Lazarusning «Koping-strategiyasi» so’rovnomasi
Download 26.4 Kb.
|
Lazarusning «Koping-strategiyasi» so’rovnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natijalarni qayta ishlash
Lazarusning «Koping-strategiyasi» so’rovnomasi (Kryukova T.L., Kuftyak E.V. yengib o’tish usullarining so’rovnomasi ( WCQ metodikasining adaptatsiyasi ) / Amaliy psixologning jurnali. М., 2007. № 3 с. 93-112). Metodika koping-mexanizmlarni, psixik faoliyatning turli sohalarida qiyinchiliklarni yengib o’tish usullari, koping strategiyalarni aniqlash uchun mo’ljallangan. Ushbu so’rovnoma koping o’lchash sohasida birinchi standart metodika hisoblanadi. Metodika R.Lazarus va S.Folkman tomonidan 1998-yil ishlab chiqilgan va T.L.Kryukova. E.V.Kuftyak, M.S.Zamishlyayeva tomonidan 2004-yilda moslashtirilgan. Metodika mualliflarining fikriga ko’ra, hayotiy qiyinchiliklarni yengib o’tish, individning doimiy o’zgarib turadigan kognitiv va xulq-atvor harakatlari, tashqi va (yoki) ichki talablarni boshqarish bilan birga spetsefik tarzda olib boriladi. Ular shaxs tomonidan uni sinovga eltuvchi yoki uning resurslarini oshiruvchi manba sifatida baholanadi. Negativ hayotiy vaziyatlarni yengib o’tishning vazifasi qiyinchiliklarni yengib o’tish, yoki uning salbiy oaqibatlarini qisqartirish, yoki bu qiyinchiliklarni chetlab o’tish, yoki ularga chidab yashashdan iboratdir. Muammolarni yengib o’tuvchi xulq-atvorni maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy xulq-atvor sifatida belgilash mumkin, u o’z navbatida qiyin hayotiy vaziyatlarni (yoki stressni) turli xil usullar, shaxsning adekvat xususiyatlari, - hatti-harakatlarning anglangan strategiyalari orqali yengib o’tish imkonini beradi. Bu ongli xulq-atvor nazorat qilish mumkin bo'lgan vaziyatni faol ravishda o'zgartirishga, yoki vaziyat nazoratdan tashqarida bo'lsa, unga moslashishga qaratilgan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda ushbu tushuncha sog'lom odamlarning ijtimoiy moslashuvi uchun muhim ekanligini ko’rishimiz mumkin. Uning uslublari va strategiyalari ongli ijtimoiy xulq-atvorning alohida elementlari sifatida qaraladi, ular yordamida inson hayotiy qiyinchiliklarni yengadi. Sinaluvchiga qiyin hayotiy vaziyatda o’zini tutish xulq-atvoriga bog’liq bo’lgan 50 ta ta’kidlar taklif etiladi. Sinaluvchi quyidagi variantlardagi xulq-atvorlar qanchalik ko’p uning xarakterida aks ettirilishini baholashi kerak.Natijalarni qayta ishlash1. har bir shkala bo’yicha umumlashtirib, ballarni hisoblaymiz:Hech qachon – 0 ball; Kamdan-kam – 1 ball; Ba’zida – 2 ball; Tez-tez – 3 ball. 2. formula orqali aniqlaymiz : X = ballarning yig’indisi / max ball* So’rovnoma raqami (ketma-ketlikda, lekin har xil ) har xil shkala uchun ishlaydi, misol uchun, «konfrontativ koping»shkalasida savollar - 2, 3, 13, 21, 26, 37 va boshqalar. Savolning ahamiyati bo’yicha sinaluvchi olishi mumkin bo’lgan maksimal ball 3, subshkalalarning barcha savollari bo’yicha maksimal 18 ball, sinaluvchi 8 ball to’pladi: 8/18*100=44,4% – bu esa konfrontativ koppingning bosim darajasi hisoblanadi. 3.Natijani ballar yig’indisi orqali osonroq aniqlasa bo’ladi: 0-6 – bosim darajasining pastligi, kopingning adaptiv turi ekanligidan darak beradi ; 7-12 – o’rta, chegaraviy holatda shaxsning adaptatsion salohiyati; 13-18 – kopingning yuqori darajasi, bu dezadaptatsiyaning namoyishkorona turidan darak beradi. Kalit Konfrontatsion koping – punktlar: 2, 3, 13, 21, 26, 37. Masofalash – punktlar: 8, 9, 11, 16, 32, 35. O’z-o’zini nazorat qilish – punktlar: 6, 10, 27, 34, 44, 49, 50. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni qidirish – punktlar: 4, 14, 17, 24, 33, 36. Javobgarlikni qabul qilish – punktlar: 5, 19, 22, 42. Qochish-o’zini olib qochish – punktlar: 7, 12, 25, 31, 38, 41, 46, 47. Muammoni hal qilishni rejalashtirish – punktlar: 1, 20, 30, 39, 40, 43. Ijobiy baholash – punktlar: 15, 18, 23, 28, 29, 45, 48. Download 26.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling