Legirlash turlari
Alyuminiy oksidlaridan alyuminiy olish
Download 249.53 Kb.
|
LEGIRLASH TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alyuminiy qotishmalari.
- Magniy va uning qotishmalari
Alyuminiy oksidlaridan alyuminiy olish
Alyuminiy oksididan alyuminiy elektroliz yo`li bilan olinadi. Jarayonni boshqarish uchun elektrolizyorga 94–90 % kriolit, 6–-10 % giltuproq kiritilib, tok zanjiriga ulanadi. Bunda zanjirdan 4–10 V li 7500–15000 A tok o`tadi va elektrolit 950–1000°C haroratgacha qizib suyuqlanadi. Katodga borib alyuminiy kationlari zaryadsizlanadi va vanna tubiga suyuq alyuminiy yig`iladi. Yig`ilayotgan alyuminiy har 3–4 sutkada chiqarib turiladi. O`rtacha 1 tn alyuminiy olish uchun 2 tn alyuminiy oksidi, 0,1 tn kriolit, 0,6 tn anod massasi va 17000–18000 kVT/soat energiya sarflanadi. Davlat standartlariga ko`ra ishlab chiqarilayotgan alyuminiylar uch guruhga ajratiladi: I guruhga juda sof alyuminiy kiradi, sofligi 99,999 % dan kam bo`lmaydi va A–999 ko`rinishda markalanadi; II guruhga sof alyuminiy kiradi va A–995, A–99, A–97, A–95 ko`rinishda markalanadi; III guruhga texnik sof alyuminiy kiradi va A–85, A–8, A–7, A–6, A–5, A–0, A–Ye va A ko`rinishda markalanadi. A markali alyuminiyda qo`shimchalar miqdori 1 % gacha yetadi. Alyuminiy qotishmalari. Alyuminiyni Cu, Si, Mg, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalari alyuminiy qotishmalari deyiladi. Alyuminiy qotishmalari puxtalik, texnologik xossalarining yaxshiligi, korroziyabardoshlik, texnik ishlovga moyillik kabi o`ziga xos xossalarga ega. Shu bois ular mashinasozlik, samolyotsozlik, aloqa (radiotexnika, EHM, kompyuter va ofis jihozlari va shu kabilar) va energetika (kabelь ishlab chiqarish) sanoatlarida ko`p ishlatiladi. Kimyoviy tarkibiga qarab alyuminiy qotishmalari duralyuminiy, avial va siluminlarga ajratiladi. Magniy va uning qotishmalari Magniy yengil metall hisoblanib, 650°C haroratda suyuqlanadi, uning solishtirma og`irligi 1,77 g/cm3 ga teng. Asosiy magniy rudalariga quyidagi birikmalar kiradi: magnezit; dolomit; karnallit; bishofit. Magnezit minerali MgCO2 tarkibli qo`sh mineral bo`lib, uning 28,8 % Mg qolgani esa Si, Fye, Al, Sa oksidlari bo`ladi. Magnezitning yirik konlari Ural va boshqa joylarda bor. Dolomit minerali MgCO3 SaSO3 tarkibli qo`sh karbonat bo`lib, uning tarkibida 13,5% Mg bor. Bundan tashqari, kvarts, kalsit gips va boshqa qo`shimchalar ham uchraydi. Dolomitning yirik konlari Ural, Ukraina va boshqa joylarda mavjud. Karnallit minerali MgClKC16N2O magniy va kaliyning suvli xloridi bo`lib, 8,8 % Mg va boshqa qo`shimchalardan iborat. Karnallitning yirik konlari Ural va boshqa joylarda bor. Bishofit minerali MgC16N2O magniyning suvli xloridi bo`lib, uning tarkibida 12 % Mg bor. Bu birikmalarda ham turli qo`shimchalar mavjud. U dengiz va ko`llarda uchraydi. Rudalardan magniy olishda elektroliz va termik usullardan foydalaniladi. Download 249.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling