Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
savdosini ustiga savdo qilmangiz!»
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘nak (avans) —hadisiy qoida.
savdosini ustiga savdo qilmangiz!»
(56-bob) deganlar. Bu gapdan boshqalar molini olib qolib qimmatroq narxda sotish, aldash maqsadida narxni ataylab oshirish, savdogar savdosi ustiga savdo qilishga yo‘l qo‘ymaslik kabi m azmunlar yotadi. Savdo-sotiq ishida sudxo‘rlik qoralanadi, 22-bobda: «Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar qiyomat kuni jin chalgan m ajnun kabi turadilar», deyilib, sudxo‘rlar uchun u dunyoda ham jazo borligi aytiladi. 23-bobda sudxo'r xususida gap ketib, «Ey m o‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va agar chindan ham m o‘m in bo‘lsangiz, sudxo‘rlikni tark qilingiz! Agar (farmonimizni) bajarmasangiz, u holda Alloh va uning Rasuli tom onidan (sizlarga) urush e ’lon qilinur. Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz o ‘zingizga — zolim ham, mazlum ham bo‘lmas. Agar (qarzdor) nochor bo‘lsa, boyiguncha kutingiz. Agar bilsangizlar, (bergan qarzingizni) sadaqa qilib yuborishingiz o ‘zingiz uchun yaxshidir. Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo'rqingiz! So‘ngra, har bir jonga qilgan amaliga yarasha to ‘la jazo berilur va hech kimga zulm qilinmas», deyiladi. G ‘irromlik qilish ham sudxo'rlikning bir ko'rinishi sifatida qoralanadi. Bo‘nak (avans) —hadisiy qoida. Hadisda bo‘nak berib mol olish haqida hammasi b o ‘lib 8 ta bobdan iborat bo'lgan kichik kitob ham berilgan bo‘lib, unda bo‘nak (avans) berib mol olishda kafolat berish, molning bir qismini m a’lum muddatda uzish sharti bilan mol olish kabi holatlarni adolatli hal etish usullari ko'rsatib berilgan. Kitobning 2-bobida Payg‘ambarimizning Madinaga kelishi xususida gap ketganda, odamlar bo‘nak (avans) berib, qolgan haqini bir-ikki yil ichida o ‘z sharti bilan samar (don-dun, meva-cheva va sabzavot) berish odati mavjud bo'lgani yoziladi. Payg‘ambarimiz odamlarga yanada qulayroq bo'lishi va masalani adolatliroq hal etish maqsadida: «Kimki bo‘nak (avans) berib, qolgan haqini ersa m a’lum m uddatda uzish sharti bilan xurmo (va undan bo‘lak narsalar) oladirgan bo‘lsa, o ‘lchanadirganini o ‘lchab, tortiladirganini tortib olsin», deb o ‘z m aslahatini beradi. Shuningdek, ushbu kitob Payg‘ambarimiz davrlarida odam lar bo‘nak (avans) berib, qolgan haqini m a’lum m uddatda uzish sharti bilan mahsulotlarini o'lchab, tarozida tortib olingani, nasiyaga taom sotib olishda 48 qolgan haqning kafolati uchun tem ir sovutlar garovga qoldirilgani kabi rivoyatlar bor. Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki, hozirgi paytda ham kishilar o ‘rtasida m a’lum muddatni kelishib olib, bir-birlariga yer yoki pul qarz berib, uning evaziga yoki bir qismiga qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hayvon yoki boshqa tovar olish odati juda qadimdan mavjud bo'lgan va u kundalik hayot taqozo etgan talablar asosida tobora takomillashib bormoqa. Hadislarda ju f a kitobi ham berilgan bo‘lib, undagi uchta bobda ju f aning mohiyati va ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Unda taqsimlangan, hali chegarasi aniq belgilanmagan umumiy mulkda ju f a huquqi borligi, lekin ular taqsimlanib, chegaralari aniq belgilanib, uning egasi aniq bo‘lsa, bu huquqning barham topishi xususidagi fikr talqin etilgan. J u f a iqtisodiy va huquqiy asnoda yerlari tutash bo'lgan qolshnilaming bir-birlarining uy va yerlarini ham da biror mulkka sherik yoxud biror mulkda ulushi (nasibasi) bor kishilaming bir-birlarining ulush nasibalarini birinchi b o ‘lib sotib olish huquqlarini bildiradi. Bu yerda birinchi bo‘lib ulushni kim sotib olish huquqiga ega ekanligiga e’tibomi qaratish lozim va bunday fikrga kitobning 2 va 3-boblarida berilgan rivoyatlarda yanada aniqlik yuritilib, qo‘shnisining ijozatisiz o ‘z uyi va yerini, sherigining ruxsatisiz o ‘z ulushi (nasibasi)ni sotolmasligi, sotganda ham agar ikkita qo‘shnining qay birining eshigi o ‘zingga yaqinroq bo‘lsa, faqat unga boshqalarga qaraganda arzonroq naixda sotish lozimligi ko‘rsatilgan. Bunda Payg‘amba- rimizning: «qo‘shni qo‘shniga uy-joylarining tutashligi birlan boshqalardan ko‘ra haqliroqdur», degan maslahatlari hech qanday jamoaga tegishli bo‘lmagan, taqsimlanmagan umumiy mulkka nisbatan ju f a huquqiga asos qilib olinganligini ta ’kidlab o ‘tish lozim. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling