Lazarusning «Koping-strategiyasi» so’rovnomasi
Natijalarning interpretatsiyasi
Download 26.4 Kb.
|
Lazarusning «Koping-strategiyasi» so’rovnomasi
Natijalarning interpretatsiyasiSubshkalalarning ta’rifiKonfrontatsiya. Muammoni maqsadsiz xulq-atvor faolligiga qaratilganligi hisobiga muammoni hal etilishi, konkret harakatlarning amalga oshirilishi. Odatda konfrontatsiya strategiyasi noadaptiv sifatida qabul qilinadi, lekin undan me’yor bilan foydalanilganda u shaxsni qiyinchiliklarga qarshilik qilishini, serg’ayratlilik va muammoli vaziyatlarda tez qaror qabul qilish , o’z qiziqishlarini himoya qilishini ta’minlaydi; Masofalash. Negativ his-hayajonlarni muammoning ahamiyati subyektiv jihatdan pasayishi va unga bo’lgan emotsional bog’liqlik darajasining pasayishi oqibatida yengib o’tish. Ratsionalizatsiyaning intellektual usullaridan foydalanish, diqqatni boshqa joyga qaratish, hazilkashlik va boshqalar xos.; O’z-o’zini nazorat qilish. Negativ his-hayajonlarni muammoning ahamiyati subyektiv jihatdan pasayishi va unga bo’lgan emotsional bog’liqlik darajasining pasayishi , hissiyotlarni boshqarish, xulq-atvorning yuqori nazorati , o’z-o’zini boshqarish oqibatida yengib o’tish ; Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni qidirish. Muammoni tashqi (ijtimoiy) resurslarni jalb etish, informatsion, emotsional qo’llab-quvvatlashni qidirish orqali hal etish. Boshqa insonlar bilan muloqot qilishga yo’nalganlik, qo’llab-quvvatlash, e’tibor, maslahat, hamdardlik, aniq harakatli yordamni kutish xos; Javobgarlikni qabul qilish. Subyekt tomonidan muammoni paydo bo’lishida va uni hal etishdagi javobgarlikda o’z rolini tan olish, o’z-o’zini tanqid qilish va o’z-o’zini ayblash komponentlarini ham hisobga olish. Ushbu straegiyaning xulq-atvorda namoyon bo’lishi noo’rin o’z-o’zini tanqid qilish va o’z-o’zini ayblash, aybdorlik hissini his qilish va surunkali ravishda o’zidan qoniqmaslikka olib kelishi mumkin; Qochish-o’zini olib qochish. Shaxsiy negativ his-kechinmalarni og’ishishlar bilan bog’liq qiyinchiliklar hisobiga yengib o’tish: muammoni inkor etish, tasavvur qilish, amalga oshmagan kutuvlar, chalg’ish va boshqalar. Muammodan o’zini olib qochishda stressli vaziyatlarda xulq-atvorning infantil ko’rinishlari kuzatiladi; Download 26.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling