Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Qishloq xo„jalik rayoni – rustak
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
4. Qishloq xo„jalik rayoni – rustak
Mo„g„ullar davrigacha qishloq xo„jalik vohalarida aholi zich joylashgan. Buni XI asr oxiri - XII asr boshlarida, mamlakat bir qancha vaqtga O„rta Osiyoda siyosiy yetakchilik qilgan vaqtda Xorazmda alohida qayd etish mumkin: “Men, Xorazmdan ko„ra, - deb yozadi Yoqut 1219 yilda, o„zining Xorazmga qilgan sayohati vaqtida, - ko„proq odam yashaydigan mamlakatni hech qachon ko„rmaganman. Uning cho„llarida to„xtovsiz odamlar ko„payishi, bir-biriga yaqin qishloqlar, ko„plab alohida turgan uylar va qo„rg„onlar barpo bo„lishiga sabab bo„lgan. Uning rustaklarida ishlanmagan joyga nigohing tushmaydi. Bu yerda daraxtlar ko„p. Ularning ko„p qismi tut daraxtlari va piramidasimon teraklardir. Ular bu yerda qurilishlar uchun va ipak qurtini boqish uchun kerak. Va aholining ko„pligi barcha joyda bir xil, uning rustaklarida yursang ham, bozorlarida ham. Dunyoda farovonlik jihatidan va aholi ko„pligi bilan Xorazmdan o„tadigan viloyat yo„q deb o„ylayman. Xorazmning aholi yashaydigan joylarining ko„pi-bu ko„p bozorlar, hayotiy ne‟matlar va savdo joylariga ega shaharlar bo„lgan. Bozori yo„q qishloq kam uchraydi. Barcha joylar umumiy xavfsizlik va to„liq xotirjamlikda”. Bu, o„sha davr O„rta Osiyoning hamma viloyatlari uchun qo„llanishi dargumon bo„lgan birmuncha idealistik tavsif bizga O„rta Osiyoning mo„g„ullargacha bo„lgan qishloq joylari manzarasini beradi. Xorazm uchun u Qavat qal‟a rayon-rustak qurilmalarining tavsifi bilan to„ldirilishi mumkin. Arablargacha bo„lgan davr bilan taqqoslaganda bu yerda anchagina zich joylashishni qayd qilish mumkin. Agar arablargacha bo„lgan Xorazmning Berkut qal‟a rayon-rustakida 100 ta qo„rg„on 35 km 2 hududda tarqalgan bo„lsa, Qavat 102 qal‟a rayonida qo„rg„onlarning xuddi shuncha soni 9 km 2 dan ortiq bo„lmagan joyni egallagan. Berkut qal‟ada har bir qo„rg„on ajralgan holda turgan bo„lsa, bu yerda ular bir-biriga zich bo„lib tutashgan. U yerda faqat kattaligi bo„yicha farqlanuvchi, bir turdagi qo„rg„onlar, bu yerda - qo„rg„onlarning qat‟iy farqi faqat o„lchamlarida emas, balki plan turida va me‟morchilik xarakterida ham bo„lgan. Qavat qal‟a rayoni yirik feodalning harbiy burjlarga, kuchli himoyalanuvchi darvozalarga ega qo„rg„on devori bilan o„ralgan, 6 gektar maydonli qal‟a- qarorgohi bilan boshqarilgan. Qo„rg„on yonida o„rtasida devorlar bo„ylab joylashgan uylarga ega katta ochiq hovlisi, xizmatkorlar uchun yashash xonalariga va yordamchi xonalarga ega xo„jalik hovlisi bo„lgan, shuningdek pavilyonli va kaptarxonali hashamatli turar joy binosi bo„lgan. Bu qo„rg„onlar atrofida mudofaalanmagan, bir-biriga zich tutashgan, faqat paxsali devor bilan o„ralgan oddiy qo„rg„onlar guruhlangan. Rayon-rustakning umumiy qiyofasi, o„sha davrlarda o„rnatilgan feodal tartiblari haqida guvohlik beradi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling