Layli va majnun
Oriental Renaissance: innovative
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
layli-va-majnun-syujeti (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES)
Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 307 w www.oriens.uz 2021 February keyinchalik Layli timsoli ham oldingi planga o‘tgani haqida mulohazalarini bayon etadi. 15 7. Dilnavoz Yusupova. Navoiy ijodi bilan davomli shug‘ullangan ijodkor o‘zining “O‘zbek mumtoz milliy uyg‘onish adabiyoti” (Alisher Navoiy davri) nomli o‘quv qo‘llanmasida “Layli va Majnun” dostoniga alohida bob ajratib, unda dostonning kelib chiqish tarixi bilan birgalikda uch buyuk daho: Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy dostonlarini tahlil maydoniga tortadi 16 . XULOSA. Yuqoridagi fikrlar asosida quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin: 1.“Layli va Majnun” turkumidagi dostonlar ko‘p asrlik tarixga ega. Majnun obrazining prototipi Qays ibn Mulavvah yoki Qays ibn Muod ismli tarixiy shaxs bo‘lib, VII asrda Arabistonda yashab o‘tgan. U Layli ismli qizga oshiq bo‘lib, unga bag‘ishlab, sevgi haqida she’rlar yozgan. 2.Adabiyotda ilk bora 1188-yilda Nizomiy Ganjaviy Majnun obraziga murojaat qildi. “Majnun va Layli” dostonida Qays timsoli yordamida ishq masalasiga to‘xtaladi va muhabbat mavzusini yuqori pafosda kuylaydi. 3. “Layli va Majnun” dostonini bir qator olimlar o‘rgangan. Natan Mallayev, Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek, Abduqodir Hayitmetov, Olim Sharafiddinov, Aziz Qayumov, Saida Narzullayeva, Dilnavoz Yusupova kabi olimlar “Layli va Majnun” turkumidagi dostonlarni u yoki bu jihatdan o‘rganganlar. Bu dostonlar qahramonlarini qiyosiy tahlil qilish masalasi adabiyotshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES) 1. Navoiy A. Layli va Majnun. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2006. 2. Передисловие Е.Дунаевского к поэме Незами Гянжеви: Лейла и Меджнун, перевод А. Глоби, М., 1935. 3. Насир Хусрау. Сафар-наме. Книга путешествия. Перевод и вступительная статья Е.Э.Бертелыса, Мос-Лен., 1933. 4. Игнатий Юлианович Крачковский. Избранные сочинения. Том II. Мос- Лен: Aкадемии наук СССР, 1956. 15 Нарзуллаева С. Тема “Лейли и Меджнун” в истории литератур народов советского востока. – Ташкент: Фан, 1983. 10 бет. 16 Dilnavoz Yusupova. O‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti (Alisher Navoiy davri). T.: Tamaddun, 2016-y. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling