Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI bob KEYNS TA’LIMOTI. YANGI KEYNSCHILIK 1. J. M. Keynsning iqtisodiy ta’limoti. Umumiy bandlik va samaradorlik haqidagi qarashlari
Klark ta’limoti-
U siyosiy iqtisodda iqtisodiy hayotning statikasi va dinamikasi haqidagi g‘oyalar bilan chiqdi. U iqtisodiyot statik bo‘lganda tadbirkor daromadi nolga teng bo‘ladi, dinamik bo‘lganda tadbirkor qo'shimcha daromad- sohibkorlik daromadi oladi, deb tushuntiradi. U mehnat va kapital kabi omillar unumdorligining pasayib borish qonunini izohlashga urindi, cheklangan unumdorlik, cheklangan mahsulot kabi iqtisodiy atamalami talqin etdi. XI bob KEYNS TA’LIMOTI. YANGI KEYNSCHILIK 1. J. M. Keynsning iqtisodiy ta’limoti. Umumiy bandlik va samaradorlik haqidagi qarashlari XX asr insoniyat sivilizatsiyasi tarixida juda ko‘p tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan voqealar, katta ilmiy-texnik ixtirolar, yangi iqtisodiy ta’limotlar va siyosiy o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Ana shu tarixan qisqa davrda yangi bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum (sotsializm) vujudga kelib, jahon sistemasiga aylanib, inqirozga yuz tutgan, tamomila yangi iqtisodiy munosabatlarga keskin o‘sib o‘tish jarayoni kechdi, xususan, iqtisodiy nazariyalar tarixida ham buyuk yangihklar yaratildi. Ingliz iqtisodchisi J. M. Keyns ishlab chiqqan nazariya ana shu yangiliklardan eng muhimi, mukammali bo'ldi deyish mumkin. Bu nazariya tufayli uning muallifi buyuk iqtisodchilar safidan faxrli o ‘rin oldi. Uning iqtisodiy ta’limoti bir qancha asarlarda ishlab chiqilgan bo‘Isa ham uni siyosiy iqtisod olamida mashhur qilgan kitobi «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936- yil) bo‘ldi. Keynsdagi ilmiy iqtisodiy yangilik - o‘zidan oldingi iqtisodchilar iqtiso- diyotni tahlil qilishning mikroiqtisodiy usuhni taklif etgan bo‘lsalar, u iqtisodiy tahlilining makroiqtisodiy usulini ishlab chiqdi, uni milliy iqtisodiyot darajasida amalda qo‘lladi, iqtisodiyot nazariyasini, uning tahlil usulini yangiladi. To‘g‘ri, bu makroiqtisodiy tahlil qilishning ma’lum namunasini F. Kene XVIII asrda qishloq xo'jaligi va sanoat misolida, K. Marks XIX asrda kapitalistik tuzum iqtisodiyoti misolida ko‘rsatgan edilar. Ulardan keyin iqtisodchilar faqat mikroiqtisodiy tahlilga o‘tib olgan edilar, ya’ni ular ayrim olingan iqtisodiyot subyekti, korxonalar darajasidagi xo'jalik faoliyatini o‘rganishib, butun iqtisodiyot uchun takliflar, xulosalar qildilar. Ulaming nazarida bunday usul bilan iqtisodiyotni inqirozsiz rivoj lantirish mumkin edi. Ular korxonada ishlab chiqarish va muomala hara jatlarini kamaytirish, foyda olishni maksimallashtirish, korxonalarga investitsiyalar jalb etib, shu yo‘l bilan kapital samaradorligini oshirish masalalari bilan shug‘ullandilar. Biroq bunday yondashuv iqtisodiyot naza- riyasida, iqtisodiyotda m a’lum siljishlar, o‘zgarishlarga olib kelgan bo‘lsa ham, ulaming takliflari korxonalarni iqtisodiy inqirozdan asrab qolol- mayotgan edi. 1929-1933- yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi butun kapitalistik dunyoni, xususan AQSH iqtisodiyotini larzaga soldiki, bu siyosiy iqtisod fanida qandaydir yangi tahlil usuhni kashf etishni taqozo 132 etar edi. Bunday ulug‘ sharafga aynan J. Keyns, keynschilik, uning ilmiy izdoshlari muyassar bo‘lishdi. Keyns taklif etgan «makroiqtisodiy tahlil» usulining mohiyati nimada edi? U makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar- aholi daromadlari, ulaming band- ligi, ish haqi, investitsiyalar, jamg‘arish, muomaladagi pul miqdori, narx-navo, foyda, foiz kabilar o ‘rtasidagi bog'liqliklami ochib berdi. Zero, bu iqtisodiy ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlar o ‘z-o‘zidan alohida iqtisodiyot subyektlarining ham butun milliy iqtisodiyotning ham barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o ‘sishiga olib kelardi. M asalan, aholi daromadlarining ortib borishi ularning jamg‘arishga, investitsiyalashga intilishiga sabab bo‘ladi, buning natijasi o ‘laroq, aholi uchun yangi ish joylari yaratiladi v a. h. k. Keyns talab va taklif masalasida ham yangicha yondashuv qildi, ya’ni oldingi iqtisodchilar (masalan J. B. Sey) ilgari surgan g'oyaga ko‘ra, taklif o‘z-o‘zidan tovarga taklifni keltirib chiqaradi. Keyns ta’limotiga ko‘ra esa iqtisodiyotdagi keskin muammolar ochilishi resurslar taklifi bilan emas, balki ularga talabdan axtarish lozim. Demak, talabni shakllan- tiradigan omillami ishga solish zamr. Uning iqtisodiy g‘oyasi psixologik omil bilan bog‘lanadi, u iqtisodiyotda «asosiy psixologik qonun» amal qiladi, deb qaraydi. Keyns ochgan ushbu qonunga ko‘ra, aholi daromadlari o'sishi bilan odamlarda ko‘proq iste’molga emas, aksincha, jamg'arishga moyillik tug‘iladi. Boshqacha aytganda, odamlarning daromadlari ortgani sari, ulaming daromadlarining bir qismi iste’mol qilinmay qoladi Va bu qolgan daromad jamg‘arilib boriladi, ya’ni iqtisodiyotni rivojlantirishga asqotishi real mumkin bo‘lgan investitsiyaga aylana boradi. Mana shu jamg‘arish moyilligi talab va taklif nisbatini 0‘zgartiradi, oqibati o'laroq makro- iqtisodiyotda jami talab va jami taklifning o'zaro mos kelmasligi sodir bo'ladi, ya’ni ular o'rtasida uzilish yuzaga keladi. Bu uzilishni Keyns inflvatsiva va ishsizlik uzilishi deb ataydi. Iqtisodiyotdagi taklif va talabning mos kelmasligi iqtisodiyotning mo‘tadil rivojlanishiga halaqit beradi, bozor mexanizmi esa bunday nomutanosiblikni tartibga sololmaydi. Demak, bunday inqiroziy holatdan iqtisodiyotni qut- qarish uchun tashqi omil ta’siriga muhtojlik seziladi. Bu tashqi omil iqtisodiyotga aralashuvi mumkin bo‘lgan davlat va uning iqtisodiy siyosatidir. Keyns iqtisodchilardan birinchi bo‘lib davlatning iqtisodiyotga aralashuvi lozimligi va uning tartibga solishga qodir kuch ekanligini payqadi. Keyns taklifi bo'yicha, davlat qo‘lida kuchli iqtisodiy va siyosiy qudrat bor, u bu 133 qudrat orqali iqtisodiy o‘zgarishlarni, islohotlami rag'batlantiradi. U davlat vositasida ro‘y beradigan iqtisodiy o'zgarishni obrazli qilib « t a l a b s a m a- r a s i» degan kategoriya bilan tavsiflaydi. Ma’lumki, azal-azaldan aholini ish bilan band qiUshga iqtisodiy va siyosiy barqarorlik omili deb qarab kelingan edi. Bu g‘oya Sharqning buyuk daholari Amir Temur («Temur tuzuklari» asari), Nizom-ul- mulk («Siyosatnoma» asari) va boshqalar tomonidan qayd etilgan. Keyns ham yangi tarixiy davrda iqtisodiy o‘sish va barqarorlikka erishish omili deb aholini band qilish va ishsizlikka barham berish deb bildi. Uning fikricha, aholining ish bilan bandligi taklif samarasi bilan, taklifning o ‘zi esa aholining jamg‘arishga moyilligi va investitsiya sarflari bilan ta’minlanadi. Keyns ixtiro qilgan «asosiy psixologik qonun» ta’sirida aholi daromadlarida iste’mol hissasi kamayib, jamg‘arish hissasi ortib boradi. U bunday bog‘liqlikni iste’mol o'sishining (Д1) daromad o‘sishiga (AD) nisbati bilan tavsiflaydi. Bu nisbat doimo 1 (bir) dan kichik bo'ladi, ya’ni: - * < 1 AD Masalan, Alq5, ADq7 bo‘lsa, bunda 5:7q0, 7 ya’ni 0. 7<1 dir. Keynsning umumiy bandlik nazariyasiga ko'ra, investitsiyalar investitsiyagabo‘lgan intilishga bog‘liqdir. Jamiyatda aholi daromadlarining o‘stirilib borilishi, investitsiyalar hajmining o‘sishini keltirib chiqaradi. Shundan kelib chiqib, Keyns bandlikning umumiy hajmi uch omilga- «iste’molga moyillik», «eng yuqori samaradorlik» va «foiz normasi»ga bog'liq ekanini asoslagan. Ayni chog‘da, Keyns iste’mol masalasini ham e’tibordan chetda qoldirmadi. U iste’molni ikki omil bilan bog'laydi. Birinchidan, milliy daromad miqdoriga bog‘liq, ikkinchidan, iste’molning qisqarishiga xalq moyilligi ta’sir qiladi. Shunday bog‘liqlikdan kelib chiqib, u xulosa qiladiki, iqtisodiy o‘sish ya’ni milliy daromadning bir maromda ko'payib borishi uchun aholi bandligini oshirib borish kerak, buning uchun esa yangi ish joylari ochishga investitsiyani yo‘naltirish darkor. AhoH esa investitsiya uchun o ‘z daromadidan jamg'arib bomvchi kuchdir. Biroq Keyns milliy daromadning investitsiyalashgan qismining o'zgarishiga davlat bevosita ta’sir ko'rsatmaydi, degan xulosaga suyanadi. 134 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling