Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
2. Turar joy rayoni-rustak
Berkut qal‟a 9 km 2 maydonga ega bo„lgan, bir-biridan 100-200 m masofada joylashgan yirikroq qo„rg„onlar atrofidagi mayda mudofaa turar joy-qal‟alarning bir necha guruhlaridan iborat rayon-rustakni tashkil qiladi. Butun guruh markaziy sug„orish kanali bo„ylab joylashgan, shuning uchun rejada butun rayon cho„zinchoq shaklga ega. Aholi katta oilali jamoalarga guruhlangan, ular orasida yer egalari- quldorlarning va savdogarlarning zodagon qatlamlari ajralib turgan. Bunday savdogar-yer egasining qal‟a-qo„rg„oni o„lchamlari bo„yicha yirikroq bo„lgan, maydaroq qal‟a-qo„rg„onlar uchun o„ziga jalb etish markazi hisoblanib, rayonda ustunlik qilgan. Yirik qal‟a-qo„rg„onlar odatda kanallarning bosh tarmog„i yaqinida joylashgan. Qumbosgan qal‟a vohaning chekka janubiy punkti hisoblanadi. So„ngra Teshik qal‟a va mudofaa qo„rg„oni bilan birlashgan guruhlar, keyin ikkinchi darajali kanallarning bir necha tarmoqlarini nazorat qiluvchi eng yirik qal‟a, Berkut qal‟a keladi, undan keyin mayda qo„rg„onlar bilan o„ralgan nisbatan yirikroq nomsiz qal‟alar qatori o„tadi, va nihoyat, shimoldan butun guruh asosiy kanal chap tarmog„i bilan bog„langan katta qal‟a - Uy-qal‟a bilan birlashadi. Shunay qilib, rayon-rustak rejasi tuzilishida tobelik muhim o„rin tutadi: alohida mudofaa qo„rg„onlari yirik qal‟a-qo„rg„on atrofidagi guruhlarga birlashgan. Bunday turdagi rustaklar bu davrdagi joylashishning asosiy planirovka turi bo„lgan. Bizgacha Al-Maqdusiyning (X asr) Mizdaqxon (qadimgi Xorazm) atrofidagi 12000 mudofaa qal‟asi haqidagi mulohazalari yetib kelgan. Mustahkam qo„rg„onlarning katta guruhi Chirchiq (Yangiyo„l) bo„yi va Samarqand, Zarafshon va Og„alik-tov tizmasi orasida guruhlashgan, 200 km 2 ga yaqin maydonda tarhda 54 to„g„ri burchakli hovli va uning o„rtasida baland tepalikda markaziy inshooti bo„lgan bir necha o„nlab manzilgohlar qayd etilgan. Istahriy Buxoro vohasining faqat uch (o„n ikkitadan) arig„ida 4000 gacha mudofaa qo„rg„onlarini sanab o„tadi (2000 ta Fashidiz shahar arig„i bo„ylab, 1000 ta Jo„ybor arig„i bo„ylab va 1000 ta Raboh arig„i bo„ylab). Yoqut Osrushna kichik viloyatida 400 ta istehkom qo„rg„oni haqida eslatadi. Narshaxiy kushonlar davrida savdogarlar shahardan ko„chib borgan Buxoro atroflarida qurilgan 700 ta qal‟a haqida gapiradi. Nihoyat, bu turdagi manzilgohlar so„g„dlar tomonidan Yettisuvda (Talas va Chuv daryosi vodiylari bo„ylab) yuzaga keladi. So„g„dlar Yettisuvga eramizning V-VII asrlarida kirib borgan. Ularning manzilgohlari O„rta Osiyoning hamma joyida bo„lgan. Oxirgi davrlar arxeologik tadqiqotlari so„g„d manzilgohlari tarqalishining taxminiy chegaralarini aniqlash imkonini berdi. Sayram-Isfajob yaqinida boshlanib, ular Chuv vodiysining butun Talas qismi bo„ylab yoyilgan. So„g„d manzilgohlari tarqalishining eng chekka chegarasi Bolasog„un shahri bo„lgan. O„rta Osiyoning qarama-qarshi joylarida, ya‟ni Xorazm va Yettisuvda biz aholi joylarining xuddi o„sha qoidalari asosida bunyod etilgan mudofaa qo„rg„onlarini ko„ramiz. Qo„rg„on aholisi - ked, uy boshi “kedxud”dan, markaziy turar joy- ko„shkda yashovchi uning xonadoni a‟zolari va qarindoshlaridan, “kediverlar”-mijozlar va “chaqirlar”-qullardan tashkil topgan. Xo„jalik qurilmalari ko„shkni o„rab turgan qo„rg„on devorlari ichida bo„lgan. O„sha yerning o„zida oilaviy qabriston joylashgan. Joylashishning bunday turi ko„chmanchi sahro va o„troq dehqonchilikning azaliy ixtilofi bilan belgilangan. Ko„chmanchilar bilan keng savdo tabiiyki, aholi punktlarida jamlangan hunarmandchilikning rivojiga ta‟sir ko„rsatgan. Ammo bu do„stona savdo munosabatlari doimo tinch aholiga qurolli bosqinchilik qilishga o„tib ketishi mumkin bo„lgan, bu narsa har bir qo„rg„onni mustahkamlash zaruratini keltirib chiqargan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling