Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Amerika iqtisodiy maktabi J. B. Klark ta’limoti
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
3. Amerika iqtisodiy maktabi J. B. Klark ta’limoti.
128 bo‘lganda uning foydasi nolga teng bo‘ladi, zero baho ish haqi va foizdangina tarkib topadi. Iqtisodiyotda ish dinamik harakatda bo‘lganda tadbirkorda o ‘zgarish ro‘y beradi, - u yangilik yaratuvchi, texnika taraqqiyotini jadal-lashtiruvchi, ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirib, qo‘shimcha daromad oluvchi shaxsga aylanadi. Bu qo'shimcha daromadni Keyns sohibkorlik daromadi deb ataydi. Klark, o‘z navbatida, maijinalistik konsepsiyadan kelib chiqib, mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonuni asosida ishlab chiqarish omillarining cheklangan nafliligi haqidagi o‘z qarashlarini bayon etadi. Masalan, u mehnat unumdorligini qanday qilib pasayib borishi qonuniga amal qilish mexanizmini tasvirlaydi. Bunda pul kapitali doimiy miqdor deb olinadi, har bir yangi qo'shimcha ishchi esa kamroq mahsulot yaratadi, ya’ni mahsuloti sifati pasaya boradi. Bu shunga olib boradiki, ertami yoki kechmi ishga yangidan kelgan ishchi cheklangan unumdorlikka ega bo‘ladi, u bozor bahosidagi mahsulotga teng mahsulot ishlab chiqaradi, holos. Uning unumdorligini cheklangan unumdorlik, uning ishlab chiqargan mahsulotini cheklangan mahsulot deb ataydi. Uning fikricha, bundan keyingi ishlab chiqarishni davom ettirish samarasizdir, tadbirkor uchun bu faoliyat foydasizdir. Chunki endi ishchiga o‘zi yaratgan mahsulot qiymatidan ko‘proq qiymatda ish haqi berishga to‘g‘ri keladi yoki ishchi foydasiga kapital va foizni qayta taqsimlash zarurati vujudga keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha ishlab chiqarish omillari o‘z hissalariga teng ravishda daromad oladilar. Demak, Klark ta’limoti bo'yicha, erkin iqtisodiyot sharoitida sohibkor hech kimni ekspluatatsiya qilmaydi, zero daromadlar adolatli taqsimlanadi. Klark ta’limotidagi adolatlilik g‘oyasining ilmiy asoslanmaganligi shundaki, eskidan ishlayotgan ishchilar qo'shimcha mahsulot ishlab chiqaradilar, biroq yangi ishchi qo‘shimcha daromad yaratmaydi. Ko‘rinib turibdiki, u o ‘z iqtisodiy g‘oyasi uchun «tuproq unumdorligining pasayib borish qonuni»dan nusxa ko‘chirgan. Aslida yerga nisbatan to‘g‘ri agrotexnik tadbirlar qo‘llanilib borilsa, uning unumdorligi pasaymaydi, balki ortib boradi. Buni industrial jihatdan rivojlangan mamlakatlar, xususan, G'arbning Shimoliy mamlakatlari tajribasi ham isbotlab turibdi. Юагк ta’limotining boshqa iqtisodiy maktablar qarashlaridan farqi shundaki, agar boshqalar so‘nggi naflilik nazariyasini ayrim olingan iqtisodiyot subyekti misolida talqin qilgan bo‘lsalar, u bu tahlilni makroiqtisodiyot darajasiga ko‘tardi, o‘z ta’limotini ijtimoiy adolat nuqtayi nazaridan turib bayon etdi. Bunday yondashuv oqibatida ijtimoiy mehnat 129 (xalq xo‘jaligida band bo‘lganlarning umumiy soni), ijtimoiy kapital (ijtimoiy ishlab chiqarishga avanslangan barcha kapital hajmi) va befarqlik zonalari kabi yangi tushunchalar iqtisodiy fanga olib kirildi. Bu kategoriyalar, o‘z navbatida, ijtimoiy mehnatning va ijtimoiy kapitalning cheklangan birligi kabi tushunchalarni keltirib chiqaradi. Amerika maktabi ta’limoti ma’lum bir nazariy va amaliy kamchi- liklardan holi bo ‘lmasa-da, u siyosiy iqtisodning keyingi davrida rivojlanishga, yangi iqtisodiy ta’limotlaming vujudga kelishga rag‘batlantirdi. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling