Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

D2 ■ d,
Yangi keynschilar Keyns ta ’limotiga asoslanib, uni o‘z davrining 
mukammal nazariyasi darajasiga ko‘tardilar. Yangi keynscliilik qarash- 
larining mohiyati, asosan, quyidagichadir: bozorning bir o‘zi iqtisodiy 
muvozanatni ta’minlay olmaydi, bu ishni faqat davlat qiloladi, bozorning 
nuqsonlari va ziddiyatlarini faqat davlatgina bartaraf etishi mumkin. Davlat 
iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini oldini oladi va buzilishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. Ko‘rinadiki, yangi keynschilik davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni 
va rolini mutlaqlashtirishga harakat qiladi.
Shuni aytish kerakki, tashqaridan qaraganda yangi keynschilikning 
davlatning iqtisodiy vazifasi masalasi m a’muriy-buyruqbozlik, rejali 
iqtisodiyot mohiyati bilan hamohang ko‘rinadi. Aslida ularning mohiyati 
o‘zgacha. Bilamizki, markazlashgan rejali boshqarish tizimida iqtisodi­
yotning barcha bo‘g‘inlari markazga, uning global maqsadi va manfaatiga 
bo‘ysundirilgan, bunda iqtisodiyot subyektlarida hech qanday iqtisodiy 
erkinlik yo‘q, ular o‘rtasida raqobatchilik muhitiga yo‘l qo‘yilmagan, tovar 
ishlab chiqarish inkor etilgan va h. k. Bizning yaqin tariximiz tajribasi 
rejali, markazlashtirilgan boshqarish tizimining yaroqsizligini ko‘rsatdi.
Yangi keynschilikka ko‘ra, davlat iqtisodiyotni rejalashtirmaydi, balki 
tartiblashtiradi, u investitsiyalash jarayoni samaradorligini «eng yuqori 
unumdorligi» va foydaliligini rag‘batlantirib turadi, holos. Bu ta’limotga 
ko‘ra, davlatning iqtisodiyotga aralashishi cheklangan, ya’ni uning aralashuvi 
iqtisodiyot barqarorlashib olguncha davom etadi, iqtisodiyot to‘g‘ri, samarali 
yo‘lga tushib olgandan keyin davlatning aralashuviga muhtojlik qolmaydi.
Aslida Keyns va uning izdoshlari taklif etgan nazariya iqtisodiyotda 
inqirozlarga yo‘l qo‘ymaslikni, barqaror, muvozanatli holatni saqlashni 
nazarda tutadi. Biroq ana shunga qaramay XX asming deyarli 90-yillarigacha 
mintaqaviy va jahon iqtisodiy inqirozlari ro‘y berib turdi. Bu esa keynschilik 
ta’limotini tanqidiy baholashga asos bo‘ldi. Jumladan, postkeynschilik 
degan nazariya maydonga chiqib, Keyns ta’limotini jiddiy tanqid ostiga 
oldi. Ular «eng yuqori naflilik», «ishlab chiqarish omillarining eng yuqori 
unumdorligi» kabi qarashlarni tanqid qilib chiqdilar.
137


Postkeynschilar metodologiyasida milliy daromadni taqsimlash muam- 
mosi markaziy o‘rin tutadi. Ular iqtisodiy o ‘sish va barqarorlikni milliy 
daromadning taqsimoti bilan bog‘laydilar. Ulardagi yana bir yangilik shuki, 
jamiyatdagi barqarorlikni ng ta’minlanishida tashqi omil-ijtimoiy institutlar 
(masalan, kasaba uyushmalari) muhim rol o ‘ynaydi. Kasaba uyushmalari 
bandlik, ish haqi, daromadlar, ularning taqsimlash jarayonlaridan 
xabardor bo'lgan ijtimoiy institut bo‘lganligi tufayli postkeynschilar ularga 
katta umid bilan qaraydilar. Postkeynschilar maqsadi iqtisodiyotni tartibga 
solish va daromadlar siyosati orqali inflyatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik edi. Biroq 
iqtisodiyotning to‘lqinli rivojlanishi tufayli iqtisodiyotda ziddiyatlaming 
yuz berishi, inflyatsiyaning u yoki bu darajada bo'lishi obyektiv iqtisodiy 
haqiqatdir.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling