Legirlash turlari
Download 249.53 Kb.
|
LEGIRLASH TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mis va uning qotishmalari
LEGIRLASH TURLARI Reja :
Metallarni legirlash Mis va uning qotishmalari. Latunlar va bronzalar gruppasi. Alyuminiy va uning qotishmalari. Magniy va uning qotishmalari. Titan va uning qotishmalari. Legirlash (nem. Legieren — eritmoq) — metall qotishmalarga, maʼlum kimyoviy tarkibga, strukturaga va ke-rakli xossaga ega boʻlgan krtishmalar olishga imkon beruvchi legirlovchi elementlar (xrom, nikel, molibden va boshqalar) qoʻshish. Odatda, suyuq holatdagi, kamdan-kam qattiq holatdagi metall qotishmalar legirlanadi. L. yoʻli bilan qotishmalarning mustahkamligi va plastikligi oʻzgartiriladi, yeyilishga va korroziyaga chidamliligi, issiqbardoshligi, magnit xossalari va boshqa oshiriladi. L.ning hajm va yuza boʻyicha L., kompleks L. (qattiq jism sirtini ionlar bilan bombardimon qilib, shu jism ichiga atomlar kiritish) xillari ham bor. Legirlovchi elementlar (xrom, nikel, mis va b.) odatda, suyuq holatdagi metall yoki metall qotishmalariga qo`shiladi. Legirlash yo`li bilan butunlay yangi xossalarga ega bo`lgan metall qotish malar olinadi. Qattiq jism sirtini ionlar bilan bombardimon qilib, shu jism ichiga tashqi atomlarni kiritish jarayoni ham legirlash deb ataladi. Mis va uning qotishmalari Sof mis qo`ng`ir rangli, cho`ziluvchan, qovushoq metalldir. Uning suyuqlanish harorati 1083°C, zichligi 8,94 g/sm3 cho`zilishdagi mustahkamlik chegarasi 220–240 MPa, Brinell bo`yicha qattiqligi 330 NV. Sanoatda 80% ga yaqin mis sulfidli rudalardan (CuFeS2, Su3FeSFe2S3, CuS) olinadi. Tarkibida 3–5 % mis bo`lgan rudalar boy rudalar hisoblanib, ularni suyuqlantirish yo`li bilan mis olinadi. Tarkibida 3 % dan kam mis bo`lgan rudalar suyuqlantirishdan oldin to`yintiriladi (boyitiladi). Mis rudalar tarkibida juda oz bo`lganligi sababli ularni to`yintirish ishlari muhim ahamiyatga ega. Mis qaynovchi qatlam ostida va flotatsion usullar yordamida boyitiladi. Mis rudalaridagi ortiqcha zarralarni suv yordamida ho`llash yo`li bilan boyitishga asoslangan usul flotatsion to`yintirish deb ataladi. Flotatsion to`yintirish sulfid va polimetall rudalarni to`yintirishda keng qo`llaniladi. Bu usul metall va begona jins zarrachalarining suv bilan turlicha ho`llanishiga asoslangan. Mis sulfidli minerallar bekorchi jinslarga qaraganda suv bilan yaxshi ho`llanmasdan moy zarralariga o`ralib, ko`pik tarzida yuqoriga o`ralib chiqadi. Ular yig`ib olingach, quritiladi va qayta ishlanadi. Mis kontsentratlari tarkibidagi oltingugurt miqdorini kamaytirib, to`yintirish uchun qaynovchi qatlam ostida boyitish usuli qo`llaniladi. Tarkibida oltingugurt, surma va boshqa zararli elementlar ko`p bo`lgan rudalar vertikal pechlarda ma’lum haroratda qizdirish yo`li bilan to`yintiriladi. Boyitilgan mis rudalari alangali pechlarda suyuqlantiriladi. Pechga kiritilgan shixta tarkibidagi misning oltingugurt va kislorod bilan birikmalari 900°C haroratda reaktsiyaga kirishadi: Cu2S + 2CuO2 = 6Su + SO2 SuS + 2CuO = 4Su + SO2 Hosil bo`lgan toza mis reaktsiyaga kirmay qolgan temir ikki sulfidi bilan reaktsiyaga kirishadi: FeS + 2Cu = Cu2S + Fe FeS + Cu2O = Cu2S + FeO Temir ikki oksidi esa SiO, bilan birikib shlak hosil qiladi: 2FeO + SiO2 = 2FeOSiO2 Bu reaktsiyalar oqibatida erigan qotishmalar pech tagligiga yig`iladi. Yig`ilgan qotishmaning asosiy tarkibi Cu2S va FeS birikmalaridan iborat bo`ladi. Odatda, bu mis shteyn deyiladi. Shteyn suyuqlantirilib, havo haydash yo`li bilan mis olinadi. Olingan mis tarkibida 0,05–1,5 % gacha turli qo`shimchalar bo`ladi. Bunday mis texnikada ishlatish uchun tozalanadi. Xomaki mis termik va elektroliz yo`li bilan tozalanadi. Elektroliz misning markalari va ishlatilish sohasi 9.1–jadvalda keltirilgan. 9.1–jadval Elektrolit misning markalari va ishlatilishi
Mis ishlab chiqarish jarayonini shartli ravishda uchta jarayonga ajratish mumkin: shteyndan xomaki mis olish; xomaki misni tozalash (rafinlash); misni elektrolitik tozalash (rafinlash). Download 249.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling