Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Qal‟alar - qishloq xo„jalik rayonlari -
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
5. Qal‟alar - qishloq xo„jalik rayonlari -
rustaklar markazlari Xorazmning Qavat qal‟a tipidagi keng yastangan manzilgohlari ko„p sonli qo„rg„onlar - qishloq xo„jalik rayonlari - rustaklar markazlari bilan boshqarilgan. Bu tobe rustaklar himoyasi uchun yaratilgan yirik feodallarning katta bo„lmagan, kuchli mudofaalangan shaharcha-qarorgohlaridir. Fortifikatsion, ya‟ni harbiy muhandislik qurilmalari qo„rg„onning dekorativ to„siqlariga aylangan. Shu tufayli davlat istehkomlari chegaralarda qanday bo„lsa, uning ichki hududida ham xuddi shunday mukammallashgan. Kichik rayon shahar-qo„rg„onlari, provinsial qarorgohlar ichida Guldursun, Qavat qal‟a va boshqalarni qayd qilish mumkin. Bu shaharchalarning devorlari ichidagi oddiy qurilmalar yo„q bo„lib ketgan. Ammo fortifikatsiyaning butun murakkab sistemasi yetarlicha saqlangan. Asosiy devorlar va burjlardan tashqari, bu yerda devorlarning o„zining harbiy minoralari bilan oldinga chiqarilgan ikkinchi 103 qatori mavjud. Alohida e‟tibor ilgarigidek kirish qismiga qaratilgan. Jonboz qal‟a qadimiy qo„rg„oni bo„yicha biz yuqorida qayd etgan “labirint” g„oyasi o„zining keyingi rivojiga erishgan. Minoralardan yo„l tepaga, qo„rg„on darvozalarining ikki chetidagi boshqa juft minoralarga boradi. Darvozaoldi mudofaasining murakkab ishlanmasi Guldursunda ham, Qavat qal‟ada ham, Qiz qal‟ada ham bajarilgan. Turli vaqtdagi qatlamlanishlardan ko„rinadiki, himoya qurilmalari doimo mukammallashgan. Ko„p hollarda eramizning boshlaridayoq yuzaga kelgan eski qo„rg„onlar foydalanilgan. Masalan, aholi tomonidan ilk o„rta asrlarda tashlab ketilgan va XII asrda qayta hayot boshlagan antik davrning tipik shaharchasi Guldursunni keltirish mumkin. Qo„rg„on anchagina qayta qurilgan, istehkomlarning eski sistemasi yangi talablar bilan muvofiqlikda zamonaviylashtirilib, tashqi devor paxsa qoplama bilan qalinlashtirilgan, shinaklar ko„pincha yopib yuborilgan. Qo„rg„on shakllariga o„xshatilgan, cho„ziq nozik nisbatlarga ega dekorativ burama bilan qoplangan, qo„rg„onlarning dekorativ to„siqlari ichida bu qo„rg„on- shaharchalar o„zining oddiy, og„ir shakllari bilan ajralib turgan. Ularda maqsadga muvofiqlik va konstruktiv zarurat go„zallikdan ustun qo„yilgan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling