„da Nurillaboy 
saroyi barpo etilgan. Uning tarkibida saroy, bog„, Isfandiyorxon qabulxonasi, 
qozixona va qo„shimcha imoratlar bor. Saroy Xorazm chorbog„lariga xos tarzda 
ishlangan. 
Xivaga olib kiradigan Polvon darvoza oldida savdo-sotiq qadimdan 
rivojlangan. Uning yonida XIX asrning 30-yillarida, Olloqulixon buyrug„i bilan 
karvonsaroy qurilgan. Karvonsaroyning janubiga qaragan asosiy tomoniga 
tutashtirib Olloqulixon timi qurilgan. Hozir karvonsaroy bilan tim yaxlit majmua 
sifatida shaharda o„z o„rnini egallagan. 


133 
XIX asr o„rtalarida Muhammad Aminjon shaharning g„arbiy qismida madrasa 
va minoradan iborat eng yirik ansambl qurishni rejalashtirgan. Lekin janubiy 
qo„shnilar bilan boshlanib ketgan urush qurilishni davom ettirishga imkon 
bermagan. Muhammad Aminjon madrasasi eng yirik o„quv maskani bo„lib, bu 
yerda 260 talaba bir vaqtning o„zida o„qitilgan. 
Madrasaning old tomonida tugallanmagan Kaltaminor qad ko„targan (minora 
asosining diametri 14 m, balandligi (qurilgan qismi) – 26 m). Bu ansambl 
shaharning eng mahobatli va o„ziga xos bezakli qurilmalaridan biri hisoblanadi. 
Ichan qal‟aning janubiy qismida XX asr boshlarida Isfandiyorxonning vaziri 
va qaydnomasi Islomxo„ja tashabbusi bilan madrasa va minora qurilgan. Bu 
ansambl ham Xiva shaharsozlik madaniyatida o„ziga xos o„ringa ega. 
Islomxo„ja minorasi shu vazir nomidagi madrasa bilan yonma-yon qurilgan. 
44 metr balandlikdagi yuqoriga ingichkalashib ketgan minora aslida Xivaning 
ramzi bo„lib qolgan. Turli hajmdagi binolar Islomxo„ja minorasidan uzoq–yaqin 
joylashganiga qarab uning qaddiga mutanosiblashib boradi. Bu yerda Xorazm 
me‟morlarining yuksak mahorati va an‟anaviy shahar qurilishi san‟ati namoyish 
etilgan. 
Xivada gumbazli jamoat binolari, tekis tomli turar joylar hamda baland tik 
minoralar bir-biri bilan uyg„unlashib ketgan. Turar-joy imoratlarida baland 
ayvonlar ajralib turadi. Ular iqlimga moslab, salqin shamol esadigan shimolga 
qaratib qurilgan. Sharqdan – Xazorasp darvozasidan Ichan qal‟a orqali g„arbga 
qarab qator terilgan tik minoralar shaharning asosiy o„zagi tuzilishini tashkil etgan. 
Shaklan va hajman turli–tuman bo„lgan Polvon qori, Said Sholikorboy, Juma, 
Kalta minor va Shayx Qalandar bobo minoralari Xivaga takrorlanmas go„zallik 
baxsh etib turadi. Albatta shular qatorida eng balandi – yuqorida tahlil qilingan XX 
asrda bunyod etilgan mahobatli Islomxo„ja minorasi hamma yerdan ko„rinib turadi. 
Umuman Xiva – ochiq osmon tagidagi muzey shahar, unda beqiyos qo„li gul 
ustalar tomonidan yaxlit ansambllar va alohida me‟moriy yodgorliklar yaratilgan 
shaharsozlik madaniyatining yuksak timsolidir. 


134 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling