Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi


Lazerlarini turlarini ko’rsatib ularni asosiy farq qiluvchi xususiyatlarini tarifini bering?


Download 1.58 Mb.
bet33/45
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1569468
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Bog'liq
lazer to\'liq 1

Lazerlarini turlarini ko’rsatib ularni asosiy farq qiluvchi xususiyatlarini tarifini bering?

Geliy-neon lazeri. Geliy-neon lazeri neytral atomlar aso­sida ishlaydigan gaz lazerlariga kiradi. Geliy-neon lazeri keng tarqalgan, birinchi marta ishga tushirilgan gaz lazeridir. Geliy-neon lazeri uch xil to‘lqin uzunligida generatsiya hosil qiladi: л=3,39mkm, л=0,633mkm, л=1,15mkm. Lazer qurilmasi birinchi marta 1961 yilda ishga tushirilgan. Eng keng tarqalgan geliy-neon la­zeri qizil rang chiqaruvchi (л=0.633mkm) lazerdir.
SO2 lazeri – molekulali lazerlar turkumiga kiradi. SO2 lazerining nurlanishi molekulaning pastki asosiy elektron energetik sathga tegishli tebranish – aylanish energetik sathlari orasidagi kvant o‘tishga asoslangan. Tebranish energetik sathlari orasidagi o‘tishning energiyalari katta emas, o‘sha energiyalarga tegishli nurning to‘lqin uzunligi o‘rtacha va uzoq infraqizil nurlanishi (5÷300mkm) atrofida joylashgan. Molekulalarning to‘la ichki energiyasi uch xil energiyalarning yig‘indisidan tashkil topgan: 1) yadro atrofida harakat qilayotgan elektronlarning energiyasidan Деe, 2) yadrolarning tebranma harakati bilan bog‘liq tebranish energiyasi­dan Де(v), 3) molekulaning o‘z o‘qi atrofida aylanishiga asoslangan aylanma energiyasidan Де(j).
Azot lazeri. Azot lazeri gaz molekulalari lazerlari turkumiga kiradi. Azot molekulasining uyg‘ongan elektron-tebranish S3Pi (v=0) sathdan pastki energetik elektron-tebranish V3Pd (v=0) sathga o‘tishda (S3Pi- V3Pd) ultrabinafsha (л=337,1nm) yorug‘lik nuri paydo bo‘ladi va u lazer nurlanishini hosil qiladi. Uyg‘ongan azot molekulasi S3Pi energetik sathda 38 nanosekund va pastki V3Pd energetik sathda esa 8 mikrosekund yashaydi. Azot mo­lekulasining yuqori uyg‘ongan energetik sathda yashash muddati pastki energetik sathda yashash muddatidan qariyb 100 mar­ta kam. Molekulaning bu xususiyati pastki V3Pd energetik sathda ko‘pchilik azot molekulalarining soni to‘planib qolishiga sabab bo‘ladi. O‘sha V3Pd energetik sathda joylashgan molekulalar sonining oshishi azot gazida inversiya kuchganlikni tezda chegaralab qo‘yadi. O‘sha sababli azot lazeriga o‘z–o‘zidan chegaralangan energetik o‘tishli aktiv modda asosida ishlaydigan lazer ham deyiladi. Azot gazida uzluksiz inver­siya hosil qilib bo‘lmaydi va shunga ko‘ra azot lazeri uzluk­siz rejimda ishlay olmaydi, faqat impulsli rejimda ishlaydi xolos.




  1. Download 1.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling