Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

Xorazm shaharlari. 712 yilda Xorazmni arablar ishg„ol qiladi va X asrda 
uning shimoliy qismida joylashgan Urganch (arabchada Jurjoniya) poytaxt bo„lib 
qoladi. Shahar yo„llar chorrahasida eng yaxshi holatni egallagan. Uning iqtisodiy 
ahamiyati o„sgan. Savdo yo„llari Urganchni sharqning asosiy davlatlari – Xozariya 
(Bolgariya) bilan, Isfajob orqali Mongoliya va Xitoy bilan, Movaraunnahrning 
hamma asosiy shaharlari (Buxoro, Samarqand va boshqalar) bilan bog„lagan.
Xorazm hukmdorlari saroylar qurganlar. Urganch O„rta Osiyoning eng yaxshi 
shaharlaridan biri bo„lgan va Buxoro - somoniylarning ajoyib poytaxtidan keyin 
ikkinchi o„rinni egallagan.
1221 yilda shahar mo„g„ullar tomonidan vayron qilingan. Chingizxon 
qo„shinlari yarim yillik qamaldan keyin uni yo„q qilganlar. Ammo Urganch juda 
tez, XIII asrdayoq o„zining ilgarigi madaniy va savdo ahamiyatini tiklagan. Bu 
yerda kesishgan savdo yo„llarining tuguni juda katta edi. 
Arab sayohatchisi Ibn Battuta 1333 yilda tiklangan Urganchga kelib, uni o„z 
tavsifida eng muhim shahar deb atagan. “Unda,-deydi u,- go„zal bozorlar, keng 
ko„chalar va ko„p sonli binolar ... bu shahar xalq to„dasi bilan azim, shuning uchun 
kunduzlari u yerdan o„tib bo„lmaydi”. 
Bu umumlashtirilgan xulosaviy tavsif Urganchni poytaxt darajasidagi obod 
savdo va madaniy markaz sifatida xarakterlaydi. Shahar ko„plab mahobatli 
inshootlar bilan boyigan.
1388 yilda Urganch Amir Temur tomonidan qo„lga kiritilgan. U o„z vatani 
Shahrisabzga va o„z poytaxti Samarqandga ko„plab madaniy boyliklarni va 
hunarmand aholini olib ketgan. Xarobaga aylangandan keyin shahar qisman 
tiklangan bo„lsada, ammo o„zining ilgarigi ahamiyatini qaytara olmagan. 
Azim shahar Urganch devor bilan o„ralgan, bizning kunlargacha 10 km ga 
cho„zilgan, yer yuzidan qisman supurib tashlangan uyum ko„rinishidagi maydonni 
egallaydi. Hozir Oq-qal‟a nomi bilan ma‟lum bo„lgan sitadel bir km li aylanaga 


95 
ega bo„lib, shaharning janubi-sharqiy burchagida joylashgan edi. Sitadel 
minoralarga ega xom g„ishtdan tiklangan baquvvat ikki metrli devorlar bilan 
mudofaalangan. Qal‟aning janubiy devori yonidan Jayxun-Amudaryoning eski 
oqimi o„tgan. 
Shaharning ancha eski (mo„g„ullargacha bo„lgan) qismi hozir Tosh-qal‟a deb 
ataluvchi, uning janubiy yarmini egallagan. Shahar shimolga tomon kengaygan va
Oltin O„rda davriga tegishli o„tmish vaqtlarda faqat uyum bilan chegaralangan 
hududni emas, balki uning chekkalarini ham egallagan. Shahar darvozalarining 
o„rni va soni noma‟lum. Yozma manbalarda uchta darvoza tilga olinadi. Juvayn 
dunyo darvozasi va Qobilon darvozalari haqida, Maklisp Xodjaj darvozalari haqida 
gapiradi. Shu mualliflarning o„zi ko„plab kvartallar va saroylarni, shahar chetidagi 
ko„ngil ochar bog„larni, shaharni kesib o„tuvchi katta kanalni ta‟riflaydilar. 
Mo„g„ullargacha bo„lgan bu hamma qurilmalardan hech qanday iz ham qolgan 
emas.
Oltin O„rda vaqtidan ibodat binolari (maqbaralar, minoralar, masjidlar 
qoldiqlari) va xorazmliklarning XIII-XIV asrlardagi yuksak qurilish madaniyati 
haqida guvohlik beruvchi jamoat binolari faqat qisman saqlangan. Poytaxt 
Urganch yaqinida joylashgan katta Xorazm shahri - Mizdaqxon, Urganch bilan 
faqat qo„shnichilik bilan bog„lanmagan. X asrda u Urganch bilan hatto 
raqobatlashgan. XIII-XIV asrlargacha Xorazmning bu yirik shaharlarining yaqin 
madaniy-iqtisodiy aloqasi davom etgan.
Mizdaqxon sitadeli bir km dan ortiq aylanaga ega, chamasi tabiiy paydo 
bo„lgan tepalikda joylashgan. U Govur qal‟a nomi bilan mashhur. Sitadel 
burchagida taxminan 50x50 metr maydonga ega katta ko„shk joylashgan. So„ngra 
shaharning asosiy hududi hisoblangan, sharqdan, alohida qadrlangan Muzlum-
Suluvxon maqbarasiga ega ulkan qabriston tepaligi bilan tutashuvchi ulkan 
maydon (ko„ndalang o„lchami 1 km gacha bo„lgan) keladi. Sitadelda hayot
chamasi, X asrda to„xtagan. Shaharning qolgan hududida jo„shqin hayot XIV asrda 
Xorazmning Amir Temur tomonidan ishg„ol qilinishi bilan barham topgan. Har 
holda shahar tadqiqotchisi A.Yakubovskiyda bu yerda shaharning Oltin O„rda 


96 
davrida, ya‟ni XIII-XIV asrlarda mavjud bo„lganligi haqidagi dalil shubha 
uyg„otmaydi. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling