126
davlatlar bilan aloqalar uzila boshladi. Faqat XVI asrning ikkinchi yarmidagina
Movarounnahrda mustaqil davlatlar – Buxoro va Xiva xonliklari tashkil bo„lib,
o„zini tiklay boshladi. XVIII asrning boshida uzoq urushlardan so„ng
mustaqil
Qo„qon xonligi tashkil topdi. Lekin bu davlatlar o„rtasida ta‟sir doirasi uchun har
doim o„zaro urushlar davom etib turdi. Umuman XVI – XIX asrning birinchi yarmi
siyosiy, iqtisodiy, xalqaro munosabatlarda oldingi yutuqlarni yo„qotish, ko„p
sohalarda orqaga ketish davri sifatida tarixda ma‟lumdir. Lekin shunga qaramay
madaniy hayotda qator ijobiy natijalar ham yuz berganini ko„ramiz.
Buxoro
amirligi, Qo„qon va Xiva xonliklarida shaharlar rivojlandi, masjidu
madrasa, xonaqoh–rabot, hammom, karvonsaroy va shifoxonalar bunyod etildi.
Buxorodagi
Mir Arab, Abdullaxon II, Abdulazizxon madrasalari,
Toshkentdagi
Ko„kaldosh madrasasi va Qaffol Shoshiy maqbarasi, Xivadagi Olloqulixon
majmuasi, Qo„qondagi Qo„shmadrasa, Norbo„tabiy
va Modarixon madrasalari,
Modarixon qasri, Xudoyorxon saroyi shular jumlasidandir.
Buxoro xonliklari davri. XVI asr oxiridan to XIX asrgacha Buxoroning 12
kilometrlik shahar devori bo„lib, u xom g„isht va paxsadan ko„tarilgan edi.
Darvozalar esa pishiq g„ishtdan ishlangan. 11 darvozadan faqat ikkita - Abdullaxon
II Buxoroning g„arbiy devorida qurdirgan Qorako„l va Talipoch darvozalarigina
saqlanib qolgan edi. 2007–2009 yillar davomida arxeologik izlanishlar natijasida
ilgarigi Darvozai Samarqand va Darvozai Shayx Jalol
shahar darvozalarining
poydevor qoldiqlari topildi. Ilmiy izlanishlar va arxiv materiallari asosida loyiha
tuzilib Darvozai Samarqand va Darvozai Shayx Jalol shahar darvozalari qayta
tiklandi hamda Shayx Jalol darvozasiga tutashgan shaharning qurshov devori 850
metr masofadagi qismi ta‟mirlandi.
Devorning asosi mustahkamlandi, 11 metr
balandlikda devor sathi saqlanib (oblitsovka qilinib) dandalari bilan tiklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: