TAYANCH IBORALAR:
Marksizm iqtisodiy ta’limoti.
Marksizm ta ’limotidagi tayanch
nazariya, u kapitalistik iqtisodiy tizimning asoslarini, uning ishlab chiqish
munosabatlarini, iqtisodiy tizimning tahlili va yangi jamiyat vujudga
kelishining iqtisodiy qonuniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Marksizm
mustaqil dunyoqarash sifatida o‘sha davming yetakchi siyosiy kuchi bo‘lgan
proletariatning mafkurasini tashkil etadi.
«Kapitab.
K. Marksning bosh iqtisodiy asari. Unda K. Marks mavjud
kapitalistik jamiyat iqtisodiy organizmini tahlil etgan. Uning iqtisodiy
asoslarini, takror ishlab chiqarish xususiyatlarini, iqtisodiy qonunlari va
kategoriyalari mazmunini va harakat mexanizmini ochib beradi. Asarda
xususiy mulkchilikka iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni bo‘g‘ib turuvchi,
jamiyatdagi barcha ziddiyatlarning bosh sababchisi deb qaraladi. Asar 4 ta
jilddan iborat bo‘lib, 1-jildda qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarish, 2-
jildda kapitalning aylanishi, 3-jildda kapitalni ishlab chiqarish va muomala
jarayonining birgalikda olingan harakati o‘rganilgan. «Kapital»ning 4-jildi
qo‘shimcha qiymat haqidagi nazariyalar tanqidiga bag‘ishlangan. Kitobning
birinchi jildigina 1867- yilda, Marks hayotligida nashr etilgan, keyingi
jildlari Marks vafotidan keyin nashr etilgan.
Qo‘shimcha qiymat.
K. Marks tomonidan iqtisod fanida qilingan ilmiy
ixtiro deb ta’rif etiladi. Qo‘shimcha qiymat, Marks ta’limotiga ko‘ra ishchilar
tomonidan qo‘shimcha ish vaqtida yaratilgan qo‘shimcha mahsulotning
kapitalistlar (mulkdorlar) tomonidan tekinga o ‘zlashtirib olingan alohida
ijtimoiy shaklidir. Qo‘shimcha qiymat miqdori korxonalarda ishlayotgan
yollanma ishchilar soni va ularni mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Marks qo'shimcha qiymatning ikki xil shaklini ko‘rsatdi: nisbiy qo‘shimcha
qiymat va absolyut (mutlaq) qo‘shimcha qiymat. Lekin ularning birligi
mavjud, ya’ni nisbiy qo‘shimcha qiymat absolyut qo'shimcha qiymatdir,
absolyut qo'shimcha qiymat nisbiy qo'shimcha qiymatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |