Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH IBORALAR: Merkantilizmning asosiy iqtisodiy g‘oyasi.
- Proteksionizm.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Merkantilizm ta ’limoti vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlari. 2. Merkantilizm ta’limotining mazmuni va uning bosqichlari, umumiylik va farqlari nimadan iborat? 3. Merkantilizm bo'yicha boylikning asosi nima? 4. Mamlakatda qimmatbaho materiallar miqdorini ko'paytirish uchun qanday choralar ko‘rilgan? 5. Merkantilizm ta ’limotining taniqli namoyandalari kimlar? 6. Merkantilizm ta ’limotining tarixiy ahamiyati va taqdiri. 7. Fiziokratizm ta’limotini vujudga kelishi, mohiyati va shart-sharoitlari haqida nimalarni bilasiz? 8. F. Kenening «Iqtisodiy jadvali»dagi takror ishlab chiqarish mohiyatini tushuntirib bering. 9. Fiziokratlar ta ’limoti bo‘yicha boylikning asosi nima? 10. «Tabiiy tartib konsepsiyasi», «sof mahsulot», «unumli» va «unumsiz» mehnat, «qo‘shimcha mahsulot» tushunchalarini tavsiflang. 11. Fiziokratizm ta ’limotining taniqli namoyandalari kimlar? 12. Merkantilistlar va fiziokratlar iqtisodiy ta’limotlarining ahamiyati va tarixiy taqdiri. TAYANCH IBORALAR: Merkantilizmning asosiy iqtisodiy g‘oyasi. Ilmiy iqtisodiy nazariyaning vujudga kelishidagi birinchi iqtisodiy ta’limot merkantilizmdir. Uning asosiy g‘oyasi pulni (oltin va kumush) boylik, mulk deb bilish bo‘lib, bunday boylik faqat muomalada, savdoda, oldi-sotdida, bozorda vujudga keladi deb bilishdir. Mamlakat va xalqning boyligi pul topish va pul jamg‘arishda deb qarash ta ’limoti m a’lum bir tarixiy davr uchun nisbatan yaroqli g‘oya bo‘lsa-da, bunday qarash iqtisodiy tahlilni faqat bir soha bilan cheklashga, ishlab chiqarishning jamiyat hayotidagi ahamiyatini tushun- maslikka, xaspo'shlashga xizmat qildi. Proteksionizm. Davlatning merkantilistlar bergan takliflari asosida yuritadigan iqtisodiy siyosat. Bu siyosatga ko‘ra, davlat mamlakatda tovar ishlab chiqarishni tashqi bozor uchun rag'batlantirish, chetdan tovar keltirishni cheklash yoki taqiqlashni, ular uchun yuqori boj to'lovlari joriy qilishni ifodalaydi. Tashqi siyosatning bosh tamoyili chetga tovar 96 chiqarish orqali mamlakatga ko‘proq pul (oltin, kumush) keltirish, mamlakatni boyitishdir. Ilk merkantilizm. Bu ta ’limot asoschisi U. Stafford bo‘lib, uning konsepsiyasiga ko‘ra oltin shunchaki qimmatbaho narsa emas, balki boylikning m utlaq shaklidir. Ilk m erkantilistlar faol savdo va pul muomalasini m a’muriy choralar bilan amalga oshirish tarafdori bo‘ladilar, davlat hududidan tashqarisiga pul chiqarishni qat’iy taqiqlash, chetdan kelgan savdogarlardan o ‘z pullariga natural tovar olib chiqib ketishlarini nazorat qilishni talab qildilar. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling