Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- «mulkni befoyda jamg ‘arishdan saqlanish zarur»
- «Tibbivot dostoni»da
«Fozil odamlar
shahri» asarida ham o‘z ifodasini topgan. Mutafakkir Aflotun qarashlari haqida gapirar ekan, «mulkka ega bo'lish yomon odat emasligini, qashshoqlikda (mulksiz) yashagandan ko‘ra, badavlat yashamoq afzaldir», degan fikrni aytadi. Faqat «mulkni befoyda jamg ‘arishdan saqlanish zarur», degan fikrni ilgari suradi. Fikrini davom ettirib yozadiki: «Odamlarga, avlodga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ishdir; bunda qonunlar yordamida ruh va badanni e’zozlanishiga sazovor qiladigan tarbiya muhim ahamiyatga ega. Faqat boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to‘plash, mol-mulkka ega bo‘lish yomon odatdir1». Olim Aflotun falsafasini sharxlar ekan, odamlarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. «Agar shahar aholisi m a’rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo‘lsa, u holda ular 1 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Т., 1991, 38 —bet 54 qonun o‘matgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar». ( 0 ‘sha joyda, 39-bet. ) Qayd etiladiki, qonunlar asosida, ya’ni huquqiy tarbiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotda g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Huquqiy tarbiya faqat o‘zini emas balki boshqalami ham o‘ylab yashash va ishlashga xizmat qiladi, mulkni, manbalami to ‘g‘ri tasarruf etish, undan yaxshi natijalar olishga da’vat etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizning Ta’lim to‘g‘risidagi Dasturi va Qonunida huquqiy va mulkiy tarbiyaga katta o‘rin ajratildi. Forobiy uqtiradiki, «Mulk orttirishda unchalikxavfyo‘q, ammo uni ehtiyot qilib saqlash kerak. Agar boshqa birovlar hisobiga mulk orttirganlar jazolanmasalar, u holda shahar aholisidan insof va shuhrat yo‘qoladi. Mulkni ehtiyot qilib saqlab/ o‘z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon ish-hisoblanmaydi...1» Bu ko'rsatmalaming ahamiyati bugungi kunda juda ham katta. Zero, odamlar, mustaqillik va demokratiya tufayli mulkdor bo'lmoqdalar. Biroq mulkdor bo‘lish boshqa-yu, mulkni ehtiyot qilib, o £zi va jamiyati uchun samarali foydalanish undan ham muhim. Ishlab chiqarish va iste’mol uchun harajat qilish muayyan zaruratdir. Ishlab chiqarish va hayotning samarasi ko‘pincha ana shu harajatlar miqdori, tartibi va mezonlariga ham bog‘liqdir. Olim hisoblaydiki, yashash uchun ega bo‘lingan mablag‘lami, mahsulotlar va mulkni to‘g‘ri taqsimlan- masa, me’yori bilan harajat qilinmasa, bunday ishda «nomaqbulchilik ro‘y beradi». «Bu — boshqarilishi eng qiyin bo‘lgan ishdir, kimda-kim o‘z ixtiyorida bo‘lgan mulkni foyda chiqarish uchun muomalaga qo'ymasa, uni faqat o‘zi uchungina jamg‘arsa, juda katta zarar keltiradi2» Forobiy qarashlarida taasimot masalasi juda keng va o‘ziga xos usulda talqin etiladi. U jamiyat va odamlar yo‘lidagi mulk va noz-ne’matlami to‘g‘ri taqsimlash davlat qurilishida asosiy masaladir, degan fikmi bildiradi. Demak, jamiyat hayotida eng muhim muammolardan biri mulkni, mahsulotlami kerakli maqsadlarga to ‘g‘ri, samarali taqsimlanishidir. Taqsimot ishi maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yilmas ekan, ko'pchilik odamlar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib qoladi. Taqsimot mavjud mulk, mahsulot, boyliklar hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdan boshlanadi. Xuddi ana shu fikr Forobiy tomonidan oldingi o ‘ringa chiqariladi. «Awalo, — deydi olim, — yer va joylaming miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o‘rinlari, so‘ngra nihoyatda zarur narsalar 1 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Т., 1991, 47 —bet 2 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Т., 1991, 42 —bet 55 bo‘lgan oziq-ovqatlar, ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi zarur1». Forobiy Aflotunning quyidagi fikrlarini alohida ajratib keltiradi: «Taqsimotning ishi juda qiyin, lekin juda zarar ishdir». Buyuk daholaming taqsimot va mulkni tasarruf etish masalalariga bu qadar chuqur qarashlari bejiz emas. Albatta, taqsimot mavjud narsalar taqsimotidir, u ishlab chiqarishga nisbatan vaqt jihatidan keyingi o ‘rinda turadi, ishlab chiqarish munosabat- laridagi ikkinchi bo‘g‘indir. Biroq shuni unutmaslik kerakki, taqsimot ishlab chiqarishning boshqa tomoni, aslida uning davomi va takrorlanishidir. Buning m a’nosi shuki, to ‘g‘ri va adolatli taqsimot tizimi yaratilgan sharoitdagina ishlab chiqarish natijalari shunchalik yaxshi bo‘ladi. Bu yerda gap faqat makroiqtisodiy darajadagi taqsimot ustidagina borayotgani yo‘q, bu xulosa mikroiqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlari uchun ham bab-baravar ahamiyatga ega. Forobiyning iqtisodiy qarashlarida jamiyat hayotining eng muhim masalalari ko'tarilgan. Sharq falsafasida ehtivoilar masalasi deganda odamlar ehtiyojlari va ularning qondirish vositalarini qidirish emas, balki har bir odamning shaxs sifatidagi zaruriy ehtiyojlami tadqiq qilish va ulam i qondirish muammolari m uhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu ehtiyojlar tizimida odamning shunday fiziologik ehtiyojlari mavjudki, ular faqat harakat qilish, m ehnat va yaratuvchanlik (ishlab chiqarish) bilan qondiriladi. Demak, inson ehtiyojlarining eng muhimi mehnat qilish (varatuvchanlik~> ehtivoiidir. barcha ehtiyojlami qondirishga ham xuddi ana shu mehnatga bo'lgan ehtiyojni qondirish orqali erishiladi. Sharq iqtisodiy tafakkuri markazida inson va uning ehtiyojlari, ulami qondirish masalasining turishi bejiz emas. Ijtimoiy-iqtisodiy tafakkuming ana shu eng dolzarb masalasi Sharqning buyuk farzandi, faylasuf Abu Nasr Forobiy asarlarida asosiy o ‘rin olganligi fikrimizning dalilidir. Sharq Arastusi nomi bilan mashhur bo'lgan alloma Arastu falsafasi tahliliga bag‘ishlangan asarida iqtisodiyot fanining muhim kategoriyasi bo‘lgan ehtiyojlar masalasiga alohida e’tibor berib, ehtiyojlami qondirish inson harakatining markazida turajagini ko‘rsatdi. 13 inson ehtiyojlarini qondirishda m ehnat va m ehnat qurollarining o ‘rni beqiyos ekanligini uqtirib o ‘tadi. 1 Abu Nasr Forobiy. Fozil odam lar shahri. Т., 1991, 37- b e t 56 Abu Ali ibn Sino shu narsani chuqur tushunib yetadiki, odamlar o ‘zaro hamkorlikda bo‘lishlari kerak, ya’ni ular iqtisodiy munosabatlarga kirishishlari lozim. Chunki har bir odam alohida holda ishlaganda, u qanchalik kuchli va salohiyatli b o ‘lmasin, hatto o ‘z ehtiyojlarini ham qondira oladigan mahsulotni yaratishga qurbi yetmaydi. Shuning uchun odamlar o ‘zaro iqtisodiy kelishuvga kelishga, ya’ni m ehnat taqsimoti asosida faoliyat qilishga intiladilar. Buning iqtisodiy nazariya nuqtayi nazaridan m a’nosi shuki, ishlab chiqarish munosabatlari haqiqatdir, tabiiy zaruratdir, muayyan holatdir. Ibn Sino odam jamiyatdan tashqarida yashay olmasligini, u jam oat muhitidagina ijtimoiy bog‘liqbo‘la olishini qayd etgan. Ular o‘zaro iqtisodiy hamkorlik orqali o ‘z hayotlarini ko‘radilar, o ‘zlarining hayotiy ehtiyojlarini qondiradilar. Biroq, odamlarning o ‘zaro munosabatlari adolat doirasida bo‘lmog‘i darkor, adolatni esa fanni (haqiqatni) sevadigan davlat o ‘matishi mumkin, holos. Ibn Sino fikricha, davlat har bir odamning jamiyatdagi o ‘rnini (ish joyini) aniq belgilab, qanday faoliyat, yuritishini tashkil qilib berishi kerak, ayniqsa, davlatda tekinxo'rlar, boshqalar hisobiga kun ko'ruvchilar bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Davlat bunday takomilga faqat fanni rivojlantirish orqali erishadi. Ibn Sino savdo munosabatlarining jamiyat taraqqiyotida katta ro ‘l o ‘ynashini ham uqtirgan. U savdo aloqalari shaharlar (mamlakatlar, xalqlar) o'rtasida yo‘lga qo‘yilishi lozimligini ta’kidlaydi, chunki shundagina ijtimoiy taraqqiyot yuz beradi, odamlar o‘rtasida tushunish vujudga keladi. Yuqoridagi qoidalarga xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ibn Sino ilmiy ijodida iqtisodiy munosabatlar masalasi ham, uning muammolari va ularni takomillashtirishga oid tadqiqotlar ham salmoqli o ‘rin tutadi. Abu Ali ibn Sino «Tibbivot dostoni»da yozadiki, agar hayvonlar tabiat ne’matlariga qanoat qilib yashasalar, odamlarga bu ne’matlar ozlik qiladi, ular oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishlari lozim. Uning ta’kidlashicha, agar hayvonlar tayyor tabiat ne’matlarini o ‘zlashtirib olsalar, odamlar o ‘z m ehnatlari bilan o ‘zlariga ovqat, kiyim- bosh, uy-joy yaratadilar, ular ana shu maqsadda dehqonchilik, hunar mandchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanadilar. Shuning uchun alloma odamlarni ijtimoiy foydali mehnatga chorlaydi. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling