Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


«Muxtasar» asarining iqtisodiy g ‘oyalari


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

3. «Muxtasar» asarining iqtisodiy g ‘oyalari
«Muxtasar» musulmon olamining eng m ashhur asarlaridan biri bo‘lib, 
u Ali ibn Abu Bakr Marg‘iloniy qalamiga mansubdir. Bu kitob dastlab 
«Hidoya» deb atalar edi, unga juda ko‘plab sharhlar yozilgan. Shulardan 
biri U baydullox ibn M as’ud to m o nid an yozilgan sharh b o ‘lib, u 
«Muxtasarul viqoya» deb nomlangan. U bizning o ‘lkamizda keng tarqalgan 
bo‘lib, o ‘tgan asr oxirida Sankt-Peterburgda, asrimiz boshida Toshkentda 
va boshqa joylarda turkiy tilda bosilib chiqqan. Ushbu asar Shahobiddin 
ibn Abdulaziz tomonidan turkiy tilga taijima qilingan va u hozir «Muxtasar» 
(Ixcham) nom i bilan bosmadan chiqarildi.
49


Bu asaming ahamiyati, aw alo, shundaki, unda islom qoidalariga 
muvofiq qonun-qoidalar, shu jum ladan, iqtisodiy munosabatlar ham 
ixcham shaklda bayon qilingan. Ushbu kitob Sharq iqtisodiy ta’limotini 
bilib olishimiz, o ‘rganishimiz, undan hozirgi zamon iqtisodiy munosabat­
larini o'rganish va iqtisodiy tafakkurimizni islom iqtisodiy qarashlari bilan 
boyitib borishimiz uchun g'oyat qimmatli dasturilamaldir. Shu bilan birga
uning ko‘p qoidalari mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar 
bilan, yo‘lga qo‘yilayotgan iqtisodiy ta ’lim sohasidagi ishlarimiz bilan 
hamohangdir.
Asarning eng qimmatbaho tom onlaridan biri, bizning nazarimizda, 
unda iiara munosabatlari g‘oyat keng, mukammal bayon qilinganidadir. 
Kitobda ijaraning xo‘jalik faoliyatini tashldl etish, iqtisodiy faoliyatni yo‘lga 
q o ‘yib olish, foydalanilmay yoki vaqtincha foydalanilmay yotgan mol- 
mulkni har ikki tom on uchun ham o ‘zaro manfaatli shaklda harakatga 
keltirish, ijarani har ikki tomonning rozi-rizoligi asosida shartnoma bilan 
tasdiqlatib olish kabi bir qancha qoidalar o ‘z ifodasini topgan.
Quyida kitobdagi ijaraning mohiyati, asosiy tamoyillari, shartlari
qoidalariga oid ayrim jihatlarini o‘quvchimizga havola qilamiz:
Birinchidan, ijaraga berganda yoki ijaraga olganda mulkdan keladigan 
foydaning qanday miqdori berilishini va qanday muddatda ijara muddati 
tugashini ko‘rsatib qo‘yish lozimligi uqtiriladi. Muxtasar asarida yoziladiki, 

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling