Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


j Bozordagi munosabatlar haqida


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

j Bozordagi munosabatlar haqida. Bozorda har xil iste’mol n e’matlari 
swtiladi. Biroq, aynan bir xil iste’mol buyumlari ham almashishi mumkin. 
Payg‘ambarimiz qimmatbaho metallar savdosi misolida buni tushuntiradi.
Bu yerda shunga e ’tibor berish kerakki, oltinni oltinga sotish mumkin, 
lekin qanday ko‘rinishda, og‘irlikda, bunda biror tom on afzallikka egami? 
Kumushni oltinga, oltinni kumushga sotish mumkinmi?
«Oltinni oltinga (ular tanga yoki biror buyum shaklida bo'ladimi yoxud 
quyma bo‘ladimi, bundan qat’iy nazar) bir-biriga teng og'irlikda sotingizlar, 
birini ikkinchisidan afzal qilmangizlar. Kumushni kumushga ham aynan 
shu tarifa sotingizlar! Savdolashib'turgan yeringizdan jilmay turib, bir- 
biringizni molingizni qo‘lga olingizlar!1»
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, sotuvchi ham o ‘z molining 
aybini yashirmasligi, harid qiluvchi ham pul berishda g‘irromlik qilmasligi 
lozim, faqat shundagina savdoda baraka bo‘ladi, agar har ikkala tomon 
ham bir-birini aldasa, g‘irromlik qilsa, bu savdo halol savdo emas. Savdo 
halollikni yoqtiradi va shuning uchun sotuvchi ham, oluvchi ham rost 
gapirishi shart.
Savdo-sotiqdagi halollikda dastlab sotuvchining o ‘z moliga adolatli
insofli, har ikkala tomonga ham manzur b o la rli darajada narx qo'yishi 
bilan boshlanadi. Chunki sotuvchi mol egasi bo'lgani uchun dastlabki 
narxni haridorga birinchi bo‘lib taklif etishga haqlidir.
Hadisdagi rivoyatlarda: «Kimki biror oziq-ovqat mahsulotini k o ‘tara 
sotib olgan bo ‘Isa, uni uloviga ortmay (ya ’ni sotib olingan yeridan bo ‘lak 
joyga olib bormay) turib qayta sotib yubormasligi kerak, chunki tijorat 
odobi shuni taqozo qilur» (54-bob), deyiladi. Amalda tijoratning bunday 
odobiga qattiq amal qilingan, odobsizlik qilganlami esa kaltaklaganlar.
Halol savdo qilish hosiyati. Savdo-sotiq ishlarida amal qilinadigan
1 H adis, 1 - j i l d . Т., 1997
47


shartlardan yana biri savdogar boshqa savdogaming savdosini buzmasligidir. 
Bir savdogar boshqa savdogaming savdosiga: birinchidan, toki o ‘zi nixsat 
bermaguncha va ikkinchidan esa u odam savdoni tark etmaguncha 
aralashmasligi va uchinchidan esa, biror molni sotib olish uchun uning 
savdosini aynitmasligi lozim. Payg'ambarimiz: «Birortangiz birodaringiz 

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling