Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
Masjidlar. Buxorodagi XVI asrda yuzdan ortiq mahalla masjidlari mavjud
edi. Ular sinchli qilib qurilgan bo„lib, sinch oralig„iga guvala yoki xom g„isht urilgan. An‟anaviy tarzda masjidning gumbazli yoki ustunli zalining bir, ikki yoki uch tomonidan yog„och ustun-to„sinli ayvon tutashgan. Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan eng ko„hna mahalla masjidlaridan biri XVI asrga oid Masjidi Balanddir. 127 Odatdagi sinchli mahalla masjidlaridan farqli o„laroq u, istisno tariqasida, baland tosh supada pishiq g„ishtdan qurilgan, bu hol uning uzoq vaqt yaxshi saqlanishga imkon bergan. Kubsimon bir xonali inshoot shimol va sharq tomondan “G” simon shaklda ustunli ayvonlar bilan o„ralgan. Masjidning inter‟yeri sernaqshli. Uning naqshi geometrik bezak va markaziy qismidagi “hovuzak” muqarnasli gumbazcha bilan boyitilgan. Shift va devorlar sirti zarhal bo„rtma tasvir – “kundal” bilan qoplangan. 1579–1580 yillarda Buxoroda ikkinchi Xoja Kalon jome masjidi qurib bitkazilgan. To„g„ri burchakli bu binoning o„rtasida hovlisi bo„lib, atrofi ustun– gumbazli galereyalar bilan egallangan. Asosiy kiraverishini bezagan peshtoq ro„parasidaga hovlining g„arb tomonida masjidning peshayvonli va gumbazli qishki zali – “maqsura” joylashgan. XVII asrning yirik masjidlaridan Mag„oki Ko„rpa masjidini qayd etish mumkin. U Toqi Telpakfurushon savdo gumbazi yonida barpo etilgan. Ikki qavatli masjid eski qurilish o„rnida barpo etilgan, shuning uchun uning birinchi qavati ancha pastlikda joylashgan. Nomining “Mag„ok” – “yer osti” yoki “chuqurda” deyilishi bejiz emas. Masjidning to„g„ri burchak tarhli sistemasi bo„yicha har bir qavatida yirik o„n ikki gumbazli va olti ustunli zal mavjud. Ikkinchi qavatdagi zalning o„rta qismlaridan biri baland poygumbazga o„rnatilgan havorang gumbaz qoplangan. XVII asr fuqarolik inshootlaridan xon qarorgohi – Ark qal‟asida qurilgan obidalarni keltirish mumkin. XV asr devorlari chegaralarida bizgacha yetib kelgan Ark XVII asrda – Ashtarxoniylar davrida va XIX asr oxiri – XX asr boshlarida – Mang„itlar davrida tubdan qayta qurilgan. Buxoro shaharsozlik madaniyati xonaqoh tarzidagi me‟morchilikning rivojlanishiga katta hissa qo„shdi, bu hol XVI asr ikkinchi yarmida juda yaqqol namoyon bo„ldi. Asosan bu davrda xonaqoh binolari xukmdorlar yoki shayxlarning boy muridlari tomonidan o„z ko„lami va ahamiyati bo„yicha ustunlik qiluvchi memorial-diniy majmua elementi sifatida bunyod qilingan. Bahouddin 128 Naqshband qabri yonida XVI asrda bunyod etilgan xonakoh va Qosimshayx xonaqosi shular jumlasidandir. Buxorodagi Labihovuz ansamblining Nodir Devonbegi xonaqosi (XVII asr) markaziy shahar ansamblining ajralmas qismi hisoblanadi, bu usuldagi xonaqohlar kamdan-kam uchraydi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling