FANNING ISHLAB CHIQARISHDAGI O’RNI
Lazerlar, fan va texnikada, informasion va kompyuter texnologiyalari rivojlanishida muhim rolni o’ynaydi. Medisina, texnologik prosesslarni boshqarishda, aloqa sistemalarida, harbiy texnologiyalarda, atrof-muhitni monitoring qilishda, xalq xo’jaligining turli sohalarida informasiyani tez va aniq tahlil qilish va prosesslarni boshqarishda lazerlar va ular asosida ishlovchi asbob-uskunalar va mutaxassislar juda zarur.
FANNI O’QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Dasturda ko’rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari shaklida olib boriladi. Fanni o’qitishda elektron materiallar, zamonaviy elektron va raqamli qurilmalar, tajribaviy va multimediya namoyishi, kompyuter texnologiyasi, internet resurslari, shuningdek, ta’limning ilg’or texnologiyalardan foydalaniladi. Fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ish sifatida o’zlashtirish uchun beriladi. Dars o’tkazishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo’llaniladi.
MA’RUZA MAVZULARINING MAZMUNI
Fanining nazariy mashg’ulotlari mazmuni
Kvant elektronikasi fanining rivojlanish tarixi va boshqa bo’limlar bilan bog’liqligi. Fanning maqsadi va vazifalari. Fanni o’rganishdagi muammolar, uslubiy ko’rsatmalar. Eynshteyn nazaryasi: spontan va majburiy o’tishlar. Eynshteyn koeffisiyentlari.
Lazer faol muhitida yorug’likni kuchaytirish
Yorug’likni kuchaytirish. Faol muhit – invers bandlik muhiti. Uch va to’rt sathli optik damlash sxemasi. Kinetik tenglamalar.
Lazer faol muhitining xossalari
“To’yinish” shartlari. “To’yinish” intensivligi. Inveri bandlik farqining yorug’lik intensivligiga bog’liqligi. Faol muxitda nurlanishni uzatish tenglamasi. Kvant kuchaytirgich va optik kvant generatori.
Optik rezonator – Fabri – Pero rezonatori
Fabri – Pero optik rezonatori. Ochiq Fabri – Pero optik rezonatoridagi optik yo’qotishlar. Foks – Li nazariyasi. Optik rezonatorning ko’ndalang va bo’ylama mo’dalari. OKG rezonatorida ko’ndalang va bo’ylama mo’dalarni seleksiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |