Legirlash turlari


Alyuminiy rudalarining kimyoviy tashkil etuvchilari


Download 249.53 Kb.
bet4/6
Sana22.02.2023
Hajmi249.53 Kb.
#1221313
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
LEGIRLASH TURLARI

Alyuminiy rudalarining kimyoviy tashkil etuvchilari

Mineral nomi

Kimyoviy tashkil etuvchilari, %

Al2O2

Fe2O3

SiO2

TiO2

CaO

H2O

Na2O+K2O3

SO3

Boksit

30–57

16–35

3–13

2–4

3

10–12





Kaolin

37–40

1,5

36–45





15–20





Alunit

20–21

4-5

41–42





6–7

4,5–5,0

22–23

Alyuminiy birikmalaridan alyuminiy olish jarayoni ikki bosqichga ajratiladi:



Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidi olish
Tabiiyki, rudaning tarkibidagi begona jinslarning o`lchami va miqdorlari turlicha bo`ladi. Shu bois alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidi olish usullari ham turlichadir:

  • ishqorli usul;

  • kislotali usul;

  • elektrotermik usul.

Ishqorli usulda dastlab boksit maxsus pechda qizdirilib, keyin maxsus tegirmonlarda kukun holiga kelguncha maydalanadi. So`ngra unga ma’lum miqdorda soda va ohaktosh kukunlari qo`shilib, aralashma hosil qilinadi. Bu aralashma bo`yi 80–150 m, diametri 2,5–5 mli sekin aylanuvchi barabanli pechda 1100°C haroratgacha qizdiriladi.
Olingan massa maxsus bakda 60°C haroratli suv bilan ishlanadi. Natijada natriy alyuminat va natriy ferritlar suvda eriydi, kaltsiy silikat esa suvda erimay, bak tagiga cho`kadi. Keyin esa bu eritma bakdan chiqarilib, maxsus idishda gidrolizlanadi. Bunda natriy ferrit temir (III) –gidroksid tarzida cho`kib ajraladi. Qolgan eritma suv quyilgan maxsus idishda karbonat angidrid bilan ishlanib, alyuminiy gidroksidi olinadi. Alyuminiy gidroksidi cho`kma tarzida ajraladi, natriy karbonat esa eritmada qoladi. Alyuminiy gidrooksid idishdan olinib, filtrlanadi. So`ngra aylanadigan qiya pechda 950–1200 °C haroratgacha qizdiriladi. Bunda u parchalanib alyuminiy oksidi hosil bo`ladi.



Download 249.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling