Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/72
Sana03.08.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1664997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI

 
 


10 
KIRISH
O„rta Osiyo shaharsozligi masalalari keng ko„lamli bo„lib, juda kam tadqiq 
qilingan. Bu o„quv qo„llanma O„rta Osiyo me‟morlarining me‟moriy-rejaviy 
usullarini qadim davrlardan XIX asr o„rtasida O„rta Osiyoning Rossiya davlati 
tarkibiga kirgunga qadar bo„lgan tarixiy davrlarni o„z ichiga oladi. 
Inqilobgacha bo„lgan rus sharqshunosligi O„rta Osiyo shaharlari tarixiy 
topografiyasini o„rganish sohasida ba‟zi merosni qoldirdi. Fanlar Akademiyasi 
ishlarida chop etilgan V.Jukovskiyning Eski Marv haqidagi XIX asr oxirida paydo 
bo„lgan tadqiqoti vaqt bo„yicha anchagina ilgarigi va shu bilan birga anchagina 
mufassal ish hisoblanadi. 
O„rta Osiyo shaharlari tarixini o„rganish ishiga akademik V.Bartold ham 
kattagina hissa qo„shgan, uning ilmiy faoliyati inqilobgacha bo„lgan davrlarda 
boshlangan va sobiq sovet davrida ham davom etgan. 
O„zining asosiy ishlarida (“Turkistonning sug„orish tarixi”, “Turkiston 
mo„g„ul bosqinchiligi davrida”, “Ulug„bek va uning davri”, “Turkiston madaniy 
hayoti tarixi” va boshqalar) akademik V.Bartold, aniq dalillarga asoslangan katta 
material asosida O„rta Osiyo shahrining asosan o„rta asrlar, feodal davridagi 
rivojining tarixiy mohiyatini belgilab bergan. 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Fanlar 
Akademiyasi 
muxbir 
a‟zosi 
A.Yakubovskiyning ishlari V.Bartoldning O„rta Osiyo shaharlari tarixiy 
topografiyasini o„rganish sohasidagi ishlarining davomi bo„ldi. 1926 yildan 
boshlab uning tomonidan o„zining ajoyib yodgorliklariga ega Temurning vatani - 
Shahrisabz va XII-XV asrlardagi Oq O„rdaning poytaxti Sirdaryoning quyi 
oqimidagi dehqonchilik vohalari chegarasi va ko„chmanchilik cho„lida yotganligi 
bilan qiziq bo„lgan Signak kabi o„z tuzilishi va ahamiyati bo„yicha kontrast 
shaharlar tadqiq qilingan va o„rganilgan. 
Shu bilan bir vaqtda tadqiqotchilarning e‟tiborini Xorazm problematikasi jalb 
qiladi. 1928-1929 yillarda A.Yakubovskiy tomonidan Xorazmning o„rta asrlar 


11 
poytaxti Urganch va uning yaqinida joylashgan kichik Mizdaqxon shahri 
vayronalari o„rganilgan. 
Bu ishlar mamlakatning muhim joylaridagi O„rta Osiyo shaharlari tarixiy 
topografiyasining qator masalalarini aniqlashtirdi va O„rta Osiyoning o„rta asr 
shahri planirovka tuzilishining umumiy manzarasini chizish imkoniyatini berdi. 
Samarqand va Buxoro tarixiy shaharlarining qadimiy tumanlari doimo 
mutaxassislar diqqatini jalb qilib kelgan. Mo„g„ullargacha ilk feodal shahri 
tuzilishini aniqlab olishda 1934 yil A.Yakubovskiy rahbarligida qadim Buxoro 
tumanida olib borilgan ekspeditsiya katta ahamiyatga ega bo„ldi. Natijada, Kampir 
devor mudofaa devori qoldiqlari va ko„plab shaharlar-voha qishloqlari tadqiq 
qilindi. 
Taniqli tadqiqotchilarining doimiy e‟tibori shuningdek, qadim Termizning bir 
tumaniga, hozirgi Afg„oniston chegarasidagi Amudaryo sohilining yirik 
shaharlaridan biriga qaratilgan edi. Bu yerda, 1926 yildan boshlab murakkab 
Termiz qadimiy shahrini o„rganish bo„yicha, B.Denike va B.Zasipkin rahbarligida 
sharq madaniyati muzeyi tomonidan boshlangan va M.Masson rahbarligi ostidagi 
kompleks ekspeditsiya tomonidan davom ettirilgan va puxta ishlar olib borilgan. 
Ozgina tanaffusdan so„ng, 1937 yildan O„zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasining moddiy madaniyat tarixi institutining professori S.Tolstov 
rahbarligi ostidagi ekspeditsiya tomonidan qadim Xorazmni o„rganish davom 
ettirildi. Bu ishlarning natijasida ulkan tarixiy davrning turli xil manzilgohlari 
ochildi. Ayniqsa, shu vaqtgacha kam o„rganilgan antik davr (eramizgacha IV 
asrdan eramizning III asrigacha) va ilk o„rta asrlar (V-VIII asrlar) qadim shaharlari 
boy ko„rinishda namoyon etildi. 
Xorazm ekspeditsiyasi yangiliklari, O„rta Osiyo shaharsozligining ertangi, 
yetarlicha o„rganilmagan mo„g„ullargacha bo„lgan davriga aniqlik olib kirdi va fan 
sohasini qimmatli ma‟lumotlar bilan boyitdi. 
Nihoyat, A.Bernshtamning Yettisuvdagi Talas, Chuv, Ili daryolari vodiysi 
ishlarini yodga olish zarur. Bu ekspeditsiyaning materiallari ko„chmanchi sahro va
o„troq dehqonchilik rayonlarining madaniy o„zaro aloqasi haqidagi masalasini hal 


12 
etish uchun keng imkoniyatlarni ochib berdi va O„rta Osiyoning bu chekka o„lkasi 
uchun qadim shahar va aholi yerlarining o„ziga xos turlarini aniqlab berdi. 
Bundan tashqari, mutaxassis-tarixchilar, etnograflar, san‟atshunoslar va 
me‟morlar guruhi tomonidan qator yillar davomida O„rta Osiyo turli tumanlarining 
xalq turar joyini o„rganish ishlari olib borilmoqda. 
Urush tufayli to„xtab qolgan bu ishlarning hammasi 1945 yildan yangidan 
boshlandi. Urushdan keyingi yillar O„rta Osiyo tarixiy-arxeologik tadqiqot 
bo„yicha yana ham faol ishlar bilan qayd etiladi. Har bir yil mamlakat shaharsozlik 
madaniyatining yuqori darajasi haqida guvohlik beruvchi yangidan yangi 
materiallarni berib borgan. 
Bizning ishimiz butunligicha sanab o„tilgan materiallarga ularni o„rganish, 
tanishish va foydalanish uchun qanday tushunarli bo„lsa shunday darajada 
tayanishdir. 
Tabiiyki, tarixchi-sharqshunoslar va arxeologlar ishlarida asosan shahar 
tarixiy topografiyasining batafsil tahlili berilgan, rejaviy-kompozitsion masalalar 
esa chetda qolgan. Biz aynan mana shu masalalarni hozirgi bilimlar darajasida 
O„rta Osiyo milliy shaharsozlik an‟analarining yuzaga kelishi va shakllanishini 
kuzatish imkoniyatida yoritishga harakat qildik.
O„quv qo„llanmaning birinchi bobi O„rta Osiyo hududida yirik davlat 
tuzilmalari paydo bo„lgan va katta irrigatsion tizimlarni bunyod etish boshlangan 
qadim davrlarga bag„ishlangan. Birinchi bobning xronologik chegarasini 
eramizgacha VIII-IV asrlar bilan chegaralash mumkin. Bu davrdagi O„rta 
Osiyoning muhim viloyatlari Ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda 
mahalliy asosda quldorlik jamiyatining tashkil bo„lish jarayoni yuz bergan. 

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling