Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takror ishlab chiqarish.
«Anti-Dyuring».
Marksizm ta’limotining asoschilaridan biri, Marks ning do‘sti va safdoshi F. Engelsning asosiy asari. Unda marksizm ta’limotining har uchchala tarkibiy qismlari haqida fikrlar, qarashlar bildirilgan. Bu asarda siyosiy iqtisodning tor va keng ma’nolardagi ta’riflari berilgan. F. Engels marksizm ta’limotining ishlab chiqilishi va targ‘ib etilishida katta xizmat qilgan. U marksizmda birinchi bo‘Iib iqtisodiy qarashlami ilgari surgan edi. Uning «Angliyada ishchilar sinfining ahvoli» nomli asari ilk iqtisodiy asardir. 121 «Kapital»— kapitalistik jamiyatning asosiy iqtisodiy kategoriyasidir. «Kapital», Marks ta’biri bilan aytilganda, qo‘shimcha qiymat yaratish uchun avanslangan, doimo harakatda, aylanishda bo‘lgan, o‘z-o‘zidan ko‘payib boruvchi, qiymat yaratish va qiymatning o'sishiga manba bo'lib xizmat qiladigan qiymatdir. Marks kapitalni ikki jihatdan bo‘linishini ko‘rsatgan: aylanish xarakteriga ko‘ra asosiy va aylanma kapitaldan, qo‘shimcha qiymat keltirishga qarab doimiy va o'zgaruvchi kapitaldan iboratdir. Takror ishlab chiqarish. Marks takror ishlab chiqarishning zarurligini, uning mohiyatini, shakllarini, xususan, takror ishlab chiqarishning kapitalistik ijtimoiy shakllarini ko‘rsatgan. Takror ishlab chiqarishning umumiqtisodiy m a’nosi shuki, odamlar jamiyat ehtiyojlarini qondirish, ya’ni ulami iste’moli doimiy ravishda takror va takror bo'lib turishi tufayli, ishlab chiqarishning takrorlanishi, yangilanishi xarakteriga ega. Umumiy iqtisodiy jarayon sifatida u oddiy takror ishlab chiqarish va kengaytirilgan (qo‘shimcha mahsulot yaratiladi) shakllaridan iborat, ya’ni ijtimoiy mahsulotni bir xil miqdorda ishlab chiqaraverish va uni ko‘paytirib, yaratish jarayonidan iborat bo‘ladi. Tabiiyki, K. Marks bu jarayonni kapitalistik tuzum nuqtayi nazaridan o ‘rganadi va uni oddiy kapitalistik takror ishlab chiqarish va kengaytirilgan (qo‘shimcha qiymat yaratadigan) kapitalistik takror ishlab chiqarish ko‘rinishlarida bo‘lishini ta ’riflagan. Ish haqi. Marksizm ta’limotiga ko‘ra, ish haqi yollanma ishchining ish kuchi qiymatining puldagi ifodasidir. Ishchi yaratgan zaruriy mahsulotning kapitalistik ijtimoiy shaklidir. Marks ta’biri bo‘yicha, bu tuzumda ish haqi har doim zaruriy mahsulotdan miqdoran kam bo‘ladi. Buning sababi, deb u ish kuchiga talabning uning taklifidan doimo ortiqcha bo'lishini ko‘rsatadi. Bundan u ishchilar sinfi qashshoqlashib boradi, degan xulosa chiqargan. Biroq bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatlar taraqqiyoti ko‘rsatdiki, Marks xulosalari ilmiy va amaliy jihatdan noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. 122 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling