Lavrov vitaliy alekseyevich mamatmusayev toxir shaydulovich
Download 2.05 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RTA OSIYO SHAHARSOZLIK MADANIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bobi
- To„rtinchi bobi
Ikkinchi bobi - O„rta Osiyoda antik quldorchilik ijtimoiy tuzumining yuksak
ravnaqi davrini qamrab oladi. Bu davr uchun xususan o„xshash shaharsozlik usullarida namoyon bo„luvchi O„rta Osiyo asosiy qismlari madaniyati shakllarining katta umumiyligi xarakterlidir. Ikkinchi bobning xronologik chegaralari - eramizgacha IV- eramizning III asrlaridir. Bu davrning oxirgi ikki asrida O„rta Osiyo Kushon davlati tarkibida 13 bo„lgan. Davr so„ngi quldorchilik jamiyatining avjga chiqqan inqirozi va qullarning ozodlik harakatlari bilan xarakterlanadi. Bu davrning shaharlari va shahar hayoti to„liq ravnaq topgan, ammo uning oxiri shahar jamoasining bo„linib ketishi va ijtimoiy hayot markazining kuchli yer egaligi paydo bo„lgan qishloqqa ko„chib o„tishi bilan izohlanadi. Uchinchi bobi - antiklikdan ilk o„rta asrlar feodal munosabatlarining paydo bo„lishi va asta-sekin shakllanishiga o„tish davriga bag„ishlangan. Bu bo„limning xronologik chegaralari IV-VII asrlarni o„z ichiga qamrab oladi. Uning boshi Kushon shohligining ko„chmanchi-varvarlar zarbasi ostida qulashi, oxiri esa O„rta Osiyoda arablar istilosi bilan qayd qilinadi. Bu davr shahar hayotining zaiflashishi bilan, hunarmandchilik faoliyatining qisqarishi va savdo aloqalarining tashqi dunyo bilan buzilishi bilan xarakterlanadi. To„rtinchi bobi - feodal munosabatlarining asta-sekin kuchayishi va to„liq g„alabasi vaqtini (VII-XIII asrlar) qamrab oladi. Bu davrning boshi VIII asrning birinchi yarmida O„rta Osiyoni bosib olish bilan boshlangan arablarning sistemali hujumi bilan belgilanadi. Arab istilosi mohiyatan, O„rta Osiyoning ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida namoyon bo„lgan. U tashqi siyosiy va savdo aloqalarining o„zgarishiga olib keldi. Ammo, o„zgarishi mamlakat ichki rivoji bilan oldindan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy qurilishga bu istilochilik harakatining ta‟sirini bo„rttirish nojoiz. Bu davr oxiri O„rta Osiyoning kattagina qismi uchun halokatli bo„lib chiqqan va halokatga hamda katta irrigatsion qurilmalarning vayron bo„lishiga olib kelgan mo„g„ul bosqinchiligi bilan ifodalanadi, buning natijasida mamlakat ishlab chiqarish kuchlariga zarar yetadi. Bu davrda shaharlar tubdan o„zgarishni boshdan kechirgan. Antik rivojlanish bilan bog„liq bo„lgan qadim shaharlar to„liq so„ngan. Yangi shaharlar mustahkam qal‟alar devorlari yonidagi shahar atrofi- rabodlar kabi rivojlangan. Davr oxiriga kelib, qoraxoniylar hukmronligida o„lka sistemasi o„rnatilganda shahar atrofi- rabodlari shakllanishining bu jarayoni va ularning shahar rejasi tizimiga kiritilishi tugallangan. Shaharlar ba‟zi hollarda deyarli oxirgi vaqtgacha saqlanib qolgan qiyofalariga ega bo„lgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling