Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi


Yoruglik oqimlarini vaqt bo’yicha kogerentligini ifodalovchi sxemani keltirib yuz berayotgan jarayonni tushuntirib bering


Download 1.58 Mb.
bet30/45
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1569468
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
Bog'liq
lazer to\'liq 1

Yoruglik oqimlarini vaqt bo’yicha kogerentligini ifodalovchi sxemani keltirib yuz berayotgan jarayonni tushuntirib bering.

Kogerentlik vaqtini tajribada tekshirish va o‘lchash mum­kin. Kogerentlik vaqtini tajribada kuzatish uchun 1-rasmda keltirilgan interferometrdan foydalanamiz. z o‘qi bo‘ylab tarqalayotgan lazer nuri kichik tirqishdan o‘tib, yarim qaytaruvchi va yarim o‘tkazuvchi V1 ko‘zgu yordamida ikkita nurga ajratiladi. Birinchi nur to‘g‘ri ekranga tushadi. Ikkinchi nur esa perpendikulyar yo‘nalishda K1 va K2 ko‘zgulardan qaytib, D masofani ikki marta o‘tadi. Keyinroq V2 yarim ko‘zgu yordamida ikkala nur yana birlashadi va ekranda interferensiya manzarasini hosil qiladi. Birinchi nur ekrangacha bo‘lgan ma­sofani o‘tishda ф1=z/s vaqt sarf qilsa, ikkinchi nur esa ф2=(z+2D)/c vaqtni sarflaydi. Ikkala nur ekranda qo‘shilib interferensiya manzarasini hosil qiladi. Interferensiya manzarasidagi yo‘llarning yaqqol aniq ko‘rinishi D masofaga bog‘liqdir. K1 va K2 ko‘zgularni D masofaga siljitib o‘zgartiriladi. D masofa ikkinchi nurning ekranga yetib kelishini kechiktiradi. D masofa kichik bo‘lganda interferensiya yo‘llari aniq, yaqqol ko‘rinadi va D masofa ortib borishi bilan interferensiya yo‘llarining yaqqol ko‘rinish darajasi yomonlashib. xiralashib boradi. D ning ma’lum qiymatida esa in­terferensiya yo‘llari ko‘rinmay qoladi. Shu masofa kogerent­lik uzunligidir, ya’ni lkog=2D. Kogerentlik vaqti фkog=2D/s. Demak, Maykelson interferometri kabi interferometrlar yordamida kogerentlik vaqtini va kogerentlik uzunligini o‘lchash mumkindir.
Odatdagi yorug‘lik manbalaridan tarqalayotgan to‘lqinlar ham shu interferometrlarda interferensiya yo‘llarini hosil qiladi. Lekin bu manbalar uchun D masofa mikrometrni tashkil etadi. Lazer nurlari uchun bu masofa juda katta bo‘lib, bir necha kilometrlarni tashkil qiladi.
Shunday qilib, lazer nurlari odatdagi yorug‘lik manbala­ridan kogerentligi jihatidan ancha pog‘ona yuqori turadi va tubdan farq qiladi.


1- rasm. Yorug’lik to’lqinlarining kogerentlik vaqtini va kogerent uzunligini interferometr yordamida tekshirish sxema­si.







  1. Download 1.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling