Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
I-BOB. O„RTA OSIYO AHOLI YASHASH JOYLARINING
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
I-BOB. O„RTA OSIYO AHOLI YASHASH JOYLARINING
DASTLABKI SHAKLLARI 1. O„rta Osiyo – “minglab shaharlar mamlakati” Antik tarixchilar eramizgacha birinchi ming yillikning ikkinchi yarmidayoq O„rta Osiyoda mavjud bo„lgan shaharlarning ko„pligi haqida ma‟lumot qoldirganlar. Masalan, Ktesiyaning eramizgacha V asrga tegishli Baqtriya haqidagi esdaliklari ancha qadimiy hisoblanadi. Unda Baqtriyada ko„pgina zabt etib bo„lmaydigan mudofaalangan joylar va ko„plab yirik shaharlar haqida gapiriladi. Pompei Trog Baqtriya Diodotini (eramizgacha I asr o„rtalari) ming shahar hukmdori deb ataydi. Baqtriyada ming shaharning qudratli shohligi haqidagi afsonani Yustin ham takrorlaydi. Nihoyat, ancha keyinroq, eramizning II asrida Farg„onaning yetmishta katta va kichik shaharlari haqida xitoy yilnomasi hikoya qiladi. O„rta Osiyoning asosiy viloyatlari - So„g„d, Marg„iyona, Baqtriya va Xorazm haqidagi qadim esdaliklar - zaroastriylarning muqaddas kitobi Avestoda uchraydi. O„sha davr mamlakat aholisining asosiy ommasini qadimdan sun‟iy sug„orishdan foydalana oladigan o„troq dehqonchilik jamoalari va chorvachilik bilan shug„ullanuvchi ko„chmanchi aholi tashkil etgan. O„rta Osiyoda dehqonchilik o„troqligining birinchi sharti - bu, yerni sun‟iy sug„orish. Shu sababdan o„troqlik joylari uchun nisbatan kichik daryolar yoki sug„orish kanallarining murakkab sistemasi talab etilmaydigan yirik daryolar yuqori qismi tanlangan. Faqat keyinchalik o„troq dehqonchilik aholisi tog„ yon bag„irlaridan katta daryolar vodiylariga ko„chib tushgan. Sug„oriluvchi hududlar zich, seraholi bo„lgan. Dehqonchilik vohalarini o„rab turgan cho„l va sahrolarda chorvachilik bilan shug„ullanuvchi aholi ko„chmanchilik qilgan. Uning ba‟zi qismi shuningdek hunarmandchilik va savdo bilan shug„ullangan va asta-sekin o„troq zona va ko„chmanchi sahro chegarasi bo„ylab sochilib ketgan ko„plab shahar manzilgohlarida o„troqlasha borgan. 20 Eramizgacha VI-V asrlarda Xorazm, Marg„iyona, Baqtriya va So„g„dning o„troq tumanlari ko„chmanchilik qiluvchi viloyatlarga nisbatan ijtimoiy rivojlanishning yuqoriroq bosqichida turgan. Baqtriya alohida mashhurlikka ega bo„lgan. Yarim afsona ma‟lumotlar, Baqtriyani yirik va kuchli shahar, muhim davlat markazi sifatida gavdalantiradi. Qadimdan so„g„d qabilalari joylashgan Zarafshon vodiysi O„rta Osiyoning hosildor va aholi zich joylashgan qismlaridan biri bo„lgan. Vohadagi irrigatsion inshootlarning qoldiqlari uzoq o„tmishga borib taqaladi. So„g„dning asosiy shahri - Marokanda (hozirgi Samarqand yaqini) - chamasi eramizgacha V asrdayoq yirik markaz bo„lgan. Qadimgi So„g„d hududidagi ko„plab tepaliklarni qisman urug„dosh qabilalar guruhlarining mustahkamlangan makonlari deb bilish mumkin, ular antik mualliflar asarlarida shahar deb nomlangan holda qayta-qayta tilga olinadi. Mourur deb nomlanuvchi Marg„iyonaning asosiy shahri Avestoda yodga olinadi. Govur-qal‟a (qadimgi Marv) hududidagi 1936 yil qazilmalari eramizgacha ming yillikning birinchi yarmida bu yerda shahar mavjudligi haqida gapirish imkonini beradi. O„rta Osiyoning qadim madaniyat markazlaridan biri bo„lgan Xorazm, o„z mustaqilligini himoya qila oladigan va o„zini ajnabiy bosqinchilar hujumlaridan asray oladigan zich joylashgan dehqonchilik aholisiga ega bo„lgan. Xorazmliklar O„rta Osiyoning dastlabki mustaqil madaniyati va siyosiy hayoti shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Keyinchalik Xorazm madaniy jihatdan birinchilikni vaqtinchalik Baqtriyaga bo„shatib bergan. Hindiston bilan siyosiy va savdo aloqalari Baqtriya orqali tarqalgan. Amudaryo o„rta oqimi o„ng va chap sohillaridagi Xorazm manzilgohlari va yirik ariqlar (masalan, Charmonyob) qoldiqlari, Xorazmning eramizgacha VI-V asrlar o„troqlikka o„tgan mustahkam qabilaviy qishloqlar reja sxemasi va o„troq aholisi haqida tasavvur beradi. Bu O„rta Osiyoning chamasi, bizga ma‟lum bo„lgan o„troqlikka o„tgan joylariga tegishli shahar-manzilgohlarining ancha qadimgi turlari. Ularni “yashash 21 joylariga ega devorli manzilgohlar” deb atash mumkin. “Yashash joylariga ega devorli manzilgohlar”dan tashqari, O„rta Osiyoning turli joylarida qadim manzilgohlarning boshqa turlari - “yalpi qurilishlarga ega manzilgohlar” (manzilgoh - tepa) ham qayd etiladi. Agar “yashash joylariga ega devorli manzilgohlar” o„troq chorvachilik xo„jaliklari uchun xos bo„lsa, “yalpi qurilishlarga ega manzilgohlar”da ko„pincha qadimgi urug„doshlar, keyinroq esa dehqonchilik aholisining oilaviy jamoalari joylashgan. Bu kabi aholi punktlari O„rta Osiyo hududining hamma yerida, ayniqsa, Sirdaryoning o„rta oqimi bo„ylab, Buxoro, Xorazm va Marv vohalarida keng tarqalgan. Jamoa uylari turar joy xonalari guruhlanishining bu ikki turini Sharq mamlakatlarida juda qadimlardanoq qayd etish mumkin. Masalan, eramizgacha ikki ming yillikda Shumer-Akkad (bo„lajak Assiro-Vaviloniya) turar joylarining ikki: janubiy va shimoliy turlari aniqlangan. Janubiy turi bo„lajak Vaviloniya hududida tarqalgan. Uni Xorazm “yashash joylariga ega devorli manzilgohlar”i bilan taqqoslash mumkin. Shimoliy turi bo„lajak Assiriya hududida tarqalgan. O„rta Osiyo “yalpi qurilmali manzilgohlar”i bu tipning varianti bo„la oladi. Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling