Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Islomda rabbarlik masalasi


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

Islomda rabbarlik masalasi. 
Islom ta’limotida davlatni, iqtisodiyotni, 
odamlami boshqarish ya’ni «menejment» masalasiga ham alohida ahamiyat 
berilgan.
Ijara masalasi. 
Islom ta’limotida mulkni oqilona tasarruf etish, uni 
egasi samarali foydalana olmagan sharoitda ularni o‘zi va egasi uchun 
ham foydali tarzda ishlata oluvchilariga ijaraga berib turish qoidalari bayon 
etilgan. Bu shundan dalolat beradiki, mulk ijarasi masalasi bugun bozor 
iqtisodiyoti unsuri bo‘lmay u azaliy islomiy qadriyat ekan. Demak, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida ijara munosabatlarini iqtisodiyot subyektlariga 
o'rgatishda islom qoidalariga amal qilishimiz nihoyatda dolzarb masaladir.
Bo‘nak. 
Payg‘ambarimiz Sallollohu alayhuvassalamning muborak 
hadislarida bayon qilingan iqtisodiy qoidalardan biri. Bo‘nak (avans) mol 
olishda kafolat berib, mol qiymatining bir qismini ma’lum muddatda 
uzish sharti bilan olish kabi holatlami adolatli yo‘lga qo'yish tartibidir. 
Nasiyaga biror narsa olishda bo‘nak berish, qolgan haqini keyinroq to'lash 
yoki nasiyaga olingan mol uchun bir narsani kafolatlashga (garovga qo‘yish) 
tavsiya etilgan. Bunday munosabatlar odamlar o ‘rtasidagi iqtisodiy 
aloqalarda adolat o'matish maqsadini nazarda tutish bilan biiga odamlaming 
iqtisodiy ahvollarini yengillashtirishga ham yordam bergan.
53


V bob. UYG‘ONISH DAVRI 0 ‘RTA OSIYONING IQTISODIY
G‘OYALARI
Islom iqtisodiy g'oyalari 0 ‘rta Osiyo allomalarining iqtisodiy tafakkuri 
rivoji manbayi bo‘lib qoldiki, bu Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf 
Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur va 
boshqa ko‘plab mutafakkirlar ijodida o‘z ifodasini topdi.
I.
Abu Nasr Forobiyning iqtisodiy g‘oyalari
Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sino iqtisodiy merosi markazida 
inson va uning ehtiyojlarini qondirish masalasi turadi. Zero, yuqorida 
aytilganidek, inson bu dunyoning oliy n e’mati va uning ehtiyojlarini 
qondirish har qanday jamiyatning yashash va rivojlanish shartidir. Albatta, 
inson ehtiyojlari turli-tuman va doimiy o ‘sib boruvchidir. Odamlar 
ehtiyojlarini iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, m a’naviy guruhlarga ajratish 
mumkin. Ammo inson ehtiyojlari ichida ustuvor o‘rinda iqtisodiy-ijtimoiy 
ehtiyojlarni qondirish turadi.
Abu Nasr Forobiy buyuk ajdodlarimizdan biridir. U ilm-fan tarixiga 
Sharqning buyuk faylasufi, Sharq Arastusi, Sharq Aflotuni kabi mashhur 
nomlar bilan muhrlangan. Uning iqtisodiy va boshqa ijtimoiy qarashlari 
Arastu va Aflotun asarlarini tushuntirishga qaratilgan bir qancha asarlarida 
bayon etilgan, jumladan, uning iqtisodiy dunyoqarashi 

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling