Learning the influence of potato X virus for amount of chlorophyll on
-jadval Virus bilan kasallangan pomidor o’simligi barglaridagi xlorafill miqdorining o’zgarishi
Download 21.44 Kb.
|
Monitoring maqola 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval Virus bilan kasallangan pomidor o’simligidagi xlorofil miqdorining barg quruq massasiga nisbatan o’zgarishi
1-jadval
Virus bilan kasallangan pomidor o’simligi barglaridagi xlorafill miqdorining o’zgarishi
*-nazorat sog’lom o’simlik hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan jadvalga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, xlorofill “a” ning miqdori sog’lom o’simlikda 24,78 mg/l tashkil qilgan bo’lsa, kuchsiz va o’rtacha darajada kasallangan o’simlikdagi miqdori 12,78-7,868 mg/l ekanligi, kuchli darajada kasallangan o’simlik bargida esa, bu pigment miqdori birmuncha pastligini ko’rish mumkin ya’ni 5,117 mg/l ni tashkil etganligi aniqlandi. Xlorafil “b” pigmentining miqdori esa nazoratga nisbatan 2.5-3 barobargacha kamayganligini ya’ni 8,589-6,556 mg/l ekanligi ma’lum bo’ldi. (1-jadval). Yuqoridagidek 5 ml suyuqlikdagi pigment miqdori aniqlangandan so’ng barg quruq massasidagi pigment miqdori mg/g nisbatan hisoblab topildi. Olingan natijalar (2- jadval). 2-jadval Virus bilan kasallangan pomidor o’simligidagi xlorofil miqdorining barg quruq massasiga nisbatan o’zgarishi
*- nazorat sog’lom o’simlik hisoblanadi. Jadvalda ko’rinib turganidek, nazorat uchun olingan sog’lom o‘simlik bargidagi хxlorafill “а” ning miqdori 2.478mg/g bo’lsa, kuchsiz va o’rtacha darajada kasallangan o’simlikldagi piment miqdori 1.278-0.7868 mg/g ni tshkil etgan, virus bilan kuchli darajada kasallangan o’simlik bargida esa bu ko’rsatgich 0.5117 mg/g ekanligi aniqlandi (2-jadval). Xlorafill “b” ning miqdori esa xlorafill “а” ga nisbatan 1-1.5 barobar kamligi aniqlandi. O’rtacha va kuchli darajada kasallangan o’simliklarda esa xlorafil “b” ning miqdori xlorafil “a” ga nisbatan 1-1.5 barobar ko’p ekanligi aniqlandi. (2-jadval). Kartoshkaning X virusi ta’sirida nazorat uchun olingan so’g’lom va turli darajada kasalllangan o’simliklarda xlorafillning miqdori kamayganligi kuzatildi hamda sog’lom va kuchlik kasallangan o’simlikka nisbatan o’rtacha hamda kuchli kasallangan o’simliklardagi xlorafill “a” va xlorafill “b” larning nisbatlari o’zaro almashganligi kuzatildi. Ya’ni so’glom va kuchsiz kasallangan o’simliklarda xlorafill “a” ning miqdori ko’p bo’lsa, o’rtacha va kuchli zararlangan o’simliklarda xlorafill ”b” ning miqdori ko’p ekanligi aniqlandi. Demak, olingan tajriba natijalari asosida turli darajada kartoshka X virusi bilan kasallangan o’simlik bargida nazoratga nisbatab 2 baravar, kuchli darajada virus bilan kasallnagan o’simlikda esa xlorofill miqdori 4-5 baravar kamayganligi aniqlanadi. Bu jarayonning asosiy mexanizmi, virus o’simlik hujayrasiga kirgandan so’ng, o’zining qismlarini sintezlay boshlaydi. Bu virus RNK tutuvchi virus hisoblanib, uning o’z-o’zini sintezlashi teskari transkriptaza fermentining faoliyatiga bog’liqdir. Bu fermentning ishlashi uchun esa Mg elementi zarur bo’lib, bu element xlorofillning markaziy elementi hisoblanadi. Xlorofilldan bu elementning olinishi pigmentning yemirilishiga sabab bo’ladi va natijada barg rangining sarg’ayishi va ochlashishi kabi alomatlar kuzatiladi. Bu jarayonni chuqurroq o’rganish uchun yanada kengroq ko’lamda ilmiy tadqiqotlar olib borishini talab etadi. Bu o’z navbatiada virus konsentrasiyasini boshqarish va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Download 21.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling