Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
Madrasalar. Buxoro me‟morchilik maktabi Movarounnahr madrasalarining
xos tarhiga bir qancha qo„shimcha va o„zgarishlar kiritish yo„li bilan o„z madrasalar namunasini yaratdi. Ana shu maktabning ilk namunasi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan eng ko„hna Mirzo Ulug„bek madrasasidir (1417). Madrasalarning Buxoro namunasi asosan XVI asrda jadal shakllandi. Ko„kaldosh madrasasi (1568-1569) Abdullaxon II ning vaziri Qulbobo Ko„kaldosh tomonidan qurilgan bo„lib, Buxorodagi eng yirik (86x69 metr, 130 taga yaqin hujrasi bor) madrasadir. Biroq mablag„ni va turar joyni tejash uchun u bo„ylama o„q bo„ylab ikkitagina gumbazli ayvonli qilib qurilgan. Bu yerda Markaziy Osiyo madrasalari ichida ilk bor odatda yalang, yon tomoni tashqariga ikkinchi qavatning ravoqli peshayvoni bilan ochilgan. Kesishuvchi ravoqlar devorlarga parrallel emas, balki diagonal bo„ylab joylashgan kirish guruhidagi (darsxona) burchak zallaridan birining tom to„sini o„ziga xosdir. Bu yerdagi nihoyatda ko„rkam va samarali miyonsaroy, ya‟ni kirish guruhining o„tish yo„laklari qoplamasi ham esda qolarlidir. Murakkab to„rsimon-yulduzsimon yassi gumbazchalar qadama-sochmali silliqlangan g„isht yotqizilgan yoki ganchdan quyilgan. Buxoro me‟morchilik maktabi Abdullaxon madrasasida (1589-1590) yaqqol namoyon bo„lgan, unda barcha sanab o„tilgan mintaqaviy xususiyatlar majmuasi o„z aksini topgan. Buxoroda Imomqulixon va uning jiyani Abdulazizxon II davrlarida qurilish ishlari faol olib borildi. Masalan, 1620-1622 yillarda XVI asr Ko„kaldosh madrasasidan janubroqda joylashgan maydon chekkalarida oliy martabali amaldor Nodir Devonbegi tog„ay bir o„q bo„ylab xonaqoh, yirik hovuz va Madrasa qurdi. Natijada, Buxoroda yirik va ko„rkam ansambl bo„lgan Labihovuz yuzaga keldi. Bu 129 yerda hovuzli maydonning uch tomoniga inshoot qurildi. Shohrud kanali va savdo ko„chasiga ro„para tomoni esa ochiq qolgan. Abdulazizxon davrida, Buxoroda bir qancha yirik madrasalar - Mirakon (1650-1652), Abdulazizxon (1651-1652), Xiyobon (1654-1655), Bozori Go„sfand (1669-1670) va boshqalar qurilgan. Bular orasida eng yirigi va ta‟sirchani Abdulazizxon madrasasi bo„lib, u Mirzo Ulug„bek madrasasi bilan “qo„sh” kompozitsiyani tashkil etadi. Buxoroda aholi turar joylari uchun rivojlangan o„rta asrlardayoq tabiiy- iqlimiy sharoitlarga (suvsizlik, issiq, quruq issiq shamol esishi) mos o„z mahalliy qurilish usuli ishlab chiqilgan. U asosan sinchli bir-uch qavatli, ko„cha tomoni deyarli yalang devor, somon suvoqli uy bo„lgan. Tashqi tomondan aytarli ko„rimli bo„lmasada, uylarning ichki qismi manzarali hajmiy makoniy kompozitsiya va betakror badiiy bezatilishi bilan farqlanib turgan. Buxoro uyi, Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalarida bo„lganidek, ikki yondosh - ichkari-tashqari hovlili bo„lib, uy va xo„jalik xonalari hovli atrofida joylashgan. Birinchi hovli - “tashqari” shu xonadonga yo„qlab kelganlar bilan uchrashish va mehmon kutish uchun, ikkinchisi - “ichkari” oila a‟zolari uchun xizmat qilgan. Buxorodagi badavlat xonadonlarda uchinchi hovli - saisxona (otxona bilan birga) ham bo„lib, u tashqari hovli bilan bog„langan. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling